Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Oxiratga iymon keltirish » Qiyomatdagi hisob kitob muddati
Fatvo: 2180

O'qildi: 128

06.12.2025

/ 15 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Qiyomatdagi hisob kitob muddati

Savol

Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shubhasiz, Alloh taolo qiyomat kuni haqida shunday degan:

﴿الْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ الْحَقُّ لِلرَّحْمَٰنِ ۚ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى الْكَافِرِينَ عَسِيرًا۝٢٦﴾

«O‘sha kunda haq-sobit podshohlik (yolg‘iz) Rahmon uchun bo‘lur. (Chunki boshqa barcha muvaqqat podshohliklar yo‘q bo‘lib bitur!) U (kun) kofirlarga ko‘p qiyin kun bo‘lur» (Furqon: 26).

O‘sha kunning mashaqqati kofirlarga nisbat berilishi, mo‘minlarning bunday ahvolda boʻlmasligiga ishora qiladi. Shuningdek, Alloh taoloning:

﴿فَذَٰلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ۝٩ عَلَى الْكَافِرِينَ غَيْرُ يَسِيرٍ۝١٠﴾

«Ana o‘sha Kun qiyin Kundir! Kofirlarga oson bo‘lmagan (Kundir) (Muddassir: 9-10-oyatlar).

Bu oyat ham, uning ma’nosiga ko’ra, qiyomat kuni mo‘minlar uchun oson boʻlishi, qiyin emasligiga dalolat qiladi.

Xuddi Alloh taoloning quyidagi oyati dalolat qilganidek:

﴿مُهْطِعِينَ إِلَى الدَّاعِ ۖ يَقُولُ الْكَافِرُونَ هَٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ۝٨﴾

«Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar «Bu og‘ir kundir», derlar» (Qamar: 8).

Bu esa Qiyomat kuni kofirlarga uzoq, mo‘minlarga qisqa tuyulishiga ishora qiladi. Alloh subhanahu va taolo O‘z Kitobida Qiyomat kunidagi hisob-kitobning qancha davom etishi haqida ma’lumot bergan.

Bu yana Alloh azza va jallaning ushbu oyatida isbotini topadi:

﴿أَصْحَابُ الْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ مُسْتَقَرًّا وَأَحْسَنُ مَقِيلًا۝٢٤﴾

«Jannat egalari esa u kunda eng yaxshi maskan va eng go‘zal zirohatgohlarda bo‘lurlar» (Furqon: 24).

Ushbu oyati karima hisob-kitob yarim kunda nihoyasiga yetishini ko‘rsatmoqda. Oyatdagi «maqiyl» so‘zi qaylula (tush paytidagi mizg‘ish) yoki issiq kunda tush vaqtida dam olinadigan joyni anglatadi. Ibn Abbos, Ibn Mas’ud, Ikrima va Ibn Jubayr kabi ulamolar ham hisob-kitob yarim kunda tugashini ta’kidlaganlar. Bu fikr Ibn Kasir va boshqa muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan bo‘lib, Shayx Amin Shinqitiyning «Daf’u iyhomul iztirob« asari, 172-sahifada ham keltirilgan. Qiyomat kunida mo‘min kishining hisob-kitobi oson bo‘lishining eng yorqin dalillaridan biri:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ: «يَوْمُ الْقِيَامَةِ كَقَدْرِ مَا بَيْنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qiyomat kuni peshin bilan asr orasidagi vaqt kabidir»  (Mustadrak Hokim, 283; Hadis hukmi: «sahih». Manba: « Sahihul Jome’», 8193).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

    Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?
  • Mahdiy haqiqatmi?

    Mahdiyning kelishi haqidagi hadis sahihmi yoki yo‘qmi? Do‘stlarimdan biri bu hadis sahih emas, zaif ekanligini aytgani uchun bu savolni beryapman.
  • Islom yetib bormagan kofirlarning qismati

    Islom haqida eshitmagan kofirlarning holi nima kechadi?
  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?
  • Alloh O‘z soyasida soyalantiradigan kishilar

    Qiyomat kuni quyosh yerga yaqinlashganida Alloh O‘z soyasida soyalantiradigan kishilar kimlar?