O'qildi: 14
Dekabr 6, 2025
/ 15 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Er-xotinlik hayoti » Tahoratni buzadigan narsalar
Savol
Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar erkak kishi ayolga bevosita teginsa, tahorat buziladimi yoki yo‘qmi? Bu masalada ulamolar o‘rtasida ixtilof bor. Eng to‘g‘ri fikr shuki, bu harakat shahvat bilan yoki shahvatsiz bo‘lishidan qat’i nazar, tahoratni buzmaydi. Bunga dalil shuki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ba’zi ayollarini o‘pganlaridan so‘ng qayta tahorat olmaganlar. Bundan tashqari, bu ko‘pchilikka daxldor masala bo‘lib, agar tahoratni buzadigan bo‘lsa edi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni albatta tushuntirib bergan bo‘lardilar. Alloh taoloning «Niso» va «Moida» suralaridagi:
«Yoki ayollarga teginsangiz» (Niso: 43) oyatiga kelsak, ahli ilmlarning eng to‘g‘ri qavliga ko‘ra, bundan murod jinsiy aloqadir.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?