Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2601

O'qildi: 52

04.02.2026

/ 16 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Faxsh joyni birovga bildirmay buzish

Savol

Hozirda bizning hududimizda tungi klub qurilmoqda. Biz bu yerda uning ochilishiga qarshi chiqishga harakat qildik, chunki u musulmon va musulmon bo‘lmagan aholimiz uchun ham katta axloqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. Agar bizni hech kim ko‘rmasa, bu joyni buzib tashlash joizmi? Shuni ham inobatga oling-ki, bu joy egasi unga sarflagan barcha mablag‘ini yo‘qotadi. Bu munkardan qaytarish yo‘llaridan birimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Biz bu savolni fazilatli shayximiz Shayx Abdurrahmon al-Barrokka taqdim etdik va u kishi quyidagicha javob berdilar:

Alloh taolo aytadi:

﴿وَلْتَكُنْ مِنْكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ ۚ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ۝١٠٤﴾

«Oralaringizdan yaxshilikka da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron: 104)

عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ قَالَ: قَالَ أَبُو سَعِيدٍ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ ﷺ يَقُولُ: «مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ».

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi: «Abu Sa’id aytdi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim bir munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar bunday qila olmasa, tili bilan, buni ham qila olmasa, qalbi bilan (norozi bo‘lsin). Lekin bu iymonning eng zaifidir» (Sahihi Muslim, 49).

Alloh taolo aytadi:

﴿فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ﴾

«Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar» (Tag‘obun: 16).

Savolda keltirilgan bu munkarni iloji boricha uni bartaraf etadigan va yengillashtiradigan narsa bilan oʻzgartirish vojibdir. Buni amalga oshirish uchun uni yo‘qotish yoki mahalladan chiqarib yuborish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarga murojaat qilish, yoxud mulk egasi bilan suhbatlashib, mablag‘larini hozirda ham, kelajakda ham o‘ziga zarar keltiradigan munkarga sarflashdan voz kechishga chaqirish orqali bo‘ladi. Uni o‘z mulkini o‘zi uchun ham, mahalla ahli uchun ham foydali bo‘lgan, ularning dini va dunyosiga zarar yetkazmaydigan ishlarga yo‘naltirishga da’vat etish lozim.

Savolda aytilganidek, klubni buzib tashlash orqali o‘zgartirish masalasiga kelsak, bu joiz emas, hatto buni qilayotgan odam o‘zini xavf-xatardan xoli deb bilsa ham. Chunki bundan kelib chiqadigan zararlar ko‘pdir. Yo‘q qilish halol bo‘lmagan mablag‘larning yoʻq qilinishi, begunoh insonlarga tuhmat qilinishi, ularni so‘roq-savol va voqeani tekshirish bahonasida qiynoqqa solish shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, klub egalari o‘z noto‘g‘ri yo‘llaridan qaytmasdan, uni qayta qurishga urinishlari ehtimolga ancha yaqin.

Ey g‘ayratli birodar, munkarni o‘zgartirishda oqibatlarni o‘ylamay shoshma-shosharlik qilishdan ehtiyot bo‘ling. Aniqlik bilan ish tutish uchun bu savolni berganingiz juda o‘rinli bo‘ldi va holat yanada ravshanlashdi. Alloh to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilguvchidir».

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Gunohkor kishiga munosabat

    Agar biror kishi gunohi bilan menga ozor bersa va bu ishini to‘xtatmayotgan bo‘lsa, men nima qilishim kerak?
  • Chekadigan kishi bilan birga o‘tirish hukmi

    Sir emaski, shariat harom qilgan tamaki hamma joyda – ishxonada, uyda va jamoat joylarida keng tarqalgan. Savol: Chekuvchilar bilan birga o‘tirish joizmi? Agar uyda yoki umumiy majlislarda chekuvchi bilan birga o‘tirgan bo‘lsangiz, u yerdan chiqib ketishingiz kerakmi?
  • Namoz oʻqimaydigan kishilarga nasihat

    Mening bir doʻstim bor. Uning aytishicha, namozni yaxshi koʻradi, lekin doimiy ravishda namoz oʻqimaydi. Baʼzida uzoq vaqt namoz oʻqimaydi, nasihatimga ham quloq solmaydi. Bu holda men nima qilishim kerak?