O'qildi: 105
22.12.2025
/ 2 Rajab 1447
Fatvo mavzusi: Er-xotin huquqlari
Savol
Men yaqinda o‘z yurtimdan uylanmoqchiman, lekin talaba bo‘lganim sababli, turmush o‘rtog‘imni bu yurtga olib kela olmayman. Bilishimcha, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, er kishi xotinidan uch oydan ortiq uzoqda bo‘lishi joiz emas degan ekan. Afsuski, men o‘z yurtimga kamida bir yildan keyin qayta olaman. Islomdagi «Zaruratlar taqiqlangan narsalarga ruxsat beradi» qoidasiga asosan, uylangach xotinimdan uzoqda qolishim mumkinmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar rafiqangiz bu muddat mobaynida sizdan uzoqda bo‘lishga rozi bo‘lsa, sizga gunoh yo‘q. Alloh bizni va sizni barcha yaxshiliklarga muvaffaq qilsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?