Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?
Fatvo: 226377

O'qildi: 10

04.03.2026

/ 15 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

Savol

Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu e’tiqod oddiy xalq orasida tarqalgan xurofotlardan biri bo‘lib, uning Allohning dinida hech qanday asosi va shariat manbalarida birorta dalili yo‘q. Bu shunchaki bir to‘qima gap, omi xalqning uydirmalari va ixtirolaridandir.

Modomiki shunday ekan, musulmon kishiga bu so‘zlarni aytish ham, ularga ishonish, e’tiqod qilish ham joiz emas. Chunki jinlar olami g‘aybiy olam bo‘lib, biz u haqda faqat Qur’oni Karim va sahih Nabaviy sunnat manbalarida kelgan ma’lumotlarnigina bilamiz. Shar’iy manbalarda jinlar haqida zikr qilinmagan narsani tasdiqlash ham, unga e’tiqod qilish ham joiz emas.

Endi, faraz qilaylik, jinlar uyga kirib, yig‘ishtirilmagan joynamozda namoz o‘qishadi ham, deylik. Bunday holatda uni yig‘ishtirgandan ko‘ra yoyiq holda qoldirgan afzalroq bo‘lardi. Zero, u solih musulmon jin bo‘lib, uning uyda — shu joynamozda yoki boshqa joyda namoz o‘qishi ham o‘zi uchun, ham uy ahli uchun xayr va barakadir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirayotganda uy egasi Alloh taoloning ismini zikr qilmasa, bu uyga shayton kirishini bayon qilganlar. Bu haqda 77208-raqamli fatvoda batafsil soʻz yuritilgan.

Ehtimol, ba’zi ota-onalar yosh bolalarini tozalikka rioya qilish, uyni saranjom-sarishta tutish va shunga o‘xshash maqsadlarda namozdan so‘ng joynamozni yig‘ishtirishga odatlantirish uchun savolda zikr qilingan gaplarni aytishgandir.

Biroq bu nafaqat yolg‘on, balki boshqa bir yomon oqibatga ham olib keladi: bola shu botil e’tiqod bilan ulg‘ayadi va bu xurofot uning uchun aqidaning bir qismiga aylanib qoladi, Alloh asrasin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Parklarda namoz o‘qish hukmi

    Umumiy bog‘larda namoz o‘qish hukmi qanday? Ma’lumki, bu bog‘lar unda g‘alati hid tarqatadigan suv bilan sug‘oriladi. Men tushunishimcha, bu suvlar oqova suvlardan tozalangan yoki najas chuqurlardan sizib chiqadigan suvlar. Hay’at (diniy politsiya) odamlarni bu bog‘larda namoz o‘qishdan taqiqlaydimi? Iltimos, bu masalada to‘g‘ri yo‘lni tushuntirib bering.
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?
  • Juma kechalari Yosin surasini jamoat bo‘lib o‘qish

    Juma kechalari masjidda jamoat bo‘lib Yosin surasini o‘qish shariatda bormi?
  • Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?

    Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?