Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Yaroqsiz nikohlar » Vaqtinchalik nikoh
Fatvo: 2377

O'qildi: 137

21.12.2025

/ 1 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Vaqtinchalik nikoh

Savol

Taxminan toʻrt hafta oldin men bir arab musulmon bilan tanishdim. U menga alohida qiziqayotganini va men bilan birga bo’lishini istayotganini aytdi. Bu «uchrashuvlar»imizni halol qilish uchun «muvaqqat nikoh» tuzishni taklif qildi. Men ushbu «muvaqqat nikoh»ning asl ma’nosining izohini qidirdim. Men uni chindan ham yaxshi ko‘raman va u bilan turmush qurishni istayman. Ammo o‘qib-o‘rganganlarimdan menga shunday tuyulmoqdaki, biz balki haqiqatan ham nikohlangandirmiz. Bu masalada bilimim yetarli emas, sizdan buni oydinlashtirib berishingizni so‘rayman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom shariatida vaqtinchalik nikoh deb ataladigan narsa yo‘q. Kim bunday amalni qilsa, unga zino haddi (jazosi) belgilanadi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytganlaridek: «Ulardan birortasini menga keltirilsa, albatta uni had bilan kaltaklagan bo‘lardim…». Ammo adashgan bid’at ahlidan ba’zilari hamon mut’a nikohini – vaqtinchalik nikohning bir turini – durust deb hisoblaydilar, holbuki bu Islom shariatida bekor qilingan. Siz ulardan ehtiyot bo‘lishingiz va hissiyotlaringizga mag‘lub bo‘lib, haqiqat yo’lidan adashmasligingiz lozim. Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Muslima ayolning g‘ayridinga turmushga chiqishi hukmi

    Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishining hukmi qanday, ayniqsa, ayol nikohdan so‘ng erining Islomni qabul qilishiga umid qilsa? Bu ko‘pincha musulmon ayollarning ehtiyojlarini qondira oladigan musulmon erkaklarning yo‘qligi bilan oqlanadi. Bunday holatlarda ayollar ko‘pincha to‘g‘ri yo‘ldan ozish yoki juda og‘ir sharoitlarda yashash xavfi borligini ta’kidlashadi.
  • Otaning roziligi va kuyovning Islomni qabul qilishi – muslima ayolga uylanishning shartidir

    Men musulmonman va singlim nasroniy kishi bilan unashtirilgan, u rozi bo‘lgan va ular nikoh qilishmoqchi. Erkak Islomga kirmoqchi. Nima qilishni bilmayapman. Bu nikohga qarshi chiqishga haqqim bormi? Ota-onam bu nikohga mutlaqo qarshi va juda tashvishda, asosan erkak boshqa madaniyatdan kelgani va bizga qarindosh emasligi sababli. Iltimos, nima qilishim kerakligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman, chunki men xavotirdaman va vaqt tez o‘tib bormoqda. Rahmat.
  • Yashirin nikoh – botil nikohdir

    Agar er-xotin ,Biz Allohni guvoh qilib, bir-birimizni er-xotin sifatida qabul qildik. deb aytsa-yu, boshqa hech qanday guvoh bo‘lmasa, keyinchalik to‘y qilib, hammaga turmush qurganlarini aytsa, ular rasman nikohdan o‘tgan hisoblanadimi?