O'qildi: 132
30.12.2025
/ 10 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Oxiratga iymon keltirish
Savol
Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Shayx Abdurrahmon al-Barrok bu savolga quyidagicha javob bergan:
Islom da’vati yetib bormagan yoki noto‘g‘ri shaklda yetib borgan kishilar qiyomat kunida sinaladilar (Ya’ni Alloh taolo ularning oldiga olov olib keltirib ularni shunga kirishga buyuradi). Kim itoat qilib (shu olovga kirsa) jannatga kiradi, kim (kirmayman deb) osiylik qilsa do‘zaxga kiradi. Chunki Alloh taolo aytadi:
«Alloh taolo payg‘ambarlar yuborish va kitoblar tushirish bilan bandalar uchun biron bahonaga o‘rin qoldirmaydigan dalilni taqdim etmay turib hech bir kimsani azoblamaydi» (Isro: 15).
Alloh taolo bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?