O'qildi: 140
18.01.2026
/ 29 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Savdo mollariga zakot
Savol
Menda ma’lum miqdorda pul bor, uning umumiy miqdori zakot nisobidan oshadi. Bu pulning bir qismini tijoratga qo‘ydim. Bu yilgi zakotni hisoblaganda, hali tijoratdan qaytarib olmagan bo‘lsam ham, bu pulni qo‘shishim kerakmi, yoki hozir qo‘limda bor pulga asoslanib zakotni hisoblashim yetarlimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar pulingizga bir yil to‘lgan bo‘lsa, zakotini chiqarasiz, xoh u sizning ixtiyoringizda bo‘lsin, xoh tijoratda aylanayotgan bo‘lsin. Agar undan foyda kelgan bo‘lsa, uning yili asl mablag‘ning yiliga muvofiqdir (ya’ni, bu puldan kelgan foydalarni asl pul qatorida hisoblab zakotini berasiz, undan topilgan foydangizni ham bir yil aylanishini kutmaysiz).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?