O'qildi: 66
25.12.2025
/ 5 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Fitrat sunnatlari
Savol
Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Xatnaning foydalari ko‘p bo‘lib, u payg‘ambarlarning sunnatlaridan va fitrat sunnatlaridan biridir. Unda mukammal poklik va tozalik bor. U hojat chiqarish va jinsiy aloqa qilishda foydaliroq hamda sog‘lomroqdir. Yallig‘lanishning oldini oladi va boshqa ko‘plab foydalari borki, bular og‘riq berishning zararidan ancha ustun keladi. Bu og‘riq kichik yoshda katta yoshga qaraganda kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrim ilm ahllari erkaklar uchun xatnani vojib deyishgan. Ibn Qudoma rahimahulloh «Al-Mug‘niy» kitobida shunday deydi: «Fasl: Xatnaga kelsak, u erkaklar uchun vojib va ayollar uchun hurmat belgisidir, ayollarga vojib emas. Bu ko‘pgina ilm ahllarining so‘zidir. Imom Ahmad: «Xatna erkaklar uchun ta’kidliroqdir», deganlar. Chunki erkak xatna qilinmaganda, u teri olatga osilib turadi va u yer toza bo‘lmaydi. Ayollar uchun yengilroqdir. Abu Abdulloh aytdi: «Ibn Abbos bu masalada qattiqroq turar edi, undan «xatna qilinmagan kishining haji ham, namozi ham qabul boʻlmaydi» degan gap rivoyat qilinadi. Hasan esa bu masalaga yengil qaragan, u: «agar musulmon bo‘lsa, xatna qilinmasa ham zarari yo‘q», deb, boshqa oʻrinda: «Islomga kirgan oq-u qoraning hech biri tekshirilmagan va ular xatna qilinmagan», degan.
Xatnaning vojibligiga dalil shuki: avratni yopish vojibdir, agar xatna vojib bo‘lmaganda, xatna qilinayotgan kishining avratiga qarash orqali uning hurmatini buzish joiz bo‘lmas edi. Shuningdek, u musulmonlarning belgilaridan biridir, shuning uchun boshqa belgilari kabi vojibdir. Agar katta yoshli kishi Islomga kirsa va xatnadan qo‘rqsa, u undan soqit bo‘ladi. Chunki g‘usl, tahorat va boshqalar ham, agar ulardan o‘ziga xavf sezsa, soqit bo‘ladi. Demak, bu yanada munosibdir. Agar u o‘ziga xavf sezmasa, uni bajarish lozim bo‘ladi». Hanbal aytdi: «Men Abu Abdullohdan (ya’ni Imom Ahmaddan) zimmiyning Islomga kirganda xatna bilan poklanishi to‘g‘risida so‘radim. U aytdi: «Bu unga shart». Men aytdim: agar u katta yoshli erkak yoki ayol bo‘lsa? U aytdi: «Menga poklanishi yaxshiroq. Chunki hadisda:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim alayhissalom sakson yoshlarida qaddum bilan xatna qilindilar», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3356).
Alloh taolo aytadi:
«Otalaringiz Ibrohimning dinini (ya’ni, Islomni ushlangiz)» (Haj: 78). Iqtibos tugadi.
Shuning uchun, ey musulmon birodar, sizga maslahat – o‘g‘lingizni mohir mutaxassis tomonidan xatna qildirishingizdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Fitrat beshtadir: xatna qilish, (qovuqni) qirish, mo‘ylabni qaychilash, tirnoqlarni olish hamda qo‘ltiqlar ostini yulish», deganlarini eshitganman» (Sahihi Buxoriy, 5891).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?