O'qildi: 121
11.01.2026
/ 22 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Ishq va gunohga sabab boʻluvchi narsalar
Savol
Menda jiddiy savol bor. Men ikki yil oldin Islomni qabul qildim. Jinsiy istaklarimni boshqarishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Islomni qabul qilishimdan oldin men hech qachon jinsiy aloqada bo‘lmaganman. Ammo yaqinda harom ishlarni qila boshladim. Masalan, men uchta holatda fohishalarga mening bilan og‘iz orqali (akromakumulloh) jinsiy aloqa qilishlari uchun pul to‘ladim va bu qilgan ishimning barchasi edi, ya’ni men hech qanday ayol bilan oddiy jinsiy aloqada bo‘lmadim. Bu zino hisoblanadimi? Men zinokor hisoblanamanmi? Men hali ham musulmonmanmi? Bu amaldan tiyilish uchun nima qila olaman?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Siz qilgan ish shubhasiz harom va katta gunohdir, garchi u had (shar’iy jazo) belgilanadigan zino darajasiga yetmagan bo‘lsa ham. Siz Alloh azza va jallaga gunohni tark etish, sodir bo‘lgan ishga pushaymon bo‘lish, qaytmaslikka azm qilish, yomon do‘stlar va yomon joylardan uzoqlashish, ko‘zlarni haromdan tiyish va begona ayollardan uzoq turish bilan ulkan tavba qilishingiz kerak. Agar siz Allohga tavba qilsangiz, Alloh sizning tavbangizni qabul qiladi. Siz hali ham musulmonsiz, lekin bu gunoh bilan Allohga osiylik qildingiz. Shunday ekan, Robbingizga qayting va qilgan ishingiz uchun U Zotdan mag‘firat so‘rang. Gunohingizni yuvish uchun yaxshi amallarni ko‘paytiring. Iffatli bo‘lish sabablarini ushlang va shar’iy nikohni tezlashtiring.
Yakunda sizga o‘rnak olishingiz uchun ushbu hikoyani taqdim etamiz:
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, bir ayolni o‘pganini [yoki qo‘li bilan ushlaganini yoki shunga o‘xshash boshqa narsani] aytib, buning kafforati haqida so‘radi» (Sahihi Muslim, 2763).
Boshqa rivoyatda:
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi bir ayolni o‘pib oldi. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, buni aytdi. Shunda Alloh «Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo‘lagida namozni barpo qil! Yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi» (Hud: 114) oyatini nozil qildi. Haligi kishi: «Ey Allohning Rasuli, men uchunmi bu?» degan edi, «Ummatimning barchasi uchun», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 526; Sahihi Muslim, 2763).
Yana boshqa rivoyatda:
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, men Madinaning bir chekkasida bir ayolni quchoqlab, jimodan boshqa hamma ishni qildim. Mana, huzuringizdaman, menga xohlagan hukmingizni chiqaring», dedi. Umar unga: «Alloh seni (aybingni) yashirgan ekan, sen ham o‘zingni yashirsang bo‘lardi», dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga javob bermadilar. U kishi turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning ortidan odam yuborib, chaqirtirib keldilar va unga ushbu oyatni o‘qidilar: «Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa eslovchilarga eslatmadir». (Hud:114) Qavmdan bir kishi: «Bu faqat unga xosmi, ey Allohning Nabiysi?» degan edi, u zot: «Yo‘q, barcha odamlarga», dedilar» (Sahihi Muslim, 2763).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?