O'qildi: 79
16.01.2026
/ 27 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Hojat oʻtash
Savol
Men odob, hayo qoidalariga ko‘ra erkaklar hojat chiqarganda egilishi yoki cho‘nqayishi kerak deb tushunaman. Lekin musulmon kishining xonasi hojatxonaga yaqin bo‘lsa, erkak kishi tunash xonasida hojat idishidan foydalanmasligi hayoliroq bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Men musulmon ayollarning odob va hayo qoidalariga rioya qilishi g‘arb ayollariga nisbatan ko‘proq va kuchliroq deb bilaman. Shuning uchun musulmon ayollarni juda hurmat qilaman. Bu savolim bilan musulmonlarni tanqid qilishni yoki ularga biror bir ozor yetkazishni istamayman, shunchaki ularning odob va xulqlarini yetarli darajada bilmayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizni har qanday yomonlikdan saqlasin va sog‘lik-salomatlik ato etsin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Avvalo, sizga musulmonlarning tuyg‘ularini hurmat qilganingiz va ularga ozor beradigan narsalarni bilishga intilganingiz uchun tashakkur bildirishimiz kerak. Sizga so‘ragan narsangiz va undan ko‘prog‘i haqida batafsil javob berishdan xursandmiz, shoyad bu orqali sizga katta yaxshilik sari yo‘l ochilsa.
Muborak Islom shariatining ulug‘ligi shundaki, u oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin biror yaxshilikni qoldirmay, unga buyurgan va uni ko‘rsatgan, shuningdek oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin biror yomonlikni qoldirmay, undan ogohlantirib, qaytargan. Shuning uchun u barcha tomondan mukammal va go‘zaldir. Bu g‘ayrimuslimlarni hayratga solib, ularni bu dinga qoyil qoldirgan. Hatto mushriklardan biri Salmon Forsiy roziyallohu anhuga:
«Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallam sizlarga hatto hojat chiqarish odobini ham o‘rgatgan ekan» deganida, Salmon: «Albatta, u zot bizni qiblaga yuzlanib katta-kichik hojat chiqarishdan qaytarganlar…» degan (Termiziy, 16; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 16).
Islom shariatida hojat chiqarish borasida bir necha odob va hukmlar kelgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz qazoi hojatga o‘tirsa, qiblaga yuzlanmasin ham, orqa ham o‘girmasin», dedilar» (Sahihi Muslim, 265).
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz bavl qilsa, zakarini hargiz o‘ng qo‘li bilan ushlamasin, o‘ng qo‘li bilan istinjo qilmasin va idish ichiga nafas chiqarmasin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 154).
Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birortangiz ichimlik ichsa, idish ichiga nafas qaytarmasin. Birortangiz bavl qilsa, zakarini o‘ng qo‘li bilan artmasin. Birortangiz istinjo qilsa, o‘ng qo‘li bilan istinjo qilmasin» (Sahihi Buxoriy, 5630).
Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hojatlari uchun to‘siq qilinadigan narsalarining eng suyuklisi do‘nglik yoki xurmo chakalakzori edi» (Roviy) Ibn Asmo o‘z rivoyatida: «Ya’ni xurmo chorbog‘i», degan (Sahihi Muslim, 342).
Agar inson ochiq joyda bo‘lsa va hojatini o‘tamoqchi bo‘lsa, lekin uni yashiradigan narsa topmasa, atrofdagi odamlardan uzoqlashsin.
Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam borish joyiga (qazoi hojatga) boradigan bo‘lsalar, uzoqlashar edilar» (Abu Dovud, 1; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 4724).
Abdurrahmon ibn Abu Quroddan rivoyat qilib aytadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan ochiq joyga chiqdim, u zot hojatlarini o‘tamoqchi bo‘lsalar, uzoqlashar edilar» (Nasoiy, 17; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Silsilatu sahiha», 3/149).
Anas roziyallohu anhu rivoyatida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarmoqchi bo‘lsalar, yerga yaqinlashmaguncha kiyimlarini ko‘tarmas edilar» (Termiziy, 14; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 14).
Agar hojatxonada bo‘lsa, eshikni yopmaguncha va odamlar ko‘zidan pana boʻlmaguncha kiyimini ko‘tarmasin.
Muhtaram savol beruvchi, ushbu nuqtadan va bundan oldingi soʻzlardan bilasizki, G‘arb mamlakatlarida va boshqa joylarda ko‘pchilikning umumiy hojatxonalardagi ochiq joylarda tik turib siyishlari – bu odob, hayo, ibo va fazilatli axloqqa zid ish. Sog‘lom fitrat va aql egasining tanasi bundan jimirlaydi. Qanday qilib odam o‘z avratini, Alloh oyoqlari orasida yashirish uchun qo‘ygan va yopishni buyurgan, barcha aqlli insonlar yopish zarurligini tan olgan avratini odamlar oldida ochishi mumkin? Shuningdek, hojatxonalarni bunday uyatli shaklda qurish, foydalanuvchilar bir-birlarini kichik hojat oʻtashi asnosida ko‘radigan tarzda qurish boshidanoq xato. Ular bu bilan ba’zi hayvonlardan ham ortda qolishadi, chunki hayvonlarning odati siyish va axlat chiqarishda yashirinishdir.
