Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Fitr sadaqasi » Fitr zakotini pul bilan chiqarish
Fatvo: 22888

O'qildi: 16

17.03.2026

/ 28 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Fitr zakotini pul bilan chiqarish

Savol

Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sobit bo‘lganki, u zot musulmonlarga fitr zakotini bir so’ xurmo yoki bir so’ arpadan farz qildilar va uni hayit namoziga chiqishidan oldin ado etishga buyurdilar.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنهما قَالَ: «فَرَضَ رَسُولُ اللهِ ﷺ زَكَاةَ الْفِطْرِ، صَاعًا مِنْ تَمْرٍ أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ، عَلَى الْعَبْدِ وَالْحُرِّ، وَالذَّكَرِ وَالْأُنْثَى، وَالصَّغِيرِ وَالْكَبِيرِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ، وَأَمَرَ بِهَا أَنْ تُؤَدَّى قَبْلَ خُرُوجِ النَّاسِ إِلَى الصَّلَاةِ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini musulmonlardan qulga ham, hurga ham, erkakka ham, ayolga ham, kichikka ham, kattaga ham xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ deb farz qildilar va uning odamlar (iyd) namozga chiqishlaridan oldin ado etilishini buyurdilar» (Sahihi Buxoriy, 1503).

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رضي الله عنه قَالَ: «كُنَّا نُعْطِيهَا فِي زَمَانِ النَّبِيِّ ﷺ صَاعًا مِنْ طَعَامٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ زَبِيبٍ»

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida uning (ya’ni fitr sadaqasi) uchun yegulikdan bir so’ yo xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ yoki mayizdan bir so’ berar edik» (Sahihi Buxoriy, 1508; Sahihi Muslim, 985).

Ko‘pchilik ahli ilm bu hadisdagi taomni bug‘doy deb tafsir qilganlar. Boshqalar esa uni o‘lka ahli iste’mol qiladigan har qanday narsa, xoh bug‘doy bo‘lsin, xoh jo‘xori yoki boshqa narsa bo‘lsin, deb tafsir qilganlar. Bu to‘g‘ri fikrdir. Chunki zakot boylar tomonidan faqirlarga hamdardlikdir, musulmonga esa o‘z o‘lkasining ozuqasidan boshqa narsa bilan hamdardlik qilish vojib emas. Taomning qanday jinsdan boʻlishidan qat’i nazar, undan bir so’ berish vojibdir, bir so’ – to‘la ikki kaft bilan to‘rt hovuchdir va u vazn jihatidan taxminan uch kilogrammga yaqindir. Agar musulmon bir so’ guruch yoki o‘z o‘lkasining boshqa ozuqasidan chiqarsa, bu kifoya qiladi.

Uni chiqarishning eng avvalgi vaqti yigirma sakkizinchi kechadir, chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallamning sahobalari uni hayitdan bir yoki ikki kun oldin chiqarar edilar, oy esa yigirma to‘qqiz va o‘ttiz bo‘ladi.

Fitr zakotini chiqarishning oxirgi vaqti hayit namozidir. Ammo namozdan keyinga kechiktirish joiz emas.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: «فَرَضَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ زَكَاةَ الْفِطْرِ طُهْرَةً لِلصَّائِمِ مِنَ اللَّغْوِ وَالرَّفَثِ، وَطُعْمَةً لِلْمَسَاكِينِ، مَنْ أَدَّاهَا قَبْلَ الصَّلَاةِ، فَهِيَ زَكَاةٌ مَقْبُولَةٌ، وَمَنْ أَدَّاهَا بَعْدَ الصَّلَاةِ، فَهِيَ صَدَقَةٌ مِنَ الصَّدَقَاتِ»

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini ro‘zadorni behuda va uyatsiz gap-so‘zlardan poklash, miskinlarga taom o‘laroq farz qildilar. Kim uni (iyd) namozdan oldin ado qilsa, maqbul zakotdir. Kim uni namozdan keyin bersa, oddiy sadaqa bo‘lib qoladi» (Abu Dovud, 1609; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1609).

Jumhur ulamolar nazdida fitr sadaqasini pul bilan chiqarish joiz emas va bu dalil jihatidan eng sahihidir. Uni taomdan chiqarish vojibdir. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi va sallam, u zotning sahobalari roziyallohu anhum va ummatning jumhuri shunday qilganlar. Allohdan bizni va barcha musulmonlarni dinida faqih bo‘lishga va unda sobit turishga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Payg‘ambarimiz Muhammadga, uning oilasi va sahobalariga Allohning saloti va salomi bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Samahatli Shayx Ibn Boz rahimahulloh. «Majallatul buhusil islamiyya» 17-son. 79-80-sahifalar.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Fitr zakotini chiqarish vaqti

    Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?