O'qildi: 41
Dekabr 1, 2025
/ 10 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Tahorat
Savol
Erkakning avrati kindikdan tizzagacha bo‘ladi. Yalang‘och holda yoki tizzani yopmaydigan kalta ishton kiyib tahorat olishning hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Uning tahorati durust bo‘ladi, chunki avratining ochilishi va kalta ishton kiyishi tahoratning durust bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq, xotini yoki cho‘risidan (ya’ni o‘ziga tegishli bo‘lgan va unga yaqinlashish huquqiga ega bo‘lgan ayol) tashqari kishilar oldida avratini ochishi haromdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?