O'qildi: 128
11.01.2026
/ 22 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Savol
Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ayol qo‘lining barcha barmoqlariga uzuk taqish huquqiga ega. Imom Navaviy (rahimahulloh) shunday degan: «Musulmonlar ijmo’ qilganki, erkak kishining uzugi jimjiloqda bo‘lishi sunnatdir, ayolga kelsak, u barcha barmoqlariga uzuk taqishi mumkin». (Navaviyning Muslim sharhi va Avnul Mabud 11/286).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?