«Bismillah, Allohumma inniy a’uzu bika minal-xubsi val-xobais» Duoning ma’nosi: «[Allohning nomi bilan] Allohim, erkak va urg‘ochi nopok jinlardan panoh berishingni so‘rayman» deyishni o‘rgatgan. Ya’ni, har qanday xabis (yomon) narsadan, har qanday erkak va ayol shaytondan Allohdan panoh tilaydi. Hojatxonadan chiqqanda esa
«G‘ufronaka» deb Allohdan mag‘firat so‘raydi.
Abu Huraya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabr azobining ko‘pi siydikdandir», dedilar (Ibn Moja, 348; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 1202).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabrning yonidan o‘tdilar va: «Mana shu ikkovi azoblanmoqda. Katta narsa uchun azoblanayotgani yo‘q. Ulardan biri peshobidan ehtiyot bo‘lmas edi, boshqasi esa chaqimchilik qilib yurar edi», dedilar. So‘ngra bir ho‘l xurmo novdasini opkeltirdilar-da, ikkiga bo‘lib, birini bunisiga, birini unisiga suqib qo‘ydilar. So‘ngra: «Shoyad, bular quriguncha ikkovidan (azob) yengillatib turilsa», dedilar» ( Sahihi Buxoriy, 6052).
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam «orqalarini uch marta yuvardilar». Ibn Umar aytadi: «Biz ham shunday qildik va buni shifo hamda poklik deb topdik» (Ibn Moja, 356; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 4993).
Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Sizlardan birontangiz istijmor qilsa (tosh bilan artinsa), toq sonda istijmor qilsin» (Musnadi Ahmad, 7345; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihul Jome’», 375).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga tahorat suvlari va ehtiyojlari uchun bir teri obdasta ko‘tarib yurar edim. Men uni ko‘tarib olib, u zotning orqalaridan borayotgan edim, «Bu kim?» dedilar. «Men Abu Hurayraman», dedim. U zot: «Tozalanishimga tosh topib kel, ammo suyak yoki tezak olib kelib yurma», dedilar. Men etagimda bir nechta toshni ko‘tarib, u zotning yonlariga olib borib qo‘yib, keyin ortga qaytdim. U zot forig‘ bo‘lgach, (birga) yurib ketar ekanman: «Suyak va tezak bo‘lsa nima bo‘ladi?» dedim. U zot: «Bu ikkisi jinlarning yeguliklaridandir. Mening huzurimga Nasibin jinlarining vafdi (delegatsiyasi) keldi. Qanday yaxshi jinlar ekan! Ular mendan ozuqa so‘rashdi. Shunda men ular biror suyak yoki tezakning yonidan o‘tishsa, unda yegulik topishlarini so‘rab, haqlariga Allohga duo qildim», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3860).
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turg‘un suvga bavl qilishdan qaytardilar» (Sahihi Muslim, 281).
Chunki bu suvni nopok qilish va undan foydalanayotganlarga zarar yetkazish hisoblanadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki la’natchidan saqlaninglar!» dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ikki la’natchi nima u?» deyishdi. U zot: «Odamlarning yo‘liga yoki soyalanadigan joylariga qazoi hojat qilish», dedilar» (Sahihi Muslim, 269).
Jabir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldidan o‘tib ketayotganida u zot bavl qilayotgan edilar. U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar meni bunday holatda ko‘rsang, menga salom bermagin. Agar shunday qilsang, men senga javob qaytarmayman», – dedilar (Ibn Moja, 352; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 575).
Koʻpchilik olimlar zarurat bo‘lmaganda hojatxonada gaplashishni makruh deb hisoblashadi.
Ushbu odob va hukmlardan ayon boʻladi-ki, Islom eng oddiy kundalik ishlarni ham mukammal tartibga solgan. Yana qaysi din yoki shariat dunyoda bunga o‘xshash tartib-qoidalarni keltirgani haqida o‘ylab ko‘ring?! Allohga qasamki, bu dinimizning mukammalligi, go‘zalligi va unga ergashish vojibligini isbotlash uchun yetarlidir. Allohdan sizga va bizga har qanday yaxshilikka muvaffaq etishini va haqqa hidoyat qilishini so‘raymiz.
Alloh Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yo‘llasin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?