Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bandaning burchlari » Islomga qarshi kurashuvchi sayt
Fatvo: 216

O'qildi: 148

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » » » »

Islomga qarshi kurashuvchi sayt

Savol

Men internetda Islomga qarshi kurashuvchi bir saytga duch keldim. Uning manzili… Unga qarshi qanday chora koʻrsak boʻladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savol bergan singlim,
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh. 

Men aytilgan saytning baʼzi sahifalarini koʻrib chiqdim va haqiqatdan ham Islom diniga boʻlgan nafratni, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni masxara qilishlarini, boʻhtonlarni va haqiqatlarni buzib koʻrsatayotganiga guvoh boʻldim. Lekin, Alloh taolo aytganidek:

﴿يُرِيدُونَ لِيُطۡفِـُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَٰفِرُونَ

«Ular Allohning nurini (yaʼni, Islomni) ogʻizlari (yaʼni, behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʻz nurini (yaʼni, dinini) toʻla (yaʼni, har tarafga) yoyguvchidir» (Soff: 61).

Men u sahifaning nomini musulmonlar kiradigan birorta islomiy sahifada eʼlon qilinishi hikmatdan deb hisoblamayman, toki ularning xabarini tarqatmaylik va bilvosita ularga daʼvat qilib qoʻymaylik. Mening fikrimcha, imkoni bor odam yuqoridagi va boshqa oyatlarning tarjimasini, masalan, Alloh taoloning ushbu soʻzlarini ularga yuborib qoʻysin:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيۡهِمۡ حَسۡرَةٗ ثُمَّ يُغۡلَبُونَۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحۡشَرُونَ٣٦ لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلۡخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ

«Albatta, kofir boʻlgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar. Kofir boʻlgan kimsalar jahannamga toʻplanurlar. Alloh nopokni pokdan (kofirni moʻmindan) ajratishi uchun (toʻplanurlar)…» (Anfol: 36-37).

Ularga javob berish va ularni gʻazablantirish uchun shu kabi oyatlarni yuborish kifoya. Albatta, bu bandani Allohga yaqinlashtiradigan ibodatlar sarasidandir. Alloh azza va jalla moʻminlar haqida xabar berganidek:

﴿ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوۡطِئٗا يَغِيظُ ٱلۡكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنۡ عَدُوّٖ نَّيۡلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٞ صَٰلِحٌۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ ١٢٠﴾

«… Va kofirlarni gʻazablantiradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta ular uchun bu ishlari sababli, yaxshi amal yozilur. Zotan, Alloh yaxshilik qilguvchilarning amallarini zoye qilmas» (Tavba: 120).

Shuni bilishimiz kerakki, Islomdan nafratlanuvchilar yetarlicha boʻlib, ularning barchasiga, ayniqsa arzimas shubhalarga javob berish – oxiriga yetib boʻlmaydigan ishdir. Shoir aytganidek:
«Hurigan har itga otar boʻlsam tosh,
Togʻ dinorga aylanar berolmay bardosh».

Soʻzimning oxirida Allohdan sizning dinga boʻlgan gʻayurligingiz uchun ajr berishini, sizni Oʻz hifz-u himoyasida saqlashini va qoʻllab-quvvatlashini soʻrayman.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qazo namozlar haqida

    Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?