Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Najosatdan poklanish » Agar it musulmonning kiyimini yalab qo‘ysa, hukmi nima?
Fatvo: 2453

O'qildi: 135

31.12.2025

/ 11 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Agar it musulmonning kiyimini yalab qo‘ysa, hukmi nima?

Savol

Agar it bizning badanimizni yoki kiyimimizni yalab qo‘ysa, nima qilishimiz kerak? Agarda yalangan joyni tuproq yoki loy bilan ishqalashi kerak, degan yechimni bersangiz, lekin u silliq, qimmatbaho matodan tikilgan kiyim, masalan, kostyum bo‘lsa-chi? Agar u shunday qilsa, kiyimi ko‘proq ifloslanadi. Shu sababli kiyimni toʻproq bilan ishqamasdan kimyoviy tozalash unsurlari bilan yuvsa yetarli bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ilm ahllari itning so‘ri (og‘zining suvi) va so‘lagini najas deb aytganlar. Ular u yalagan idishlar va kiyimlarni yuvish vojib deydilar. Bunday hollarda musulmon kishi tozalash uchun nima qilishini ko‘rsatuvchi sunnat kelgan. Ikki shayx (Buxoriy va Muslim)

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «إِذَا وَلَغَ الْكَلْبُ فِي إِنَاءِ أَحَدِكُمْ فَلْيُرِقْهُ، ثُمَّ لْيَغْسِلْهُ سَبْعَ مِرَارٍ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizning idishini it yalab qo‘ysa, uni to‘kib yuborsin, keyin yetti marta yuvsin», dedilar» (Sahihi Muslim, 279).  Boshqa rivoyatda: «Birinchisi tuproq bilan» deb qo‘shimcha keltirgan.

«Valag‘a» so‘zining ma’nosi: tilini suvga yoki boshqa narsaga tiqqan, undan ichgan yoki ichmagan bo‘lishidan qat’i nazar. Yalash ham shunga kiradi.

Hadisda idish haqida so‘z yuritilgan boʻlsa-da, ahli ilmlar idish va boshqa narsalar orasida farq qo‘ymaganlar. Iroqiy aytgan: «Idishning zikr qilinishi ko‘pincha shu holat bo‘lgani uchun». Demak, idish yoki kiyimni yetti marta yuvish vojib, ulardan biri tuproq bilan bo‘lishi kerak. Bu Ibn Abbos va Abu Hurayra (roziyallohu anhumo) rivoyatlaridan birida aytilgan qavl. Buni Ibn Sirin, Tovus, Avzo’iy, Shofi’iy, Ahmad, Abu Savr va boshqalar qabul qilgan. (Al-Majmu’ 2/586; al-Mug‘niy 1/46; al-Muhallo 1/146; Nayl al-Avtor 1/74).

Oxirgi yuvish tuproq bilan bo‘lishi shart emas. Shuning uchun savolda aytilgan tuproq kiyimni iflos qiladi degan e’tiroz inobatga olinmaydi, chunki keyin suv bilan  yuviladi. Quritilib, dazmollanganidan so‘ng u oldingidan ham tozaroq bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Cho‘chqa go‘shti bilan ishlovchi insonning namozi

    Men restoranda ishlayman, ish soatlarim kuniga o‘n ikki soatga cho‘ziladi. Cho‘chqa mahsulotlari bilan ishlaganim sababli, kun bo‘yi nopok boʻlaman. Bu holatda qanday namoz oʻqiyman, namozning qanday shartlari bor? Kunning oxirida cho‘milib, besh vaqt namozning qazosini o‘qisam bo‘ladimi?
  • Kiyimga siydik tomganida gumon qilish

    Istinjo va tahorat qilib bo‘lganimdan so‘ng bir tomchi siydik chiqqanini his qilaman. Bu esa meni qayta tahorat qilishga, ba’zi hollarda esa ikki martalab tahorat olishga majbur qiladi. Siydik tomganidan so‘ng uning to‘xtaganiga ishonch hosil qilish uchun besh daqiqa kutaman, ammo tahoratni tugatganimdan so‘ng, yana kichik bir tomchisi chiqqanini his qilaman.Men shubha yoki vasvasaga tushmaslik uchun buni yengib o‘tishga harakat qilyapman. Agar shu tomchidan kiyimga tegsa, uni yuvish kerakmi? Agar shu kiyimda namoz o‘qisam, namozim durust boʻladimi yoki yo‘qmi? Ba’zi hollarda siydik tomgan, degan gumonda shimimni ham yuvyapman.