O'qildi: 12
13.12.2025
/ 22 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Qurʼonning fazilatlari
Savol
Men anchadan beri Islom ta’limotlariga ergashib kelyapman va hali ham o‘rganish jarayonidaman. Do‘stim menga duolar kitobini berdi. Kitobda men bilmaydigan ba’zi sura va oyatlarni o‘qish kerakligi aytilgan. Ular arabcha so‘zlardan iborat, lotin alifbosida yozilgan:
1. Alhamdu surasi
2. Innaa fatahna surasi
3. Daloilul xoyrot
4. Allohu-s-Somad (Bu Allohning go‘zal ismlaridan birimi? Uni 500 marta takrorlash kerakmi yoki bu faqat duoning nomimi?)
5. Amma yatasaa’a surasi
6. «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» kalimasi 100 marta.
Buning matnini va qaysi surada ekanligini aytib berishingizni so‘rayman. Chunki mendagi Qur’on ingliz tilida bo‘lib, 114 suraga bo‘lingan, 30 ta emas.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Siz so‘ragan suralarning mashhur nomlari va raqamlari quyidagicha:
So‘ng quyidagi narsalarga e’tiboringizni qaratmoqchiman:
Birinchidan: «Daloilul xoyrot» kitobida zaif va to‘qima hadislar, shuningdek, haqiqatga zid bo‘lgan unsurlar mavjud. Shu sababli, bu kitobga tayanish joiz emas (Fatvoda tanqid ostiga olingan «Daloilul xoyrot» kitobi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan va «Salovatlar gultoji – daloilul xayrot» sarlavhasi ostida nashr qilingan. Shuningdek, ushbu fatvodagi hukmlarni «Salovatlar gultoji» asari bilan birga «Muqaddas oylar va mustajob duolar» kitobiga ham tatbiq etish mumkin, ya’ni bu kabi kitoblarga tayanish joiz emas – tarj.).
Ikkinchidan: Qur’oni Karimning ingliz tilidagi yoki boshqa tillardagi tarjimasi Qur’on deyilmaydi va unga Qur’onning hukmi tatbiq etilmaydi, balki u «ma’nolar tarjimasi», sanaladi. Qur’on esa arab tilida nozil qilingan Allohning Kalomidir.
Uchinchidan: «Ahad» va «Somad» Allohning go‘zal va buyuk ismlaridandir.
To‘rtinchidan: «Qul huvallohu ahad» surasini 500 marta o‘qish yoki «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimiyn» oyatini 100 marta o‘qishga oid Qur’oni Karimda yoki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahih sunnatlarida ishonchli dalil sobit bo‘lmagan, shuning uchun bu «falon marta, 100 marta, 500 marta» degan raqamlarga rioya qilish joiz bo‘lmaydi. Aksincha, ushbu sura va oyat borasida sobit bo‘lgan sahih dalillarga amal qiling.
Ixlos surasining fazilati haqida quyidagilar vorid bo‘lgan:
Qatoda ibn Nu’mondan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida bir kishi saharda qoim bo‘lib, «Qul huvallohu ahad»ni o‘qir, unga (hech narsani) qo‘shimcha qilmas edi. Tong otgach, bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kelib, buni u zotga zikr qildi. O‘sha kishi buni oz sanayotgandek edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u Qur’onning uchdan biriga teng keladi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5014).
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalariga: «Birortangiz bir kechada Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizlik qiladimi?» dedilar. Bu ularga qiyin tuyuldi va: «Kimimiz ham buni qila olardik, ey Allohning Rasuli?» deyishdi. U zot: «Alloohul-vaahidus-somad – Qur’onning uchdan biridir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5015).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotganlarida ikki kaftlarini jamlab, ularga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin-nas»larni o‘qib, dam solib, badanlarining (qo‘llari) yetgan joyigacha silar edilar. Avval boshlari va yuzlaridan boshlardilar. Keyin badanlarining old tarafiga (o‘tardilar). Buni uch marta qilar edilar» (Sahihi Buxoriy, 5017).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishini bir sariyyaga bosh qilib yubordilar. U hamrohlariga namoz o‘qib berib, qiroatini «Qul huvallohu ahad» bilan tugatardi. Ular qaytishgach, buni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga aytishdi. U zot: «Undan so‘ranglar-chi, nega bunday qilar ekan?» dedilar. Undan so‘rashgan edi, «Chunki u Rahmonning sifatidir. Men uni o‘qishni yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Unga aytib qo‘yinglar, Alloh ham uni yaxshi ko‘radi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 7375).
Abdurahmon ibn Abzodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr namozida «Sabbihisma robbikal a’la», «Qul ya ayyuhal kafirun» va «Qul huvallohu ahad»ni o‘qir edilar. Vitrni tugatgach, uch marta: «Subhanal Malikil Quddus», deb, uchinchisida ushbu tasbehni cho‘zib aytar edilar» (Nasoiy, 1450; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Shu’ayb Arnautning «Zodul ma’od taxriji», 1024).
Uqba ibn Omirdan rivoyat qilinadi, u aytdi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqib qoldim… U zot menga: «Ey Uqba ibn Omir, senga shunday suralarni o‘rgataymi, Tavrotda ham, Zaburda ham, Injilda ham, Qur’onda ham ularga o‘xshash suralar nozil qilinmagan! Har kecha uxlashdan oldin – «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini albatta o‘qigin», dedilar. Uqba aytadi: «O‘shandan beri bu suralarni o‘qimasdan biror kecha ham o‘tkazmaganman. Ularni tark etishga haqqim yo‘q, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ularni o‘qishni amr etganlar» (Musnadi Ahmad, 17454; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Shuayb Arnaut taxriji», 17452).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bir kishining «Qul huvallohu ahad»ni o‘qiyotganini eshitib: «Vojib bo‘ldi», dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, nima vojib bo‘ldi?» deyishdi. U zot: «Unga jannat vojib bo‘ldi», dedilar. (Musnadi Ahmad, 8011; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Shuayb Arnaut taxriji», 8011).
Ixlos surasini oʻqish shariatda muayyan raqam, muayyan vaqt yoki muayyan uslub bilan kelmagan. Shuning uchun uni istagancha o‘qisangiz boʻlaveradi.
«LA ILAHA ILLA ANTA SUBHANAKA INNI KUNTU MINAZ ZOLIMIN» OYATI
Alloh taoloning Anbiyo surasidagi:
«Hech iloh yo‘q, magar O‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (o‘z jonimga) jabr qilguvchilardan bo‘lib qoldim» (Anbiyo: 87), oyatining fazilati haqida quyidagi dalillar kelgan:
Sa’ddan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Zun-Nun (Yunus) baliq qornida bo‘lib: «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» deb qilgan duosi, bu bilan biror musulmon kishi biror narsa haqida duo qilsa, Alloh unga ijobat qiladi» (Temiziy, 3505; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 3505).
Ibrohim ibn Muhammad ibn Sa’d otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilib aytadi: «Biz Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘tirgan edik, shunda u zot aytdilar: «Sizlarga shunday narsani aytaymi, agar sizlardan biringizga g‘am-tashvish yoki dunyoviy ofatlardan bir ofat kelsa, u bilan duo qilsa, uning g‘ami aritiladi?». U zotga: «Albatta», deyishdi. Shunda u zot aytdilar: «Bu Zun-Nunning duosidir: «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» (Mustadrok Hokim, 1864; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 2605).
Allohdan bizga, sizga va barcha musulmon birodarlarimizga foydali ilm va solih amal berishini so‘raymiz. Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yo‘llasin.
Bu javob foydali bo’ldimi?