Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2467

O'qildi: 142

08.01.2026

/ 19 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Internet – Islom mezonida

Savol

Yaqinda Alloh menga Oʻz jannatiga yoʻl ochdi va men musulmon boʻldim. Men Islomning internet haqidagi qarashini bilmoqchiman. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi Microsoft kompaniyasiga sarmoya kiritmoq istagim bor. Maʼlumki, internetdan nimani koʻrish foydalanuvchining oʻz ixtiyorida: yalangʻoch ayollarning suratlarimi yoki foydali maʼlumotlarmi?! Biroq, men shuni bilamanki, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi internet foydalanuvchilarining 60 foizi tarmoqdan nooʻrin web-saytlarni koʻrish uchun foydalanadi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Modomiki, masala sizga shubhali bo‘lib qolgan ekan va siz bu turdagi investitsiyalar foydalanuvchilarga foydali va zararli sahifalarga kirish imkoniyatini ochib beradi va mushtariylarning yarmidan koʻpi zararli sahifalardan foydalanadi, deb bilar ekansiz, unda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ushbu so‘zlariga amal qiling:

عَنْ ْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: قَالَ: «حَفِظْتُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ».

Hasan ibn Ali roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yodlab olganman: «Seni shubhaga soladigan narsani qoldirib, shubhaga solmaydiganiga oʻt» (Termiziy, 2518; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Targ‘ib», 1737).

Bu sohani tark eting va halol bo‘lgan boshqa turdagi investitsiyalarni izlang. Alloh bizni va sizni halol kasbga muvaffaq qilsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Eriga xiyonat qilgan ayolga eslatma

