Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Hadisni inkor qiluvchi ota-onaga yaxshilik qilish
Fatvo: 245

O'qildi: 367

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » »

Hadisni inkor qiluvchi ota-onaga yaxshilik qilish

Savol

Men dindor boʻlmagan oilada yashayman. Oilam meni dindorligim uchun taʼqib qilib, ustimdan kulishadi. Men – Allohga hamdlar boʻlsin – sunnatga amal qilaman. Otamning eʼtiqodi quyidagicha: U “Qurʼon oyatlarini sharhlaydigan hadislar, masalan namoz haqidagi hadislarga amal qilish kerak. Ammo Qurʼonda kelmagan masalalarni bayon qiladigan hadislarga kelsak, masalan, begona ayolga qoʻl berib koʻrishishdan qaytarilgan hadisiga amal qilish shart emas”, deb hisoblaydi. Uning bundan boshqa notoʻgʻri eʼtiqodlari ham bor. Ota-onaga yaxshilik qilish vojibligini bilaman. Ammo otamning eʼtiqodini eʼtiborga olgan holda, uning ortida namoz oʻqishim joizmi? Agar nojoiz boʻlsa, uni xafa qilmaslik uchun u bilan namoz oʻqiyotgandek koʻrinib, keyin namozimni qayta oʻqib olsam boʻladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Aziz birodarim, siz tushib qolgan vaziyat, shubhasiz, ogʻirdir. Moʻmin kishi uchun toʻgʻri yoʻldan – ahli sunna val jamoa yoʻlidan adashgan, zalolatga botgan ota bilan yashash oson emas. Lekin musulmon bunday holatga sabr qilib, otaga yumshoqlik bilan nasihat qilib, unga nisbatan farzandining takabburligini yoki kamsitishini sezdirmaydigan, balki munosib vositalar bilan haqni tushuntirishda ulkan ajr bordir. U farzandining nasihatini otaligini eʼtirof etuvchi, uni hurmat qiluvchi va mehribon farzandning nasihati deb his qilishi lozim. Xuddi Ibrohim alayhissalomning otasiga daʼvati kabi.

Alloh taolo aytdi:

﴿وَٱذۡكُرۡ فِی ٱلۡكِتَـٰبِ إِبۡرَٰهِیمَۚ إِنَّهُۥ كَانَ صِدِّیقࣰا نَّبِیًّا ۝٤١ إِذۡ قَالَ لِأَبِیهِ یَـٰۤأَبَتِ لِمَ تَعۡبُدُ مَا لَا یَسۡمَعُ وَلَا یُبۡصِرُ وَلَا یُغۡنِی عَنكَ شَیۡـࣰٔا ۝٤٢ یَـٰۤأَبَتِ إِنِّی قَدۡ جَاۤءَنِی مِنَ ٱلۡعِلۡمِ مَا لَمۡ یَأۡتِكَ فَٱتَّبِعۡنِیۤ أَهۡدِكَ صِرَٰطࣰا سَوِیࣰّا ۝٤٣ یَـٰۤأَبَتِ لَا تَعۡبُدِ ٱلشَّیۡطَـٰنَۖ إِنَّ ٱلشَّیۡطَـٰنَ كَانَ لِلرَّحۡمَـٰنِ عَصِیࣰّا ۝٤٤ یَـٰۤأَبَتِ إِنِّیۤ أَخَافُ أَن یَمَسَّكَ عَذَابࣱ مِّنَ ٱلرَّحۡمَـٰنِ فَتَكُونَ لِلشَّیۡطَـٰنِ وَلِیࣰّا ۝٤٥قَالَ أَرَاغِبٌ أَنتَ عَنۡ ءَالِهَتِی یَـٰۤإِبۡرَٰهِیمُۖ لَىِٕن لَّمۡ تَنتَهِ لَأَرۡجُمَنَّكَۖ وَٱهۡجُرۡنِی مَلِیࣰّا ۝٤٦ قَالَ سَلَـٰمٌ عَلَیۡكَۖ سَأَسۡتَغۡفِرُ لَكَ رَبِّیۤۖ إِنَّهُۥ كَانَ بِی حَفِیࣰّا ۝٤٧﴾

