Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Sha’bon oyi » «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi
Fatvo: 249623

O'qildi: 205

30.01.2026

/ 11 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

«Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

Savol

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

«Alloh azza va jalla Shaʼbonning yarim kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi» hadisini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Shayx Alboniy va «Musnad» muhaqqiqlari zaif sanaganlar.

 

Javob:

Alloh taologa hamd-u sanolar, Paygʻambarimizga salavot va salomlar boʻlsin.

Bu hadisni shu lafzda Imom Ahmad 26018-raqam, Termiziy (736) va Ibn Moja 1389-raqam ostida rivoyat qilganlar:

عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: فَقَدْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتَ لَيْلَةٍ، فَخَرَجْتُ أَطْلُبُهُ، فَإِذَا هُوَ بِالْبَقِيعِ رَافِعٌ رَأْسَهُ إِلَى السَّمَاءِ. فَقَالَ: «يَا عَائِشَةُ أَكُنْتِ تَخَافِينَ أَنْ يَحِيفَ اللَّهُ عَلَيْكِ وَرَسُولُهُ؟» قَالَتْ، قَدْ قُلْتُ: وَمَا بِي ذَلِكَ، وَلَكِنِّي ظَنَنْتُ أَنَّكَ أَتَيْتَ بَعْضَ نِسَائِكَ، فَقَالَ: «إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى يَنْزِلُ لَيْلَةَ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا فَيَغْفِرُ لِأَكْثَرَ مِنْ عَدَدِ شَعَرِ غَنَمِ كَلْبٍ»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «U aytdi: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda boshlarini osmonga qaratib turgan ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar» («Sunani ibn Moja», 1389; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaiful jomeʼ», 1761). Bu hadisni Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Shayx Alboniy va «Musnad»ning «ar-Risola» nashri muhaqqiqlari zaif sanaganlar.

Imom Termiziy aytadi: «Oisha roziyallohu anhoning hadisini faqat shu yoʻl bilan, Hajjojning hadisidan bilamiz. Men Muhammadning [yaʼni Imom Buxoriyning] bu hadisni zaif sanaganini eshitdim. U aytdi: Yahyo ibn Abu Kasir Urvadan eshitmagan, Hajjoj ibn Arto esa Yahyo ibn Abu Kasirdan eshitmagan». Iqtibos tugadi.

«Musnad» muhaqqiqlari aytadilar: «Bu hadisning isnodi Hajjoj ibn Artoning zaifligi va uzilish borligi sababli zaifdir». Iqtibos tugadi.

Muborakfuriy aytadi: Hadisdagi «An yahiyfa» jumlasi «zulm va adolatsizlik qilishidan», deganidir. «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan», degani esa, «sening navbatingni boshqaga berib, senga zulm qildim deb oʻyladingmi?!», deganidir. Bu risolat mansabida boʻlgan zotning tabiati va xulqiga ziddir. Oisha onamiz: «Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim» dedim», yaʼni, zavjalaringiz oldiga biror ish bilan ketib qoldingiz deb oʻyladim. Men buni tekshirib koʻrmoqchi boʻldim. Meni bunga ayollarda mavjud boʻlgan rashk tuygʻusi undadi. Bu tuygʻu ularni aql chegarasidan chiqarib, oqibatini oʻylamay harakat qilishga va natijada taʼna yoki jazoga duchor boʻlishga olib keladi. Xulosa qilib aytganda: men Alloh va Rasuli menga yoki boshqaga zulm qiladi deb oʻylamadim, balki sizni Allohning amri bilan yoki oʻz ijtihodingiz bilan baʼzi ayollaringiz oldiga chiqdingiz deb oʻyladim, chunki sizning odatingiz nafl namozlarni uyingizda oʻqish edi… Hadis oxirida: «Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», degan soʻzdan murod, Banu Kalb qabilasi nazarda tutilgan. Ularni xoslashlarining sababi, ular boshqa arablardan koʻra koʻproq qoʻyga ega edilar». Iqtibos tugadi («Tuhfat al-ahvaziy», 3/365).

Hadisning asli sahih, faqat undagi Shaʼbon oyining 15-kechasiga oid qoʻshimcha zaifdir.

