Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Kiyim-kechak, taqinchoqlar va rasmlar » Bezaklar » Qoshni terish va tekislash joizmi?
Fatvo: 2162

O'qildi: 175

30.11.2025

/ 9 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi: »

Qoshni terish va tekislash joizmi?

Savol

Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hozirgi kunda ba’zi ayollar qilayotganidek, qoshlarni qirqish, chetlarini tartibga solish, olish yoki go‘zallik uchun yulish haromdir. Chunki bu Alloh taoloning yaratganini o‘zgartirish va insonlarni aldab, Allohning yaratganini o‘zgartirishga buyuradigan shaytonga ergashishdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ آمِنُوا بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِمَا مَعَكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰ أَدْبَارِهَا أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّا أَصْحَابَ السَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ مَفْعُولًا۝٤٧ إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَنْ يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدِ افْتَرَىٰ إِثْمًا عَظِيمًا۝٤٨ أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنْفُسَهُمْ ۚ بَلِ اللَّهُ يُزَكِّي مَنْ يَشَاءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا۝٤٩ انْظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۖ وَكَفَىٰ بِهِ إِثْمًا مُبِينًا۝٥٠﴾

«Ey Kitob berilgan kimsalar, yuzlarni buzib teskarisiga aylantirib yuborishimizdan ilgari yoki ularni «Shanba egalarini» la’natlaganimizdek la’natlashimizdan (ya’ni, maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yishimizdan) ilgari sizlardagi narsa (Tavrot)ni tasdiqlagan holda nozil qilgan Kitobimiz (Qur’on)ga iymon keltiringiz. Allohning amr-farmoni shubhasiz, ado qilingusidir. Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechirur. Kim Allohga (biror kimsa yoki narsani) sherik keltirsa, bas, u buyuk gunohni to‘qib chiqaribdi. (Ey Muhammad), o‘zlarini pok qilib ko‘rsatayotganlarni ko‘rmadingizmi? Yo‘q! Faqat Alloh O‘zi xohlagan zotlarni poklaguvsidir. Va ularga qilchalik zulm qilinmas. Ularning («Biz Allohning suyukli bolalarimiz», deb) Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiyotganlarini ko‘ring. Mana shuning o‘zi yetarli ochiq gunohdir» (Niso: 47-50).

Sahih hadisda shunday keladi:

عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: «لَعَنَ اللهُ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ، وَالنَّامِصَاتِ وَالْمُتَنَمِّصَاتِ، وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ، الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللهِ. قَالَ: فَبَلَغَ ذَلِكَ امْرَأَةً مِنْ بَنِي أَسَدٍ يُقَالُ لَهَا أُمُّ يَعْقُوبَ، وَكَانَتْ تَقْرَأُ الْقُرْآنَ، فَأَتَتْهُ فَقَالَتْ: مَا حَدِيثٌ بَلَغَنِي عَنْكَ، أَنَّكَ لَعَنْتَ الْوَاشِمَاتِ وَالْمُسْتَوْشِمَاتِ، وَالْمُتَنَمِّصَاتِ، وَالْمُتَفَلِّجَاتِ لِلْحُسْنِ، الْمُغَيِّرَاتِ خَلْقَ اللهِ؟ فَقَالَ عَبْدُ اللهِ: وَمَا لِي لَا أَلْعَنُ مَنْ لَعَنَ رَسُولُ اللهِ ﷺ وَهُوَ فِي كِتَابِ اللهِ. فَقَالَتِ الْمَرْأَةُ: لَقَدْ قَرَأْتُ مَا بَيْنَ لَوْحَيِ الْمُصْحَفِ فَمَا وَجَدْتُهُ! فَقَالَ: لَئِنْ كُنْتِ قَرَأْتِيهِ لَقَدْ وَجَدْتِيهِ، قَالَ اللهُ ﷿: ﴿وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا﴾».

Alqamadan rivoyat qilinadi: «Abdulloh shunday dedi: «Alloh vashm qiluvchilarni, vashm qildiruvchilarni, qosh teruvchilarni, qosh terdiruvchilarni, husn uchun tishning orasini ochuvchilarni va Allohning yaratganini o‘zgartiruvchilarni la’natlasin». Bu gap Banu Asadlik, Qur’onni ko‘p o‘qiydigan Ummu Ya’qub degan ayolga yetib kelgan edi, u borib, «Vashm qiluvchilarni, vashm qildiruvchilarni, qosh terdiruvchilarni va husn uchun tishning orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartuvchilarni la’natlaganing haqida menga yetib kelgan gap nima edi?» dedi. Shunda Abdulloh: «Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan kimsani la’natlamas ekanman? Axir bu Allohning Kitobida bor-ku!» dedi. «Men mus’hafni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim, lekin buni ko‘rmadim ku?» dedi ayol. «Agar uni (tadabbur bilan) o‘qisang, topgan bo‘lar eding. Alloh taolo: «Rasul sizga nimani bersa oling, nimadan qaytarsa, qayting» (Hashr: 7). degan», dedi u» (Sahihi Muslim, 2125).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Tovus patlari bilan xonani bezash

    Tovus patidan foydalanishning hukmi nima va tovus patidan bezak sifatida foydalanilgan xonada namoz o‘qishning hukmi qanday?
  • Ayollar uchun ko‘rsatkich barmoq va bosh barmoqqa uzuk taqishning hukmi

    Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Xatna qilinmagan erkakning imom boʻlishi

    Agar erkak yoki ayol o‘ttiz yoshda yoki undan katta yoki kichik yoshda Islomni qabul qilsa, ular xatna qilishlari shartmi va xatna qilinmagan erkak namozda imomlik qilishi joizmi?
  • Erkaklarning taqinchoq taqishi hukmi

    Erkaklar zanjir, bilakuzuk yoki zirak taqishlari joizmi? Ba’zi odamlar johiliyat davrida Quraysh qabilasi shunday qilganlari uchun bu ishni joizligini aytishmoqda.