(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ushbu Kitobda Ibrohim (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgoʻy paygʻambar edi. Eslang, u otasiga: «Ey otajon, nega siz eshitmaydigan, koʻrmaydigan va sizga biron foyda yetkaza olmaydigan butga ibodat qilasiz? Ey otajon, darhaqiqat, sizga kelmagan ilm-maʼrifat menga keldi. Bas, siz menga ergashing, sizni haq yoʻlga hidoyat qilurman. Ey otajon, siz shaytonga ibodat-qullik qilmangiz. Chunki shayton Rahmonga osiy boʻlgandir. Ey otajon, haqiqatan men sizga Rahmon tomonidan azob yetib, (doʻzaxda) shaytonga doʻst-yaqin boʻlib qolishingizdan qoʻrqurman», deganida. (Otasi) aytdi: «Sen mening xudolarimdan yuz oʻgirasanmi, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen (mening xudolarimni soʻkishdan) toʻxtamasang, albatta, seni toshboʻron qilurman va (yoki) meni butunlay tark et!» (Ibrohim) dedi: «Omon boʻling. Endi Parvardigorimdan sizni magʻrifat qilishini soʻrayman. Shak-shubhasiz, U menga mehribon boʻlgan Zotdir» (Mariyam: 41-47).

Ibrohim alayhissalom otasiga eng muloyim soʻzlar bilan: «Ey otajon» deb murojaat qildi. Unga «men olimman, siz johilsiz» demadi. Balki «Ey otajon, darhaqiqat, sizga kelmagan ilm-maʼrifat menga keldi» deb, otasiga boʻlgan rahm-shafqatini va uning salomatligiga boʻlgan qaygʻusini koʻrsatdi. Shuning uchun: «Ey otajon, haqiqatan men sizga Rahmon tomonidan azob yetib, (doʻzaxda) shaytonga doʻst-yaqin boʻlib qolishingizdan qoʻrqurman» dedi. Otasi haqiqatni rad etib, uni toshboʻron qilish bilan tahdid qilganida, Ibrohim odob bilan: « Omon boʻling. Endi Parvardigorimdan sizni magʻrifat qilishini soʻrayman» deb, uning uchun magʻfirat soʻrashga vaʼda berdi. Solih farzandning adashgan ota-onasiga daʼvati mana shunday boʻlishi kerak.

Unutmang, sunnatni yoki sunnatdan biror narsani inkor qilish masalasi juda xavfli masaladir — bu mavzu boʻyicha oʻrni kelganda batafsil maʼlumot beramiz — ammo bu yerda qisqacha aytadigan boʻlsak, agar otangizning bidʼati uni islomdan chiqaradigan boʻlsa, masalan, sunnatni butunlay inkor qilib, unga hujjat-dalil keltirilgandan keyin ham haqiqatni tan olmasa, u holda kofirligi sababli uning ortida namoz oʻqish durust emas. Ammo agar otangizning bidʼati kufrgacha bormasa, masalan sunnatda kelgan baʼzi hukmlarga (eʼtiborsizligi sababli) amal qilmasa, u holda uning ortida namoz oʻqishingiz joiz va namozingiz durust sanaladi. 

Alloh bilguvchiroqdir.

Qoʻshimcha

Shayx Muhammad ibn Solih ibn Usaymin bu savolga quyidagicha javob berdilar:

Inkor qilishning ikki sababi boʻladi:
1. Taʼvil inkori
2. Jahd inkori

Agar jahd inkori boʻlsa, yaʼni u «men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buni aytganini bilaman, shunday boʻlsada buni inkor qilaman va qabul qilmayman» desa, bu inson islomdan chiqqan murtad – kofir sanaladi va uning ortida namoz oʻqish joiz boʻlmaydi.

Agar inkor taʼvil inkori boʻlsa, taʼvil ehtimolli, lugʻat jihatidan maqbul va shariat manbalarini tushunishdan kelib chiqqan boʻlsa, bu odam kofir emas, bidʼatchi deyiladi. Agar u bidʼat eʼtiqodda boʻlsa uning ortida namoz oʻqish joiz. Ammo uning ortida namoz oʻqimaslik hidoyatiga sabab boʻlsa, yaʼni shu sababli u oʻzini toʻxtatib, masalani yana bir bor oʻylab koʻrishi ehtimoli boʻlsa, uning ortida namoz oʻqimagan afzal.

Ammo savolda aytilgan otaga kelsak, u baʼzi sunnatlarni, yaʼni Qurʼonga muvofiq va uni sharhlaydigan sunnatlarini tan oladi. Ayni paytda u boshqa sunnatlarni, yaʼni Qurʼonga qoʻshimcha boʻlgan sunnatlarni inkor etadi. Bu eʼtiqod (Qurʼoniylik eʼtiqodi) ulkan bidʼatlar sarasidandir. Islom shariati bu eʼtiqodni qattiq qoralagan. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan sahih hadisda kelganidek:

عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي رَافِعٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا أُلْفِيَنَّ أَحَدَكُمْ مُتَّكِئًا عَلَى أَرِيكَتِهِ يَأْتِيهِ الْأَمْرُ مِنْ أَمْرِي مِمَّا أَمَرْتُ بِهِ أَوْ نَهَيْتُ عَنْهُ فَيَقُولُ لَا نَدْرِي مَا وَجَدْنَا فِي كِتَابِ اللَّهِ اتَّبَعْنَاهُ».