عَنْ عَبْدِ اللهِ رَجُل مِنْ قُرَيْشٍ عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ قَيْسِ بْنِ مَخْرَمَةَ بْنِ الْمُطَّلِبِ «أَنَّهُ قَالَ يَوْمًا: أَلَا أُحَدِّثُكُمْ عَنِّي وَعَنْ أُمِّي، قَالَ: فَظَنَنَّا أَنَّهُ يُرِيدُ أُمَّهُ الَّتِي وَلَدَتْهُ، قَالَ: قَالَتْ عَائِشَةُ : أَلَا أُحَدِّثُكُمْ عَنِّي وَعَنْ رَسُولِ اللهِ ﷺ قُلْنَا: بَلَى، قَالَ: قَالَتْ: لَمَّا كَانَتْ لَيْلَتِي الَّتِي كَانَ النَّبِيُّ ﷺ فِيهَا عِنْدِي انْقَلَبَ فَوَضَعَ رِدَاءَهُ، وَخَلَعَ نَعْلَيْهِ، فَوَضَعَهُمَا عِنْدَ رِجْلَيْهِ، وَبَسَطَ طَرَفَ إِزَارِهِ عَلَى فِرَاشِهِ، فَاضْطَجَعَ، فَلَمْ يَلْبَثْ إِلَّا رَيْثَمَا ظَنَّ أَنْ قَدْ رَقَدْتُ، فَأَخَذَ رِدَاءَهُ رُوَيْدًا، وَانْتَعَلَ رُوَيْدًا، وَفَتَحَ الْبَابَ، فَخَرَجَ، ثُمَّ أَجَافَهُ رُوَيْدًا، فَجَعَلْتُ دِرْعِي فِي رَأْسِي، وَاخْتَمَرْتُ وَتَقَنَّعْتُ إِزَارِي، ثُمَّ انْطَلَقْتُ عَلَى إِثْرِهِ، حَتَّى جَاءَ الْبَقِيعَ، فَقَامَ، فَأَطَالَ الْقِيَامَ، ثُمَّ رَفَعَ يَدَيْهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ ثُمَّ انْحَرَفَ، فَانْحَرَفْتُ فَأَسْرَعَ، فَأَسْرَعْتُ، فَهَرْوَلَ، فَهَرْوَلْتُ، فَأَحْضَرَ فَأَحْضَرْتُ فَسَبَقْتُهُ، فَدَخَلْتُ فَلَيْسَ إِلَّا أَنِ اضْطَجَعْتُ، فَدَخَلَ فَقَالَ: مَا لَكِ يَا عَائِشُ حَشْيَا رَابِيَةً قَالَتْ: قُلْتُ: لَا شَيْءَ، قَالَ: لَتُخْبِرِينِي، أَوْ لَيُخْبِرَنِّي اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ، قَالَتْ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي، فَأَخْبَرْتُهُ، قَالَ: فَأَنْتِ السَّوَادُ الَّذِي رَأَيْتُ أَمَامِي، قُلْتُ: نَعَمْ فَلَهَدَنِي فِي صَدْرِي لَهْدَةً أَوْجَعَتْنِي، ثُمَّ قَالَ: أَظَنَنْتِ أَنْ يَحِيفَ اللهُ عَلَيْكِ وَرَسُولُهُ، قَالَتْ: مَهْمَا يَكْتُمِ النَّاسُ يَعْلَمْهُ اللهُ، نَعَمْ قَالَ: فَإِنَّ جِبْرِيلَ أَتَانِي حِينَ رَأَيْتِ فَنَادَانِي، فَأَخْفَاهُ مِنْكِ، فَأَجَبْتُهُ فَأَخْفَيْتُهُ مِنْكِ، وَلَمْ يَكُنْ يَدْخُلُ عَلَيْكِ، وَقَدْ وَضَعْتِ ثِيَابَكِ وَظَنَنْتُ أَنْ قَدْ رَقَدْتِ، فَكَرِهْتُ أَنْ أُوقِظَكِ وَخَشِيتُ أَنْ تَسْتَوْحِشِي، فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ، فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ، قَالَتْ: قُلْتُ: كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: قُولِي السَّلَامُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ، وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا، وَالْمُسْتَأْخِرِينَ، وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلَاحِقُونَ».