    Men 26 yoshli qizman, bir hafta oldin ajrashdim. Bir yil oldin erimning uyini tark etib, ikki yoshli farzandim bilan ota-onamnikiga ketgan edim. Sevgi asosida qurilgan nikohimizning boshida qaynonamning uyida yashadik. Qaynonam hamma narsaga aralasha boshladi va hayot qiyinchiliklarini yengish hamda toʻyimiz uchun olingan qarzni toʻlashda erimga yordam berishim uchun ishlashimni talab qildi. Haqiqatan ham ish topdim, ishladim va unga yordam berdim. Yagona shartim — qaynonamning doimiy aralashuvidan uzoqda, alohida yashashimiz edi. U menga buni vaʼda qilgandi. Uyda hamma narsani qaynonam boshqarardi, erim esa eʼtiroz bildira olmasdi, aks holda onasi uni uydan chiqarib yuborishini aytardi. Qaynonam ham ishlar edi. Erimga kelsak, u bilan ikki yil yashab, uni boshida tanigan odamimdan butunlay boshqacha shaxs ekanini bildim. U shunchaki niqob ekan. U mening bor maoshimni olib qoʻyar, oʻzimga kundalik xarajat uchun ozgina pul berardi. Pulga muhtoj boʻlib qolsa yoki ishini tashlasa, tillalarimni sotishni talab qilardi. Men sotardim, baʼzida u oʻzi ham sotardi. Ota-onamdan qarz olishimni soʻrardi va men olardim. Evaziga esa u menga hech narsa bermasdi, men hamma narsadan mahrum edim. U doim menga: «Vaziyatimizni bilasan-ku, chida», derdi. Hamyonini mashinasida yashirar va unda pul bor-yoʻqligini bilishga haqqim yoʻqligini aytardi. Oramizdagi muammolar koʻpaya boshladi. Men alohida uyga koʻchishni soʻrashda davom etdim, chunki kim kirib, kim chiqayotgani nomaʼlum boʻlgan uyda yashashga oʻrganmagan edim. Uning ajrashgan singlisi bor edi, u ishlar va ish joyida — (bizning hududimizdan tashqaridagi) mehmonxonada tunardi. U ziyoratga kelganida har kecha koʻchaga aylangani chiqib ketar va yarim tundan keyin qaytardi. Bu holat meni qoniqtirmasdi va yoqtirmasdim. «Hurmatli» erimga: «Jamiyat bu uyning aholisi haqida nima deydi? Bu ayb-ku», derdim. U esa: «Men ular bilan gaplashaman, bu menga ham yoqmaydi», deb javob berar va meni gap bilan yupatib yurardi. Oxir-oqibat u menga: «Bu bizning odatlarimiz va tabiatimiz (ular arab boʻlmagan millat vakillari edi), men onam va singlimni yolgʻiz qoldirib, ulardan uzoqda yashay olmayman», dedi. Ota-onamga aytishga ikkilanib yurdim, chunki ular boshidanoq bu nikohga qarshi boʻlishgandi, lekin men undagi xulq va qalb goʻzalligini koʻrib, turib oldim. Qanchalik koʻr boʻlgan ekanman. Oxiri, u onasiga mendan shikoyat qilayotganini, onasi esa uni meni urishga va bolamni tortib olishga undayotganini eshitib qolganimdan soʻng ota-onamga aytdim. Bu oxirgi voqea boʻldi va men uni tark etib, ota-onamning uyiga ketdim. U ikki haftadan keyin nima uchun uydan ketganimni bilish uchun keldi, lekin men unga gaplarini eshitib qolganimni aytmadim. Talabim — ularnikida emas, alohida sharʼiy uy edi. U rozi boʻldi. Uyni koʻrganimizdan va u uyni koʻrgani borganidan soʻng fikridan qaytdi. Bu masala ikki yil davom etdi. Shu vaqt ichida u meni kim bilandir munosabatda boʻlishda va kimdir mening fikrimni buzayotganlikda aybladi. Bunga sabab, otamning bir tanishi meni ish joyimdan olib ketayotganini koʻrib qolgani boʻldi. Oʻsha kuni uni tasodifan ish joyimda uchratgandim, erim esa pastda meni kutib turgan ekan. Menga ozor berishidan qoʻrqib, oʻsha odamdan meni tashlab qoʻyishni iltimos qilgandim. Shundan soʻng u meni yomon otliq qilish uchun odamlar yubordi: yo onasining uyiga qaytaman, yoki huquqlarimdan voz kechib ajrashaman. Men albatta rad etdim va ajrashishga qatʼiy qaror qildim, endi uy ham kerak emas edi. U menga nisbatan «itoat» (toʻat) daʼvosini ikki marta ochdi, oxiri men ajrashish uchun daʼvo arizasi berdim. Lekin oxirgi besh oy davomida men oʻsha otam taniydigan, meni tashlab qoʻygan kishi bilan tasodifan gaplashib qoldim. U mendan taxminan 14 yosh katta. Unga boshimdan oʻtganlarni aytib berdim, u meni qoʻllab-quvvatladi va hayot haqida, odamlar haqidagi baʼzi narsalarni tushuntirdi. Baʼzi narsalarga sukut saqlab boʻlmasligini, bu odam bilan boshidanoq birga boʻlishim xato boʻlganini va hech kimning maslahatiga quloq solmay xato qilganimni aytdi. Keyinchalik bu kishiga nisbatan oʻzimda intilish his qila boshladim. Ichimdan bu qilmishimni xato ekanini bilardim va bu tuygʻu meni doim qiynardi, ayniqsa uni sevib qolganimdan keyin. Bilaman, u ham meni yaxshi koʻradi. Bu narsa rejalashtirilmagan edi. Biz bir necha bor uchrashdik, koʻrishdik, oʻtirdik va koʻp gaplashdik. Hatto u men hali ajrashmasimdan oldin menga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men ham buni xohlayman, lekin keyinroq, ayniqsa bu munosabatlar boshlangan sharoit tufayli qarshiliklar boʻlishidan qoʻrqaman. Boshqa bir erkakning nikohida boʻla turib boshqani sevib qolganim uchun Allohdan qoʻrqaman. Vaholanki, erimni tark etganimga bir yil-u uch oy boʻlgan, ajrashganimga esa taxminan ikki hafta boʻldi. Qilgan ishlarim haqida menga yoʻl koʻrsating. Men xato qildimmi? Qilgan ishim harommi? Oʻzim bilan doim ziddiyatdaman va qattiq hayronlikdaman, chunki Allohning gʻazabini keltirishni va gunoh ish qilishni xohlamayman.
  • It-kompaniyalar aksiyalarini sotib olish

    Kompyuter kompaniyalari va shunga o‘xshash korxonalarning aksiyalarini sotib olish hukmini dalillari bilan bayon qilib bersangiz. Agar joiz bo‘lsa, faqat texnologik qurilmalar bilan shug‘ullanadigan boshqa kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va sotish orqali sarmoya kiritadigan kompaniyalarda ham ishtirok etish mumkinmi? Buning ham dalilini zikr qilsangiz.
  • Imtiyozli davlat fuqaroligini olish uchun nasl-nasabni o‘zgartirish

    Inson afzalliklarga ega bo‘lgan davlatning fuqaroligini olish uchun o‘z nasabini o‘zgartirishining hukmi qanday? Masalan, ma’lum bir davlatning fuqaroligi bor amakisiga o‘zini farzand, yo uka, yoki tog’a, yoki boshqa qarindosh ekanligini da’vo qilishi mumkin. Shu orqali u o‘sha fuqarolikni va bu bilan bog‘liq barcha imtiyozlarni qoʻlga kiritadi. Holbuki, uning hech qanday muammosi yoʻq va o‘z fuqaroligi hamda tegishli hujjatlari mavjud. U bu ishni faqat moddiy manfaatlar yo‘lida qilyapti. Bu ishning hukmi qanday?