Ubaydulloh ibn Abu Rofeʼ otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Birortangiz supasida yonboshlab yotganida unga men buyurgan yoki qaytargan ishlardan birortasi yetib borganida zinhor «Buni bilmaymiz, biz Allohning Kitobida nima kelsa, shunga ergashamiz», deganini koʻrmayin» (Sunani Abu Dovud, 4605).

Bu insonning dunyo va oxiratiga xavf soluvchi ulkan bidʼatdir. 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Nasroniy bilan jiddiy suhbat

    Men sahifangizni ko‘zdan kechirayotib, undan zavq oldim, chunki men diniy maktabda ta’lim olayotgan nasroniy talabaman va ko‘proq bilim olishni xohlayman. Quyidagi fikrlar haqidagi qarashlaringizni bilmoqchiman, ular to‘g‘rimi?1. Islomda: Jannat may, ayollar va qo‘shiqlardan iborat. Jannatga erishish yo‘li ana shu narsalardan tiyilish, so‘ngra ular bilan mukofotlanish, shuningdek, Islomning besh rukniga amal qilishdir.2. Islomda: Najot va azobdan qutulishning kafolati yo‘q. Faqat umr bo‘yi shu yo‘lda yursangiz, Allohning najotiga va xalos bo‘lishga erishasiz, deyiladi. Hech qanday kafolat mavjud emas. Kafolatsiz yashash menga yoqmaydi. Men musulmonlar asliy gunohga ishonmasliklarini bilaman, lekin inson gunohkor boʻlib tugʻiladimi yoki yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, inson xatokor va koʻp xato qiluvchi ekaniga qoʻshilmaysizmi? Inson o‘z xatolari va gunohlari bilan nima qiladi? Tavba haqida bilaman, ammo menga Alloh huzurida hech kim najot topolmaydigandek tuyuladi. Shu sababli, bizni o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi gunohlarimizdan xalos etish uchun O‘z O‘g‘lini bizning uchun qurbon qilib, xochga mixlanib oʻldirilishi uchun yubordi.3. Islomda najot kafolati yo‘q, bunday kafolatsiz yashash haqiqatan ham dahshatli narsa. Hayotingizni yashab, qiyomat kunida xalos boʻlishingiz uchun yetarlicha solih amallar qildingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz, yetarlicha namoz oʻqidingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz va hokazo… Bu haqiqatan ham dahshatli.Men koʻplab musulmon hamkasblarimdan o‘limdan so‘ng jannat yoki do‘zaxga borishlariga ishonchlari komilmi, deb so‘raganimda, ulardan ijobiy javob ololmadim. Islomda hech qanday kafolat yo‘q, chunki (bu din vakillari nasroniylardan farqli oʻlaroq, birgina) Iso Masihga ishonish orqali najot topishga ishonishmaydi; Islom insonning xatti-harakatlari va amallariga bog‘liq.Men musulmon bo‘lishni xohlasam ham buni qila olmayman. Agar musulmonlar o‘zlarini xalq orasidan tanlangan deb hisoblashsa, nega dinlarini yoymaydilar? Bu faqatgina musulmon bo‘lib tug‘ilganingiz uchun omadli bo‘lishga asoslanganmi?Agar kimdir nasroniy bo‘lishni istasa, u buni qila oladi. Har kim bir necha soniyada nasroniy bo‘lishi mumkin. Men tug‘ilganimda nasroniy bo‘lmaganman. Nasroniylar Iso Masih Allohga olib boradigan yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydilar.Iso Masihning o‘zi shunday degan: «Men Yoʻl, Haqiqat va Hayotman. Hech kim Otaga mening yoʻlimsiz yeta olmaydi». U «Men yo‘llardan biriman» demadi, balki «Men yo‘lman» dedi.U yana: «Men va Otam birmiz», deb aytgan.Men qanday qilib biror kishi bu haqiqatlardan koʻr boʻlishi mumkinligini tushunmayman, magar ular buni avval eshitmagan boʻlsalar.Men sizdan javob va izoh kutib qolaman.
  • Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?

    Ishlaydigan ayol uy xarajatlarini to‘lashi kerakmi? Chunki eri: «Agar uy xarajatlarini to‘lamasang, ishlashga haqqing yo‘q», deydi. Erining uning maoshida haqqi bormi? Agar u uy xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘lsa, u bilan eri o‘rtasida qanday nisbat bo‘lishi kerak?
  • Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

    Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor: 1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi? 2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.
  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.