Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Meros va mol-mulkni taqsimlash » Vafot etgan shaxs merosini xotini, ikki o‘g‘li va qiziga taqsimlash
Fatvo: 2479

O'qildi: 110

09.01.2026

/ 20 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Vafot etgan shaxs merosini xotini, ikki o‘g‘li va qiziga taqsimlash

Savol

Men meros haqida savol bermoqchiman. Oilaning holati quyidagicha deb faraz qilaylik: ota, ona, qiz va ikki o‘g‘il. Ota vafot etgan holatda, qolgan har bir oila a’zosining shar’iy ulushi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar xotin, qiz va ikki o‘g‘ildan iborat oilaning otasi vafot etsa, xotinga sakkizdan biri (1/8) tegadi. Bunga Alloh taoloning ushbu so‘zlari dalildir:

﴿فَإِنْ كَانَ لَكُمْ وَلَدٌ فَلَهُنَّ الثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُمْ ۚ مِنْ بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَا أَوْ دَيْنٍ﴾

«Endi agar sizlarning farzandingiz qolgan bo‘lsa, ularga sizning merosingizdan sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimotlar) sizlar qilgan vasiyat va qarzlaringiz ado qilingandan keyin bo‘lur» (Niso: 12).

Qolgan meros besh hissaga bo‘linadi. Har bir o‘g‘ilga ikki hissa va qizga bir hissa beriladi. Bunga Alloh taoloning ushbu so‘zlari dalildir:

﴿يُوصِيكُمُ اللَّهُ فِي أَوْلَادِكُمْ ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنْثَيَيْنِ﴾

«Alloh farzandlaringizga (tegishli meros) haqida bir o‘g‘il uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur» (Niso : 11).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Musulmon farzandni merosdan mahrum qilish joiz emas

    Farzandlarni merosdan mahrum qilish, ayniqsa ota-onasiga nikoh masalalarida itoat qilmaydigan o‘g‘il (yoki qiz) haqida savolim bor. Misol uchun, bir erkak g‘ayridin ayolga uylansa. Ma’lumki, musulmon erkak yahudiy yoki nasroniy ayolga uylanishi joiz. Ammo hozirgi zamonda G‘arb mamlakatlarida bunday dindor odamlarni topish mushkul, chunki din ulardan yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadek uzoqlashgan. Bugungi kunda katoliklar, protestantlar va shunga o‘xshash din vakillari «Ahli kitob» hisoblanadimi? Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishi qat’iyan taqiqlangani aniqmi? Biz bu holat tobora ko‘payib, musulmon qizlar orasida odatga aylanayotganini kuzatmoqdamiz.
  • Yerni masjid uchun vaqf qilib, keyin qaytib olish

    Badavlat bir kishi masjid qurish uchun o‘z yerini vaqf qilishni va’da bergan edi. Keyinchalik boshqa odamlar kelib, bu joyni maktabga aylantirishni iltimos qilishdi. U qanday yo‘l tutishi kerak?
  • Meros masalasi

    Kimdir menga ushbu holatda meros boʻyicha shariat hukmini aytib bera oladimi: Mening otam vafot etdi, undan toʻrt oʻgʻil, uch qiz va onam merosxoʻr boʻlib qoldi.