Qurayshlik Abdulloh degan bir kishi aytadi: «Bir kuni Muhammad ibn Qays ibn Maxrama ibn Muttalib: «Sizlarga oʻzim va onam haqida aytib beraymi?» dedi. Biz u tuqqan onasini aytyapti, deb oʻylabmiz, u esa bunday dedi: «Oisha: «Sizlarga oʻzim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida aytib beraymi?» dedi. «Ha», dedik. U shunday dedi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam mening navbatimdagi kechalardan birida kelib, ridolarini yechdilar. Shippaklarini yechib, oyoq tomonlariga qoʻydilar-da, izorlarining bir tomonini toʻshaklari ustiga yozib, yonboshladilar. Biroz oʻtib, meni uxlab qoldi deb oʻylagach, ridolarini ohista olib, shippaklarini sekingina kiydilar. Eshikni ochib, chiqdilar, soʻng uni ohista berkitdilar. Men koʻylagimni boshimga tashlab, roʻmolimni oʻradim, izorimni kiyib, izlaridan chiqdim. U zot Baqiʼga kelib, uzoq turdilar. Keyin uch marta qoʻllarini koʻtardilar. Keyin burildilar, men ham burildim. Tezlashgandilar, men ham tezlashdim. Yanada tezlashgandilar, men ham yanada tezlashdim. Undan ham tezroq yura boshlagan edilar, men ham tezlashaverdim. (Uyga) u zotdan oldin kirib oldim. Endi yonboshlagan edim hamki, kirib keldilar va: «Ey Oish, senga nima boʻldi, hansirayapsan?» dedilar. «Hech narsa», dedim. «Yo oʻzing aytasan, yo Latifu Xobir Zot menga bildiradi», dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido boʻlsin», dedim va bor gapni u zotga aytib berdim. «Oldimda koʻringan sharpa senmiding?» dedilar. «Ha», dedim. Koʻksimga bir turtgan edilar, sal ogʻridi. Soʻng: «Alloh va Rasuli senga zulm qiladi deb oʻyladingmi?» dedilar. «Odam har qancha yashirsa ham, Alloh bilib turadi. Ha», dedim. U zot: «(Kirib kelganimni) koʻrgan paytingda huzurimga Jabroil alayhissalom kelib, senga bildirmay meni chaqirdi. Men ham senga bildirmay unga javob qildim. Chunki u sen kiyimingni yechgan holingda oldingga kirmasdi. Men seni uxlab qolibsan deb oʻylab, uygʻotgim kelmadi, choʻchib ketasan deb qoʻrqdim. U: «Robbing seni Baqiʼ ahliga borib, ular uchun magʻfirat soʻrashni buyurmoqda», dedi», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, men (qabristonga borsam,) ularga nima deyman?» dedim. U zot: «Assalamu ʼalaa ahlid-diyaari minal muʼmuminiyna val-muslimiyn. Va yarhamullohul-mustaqdimiyna val mustaʼxiriyn. Va inaaa inshaallohu bikum lalaahiquun» degin», dedilar». (Duoning maʼnosi: «Moʻmin musulmonlar diyori ahliga salom boʻlsin! Alloh avvalgilarimizgayu keyingilarimizga rahm qilsin! Inshaalloh, albatta, biz ham sizlarga yetishguvchimiz») (Sahihi Muslim, 974; Nasoiy, 2037).

Imom Navaviy, rahimahulloh, hadisdagi baʼzi soʻzlarning maʼnolarini tushuntirib, shunday deganlar: «Oisha onamiz aytdilar: «Odam har qancha yashirsa ham, Alloh bilib turadi. Ha», arhaqiqat, bu shunday va sahihdir. Goʻyo u «Odamlar nimani yashirmasin, Alloh uni biladi» deganida, oʻzini tasdiqlab, «ha» degan». Iqtibos tugadi («Sahihi Muslim sharhi», 7/43).

Qoʻshimcha foyda olish uchun 140084-raqamli fatvoga murojaat qiling.

Manba: Islom savol va javob

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?
  • Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin qazo roʻza tutish joizmi?

    Homiladorlik va tugʻruq sababli Ramazon oyiga toʻgʻri kelgan koʻp kunlik Ramazon roʻzasi qazolarim bor edi. Allohga hamd boʻlsin, ularni tutdim, faqat oxirgi yetti kun qoldi. Ulardan uchtasini Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin tutdim va qolganini Ramazondan oldin tugatmoqchiman. Sizning saytingizda Shaʼbonning ikkinchi yarmida roʻza tutish faqat roʻzaga odatlangan kishi uchun joiz ekanini oʻqidim. Alloh sizni mukofotlasin, menga maslahat bering, zimmamdagi kunlarning roʻzasini tugataymi yoki yoʻqmi? Agar javob «yoʻq» boʻlsa, tutgan uch kunimning hukmi nima, ularni qaytadan qazo qilamanmi?