Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Tibbiyot va davolanish » Homiladan foydalanib a’zolarni koʻchirib oʻtkazish joizmi?
Fatvo: 2159

O'qildi: 215

30.11.2025

/ 9 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Homiladan foydalanib a’zolarni koʻchirib oʻtkazish joizmi?

Savol

Tibbiyotning ayrim sohalarida abort qilingan homilalarning a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish uchun ishlatish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu masalada shariat hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bugungi kunda dunyoda «homila savdosi» deb ataluvchi tijorat mavjud bo‘lib, unda ba’zi shifokorlar homilani qasddan tushirishda ishtirok etadilar.

Bu amaliyotda homilaning a’zolari yoki hujayralaridan foydalaniladi va ulardan tayyorlangan inyeksiyalar boy-badavlat keksalar va boshqalarga foyda keltiradi deb ta’kidlanadi.

Bu katta jinoyatlardan bo‘lib, unda begunoh jonlarga zulm qilish va pul uchun qasddan o‘ldirish kabi harakatlar bor. Bu esa katta zulm hamda adolatsizlik hisoblanadi va uning hukmi kundek ravshandir.

Homilaning a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ishlatilishi haqida Islom Fiqhi Akademiyasi quyidagicha fatvo chiqargan:

Birinchidan: Quyidagi holatlar va shartlardan tashqari, homilalardan boshqa shaxsga ko‘chirib o‘tkazish uchun a’zolar manbai sifatida foydalanish joiz emas:

  1. Boshqa insonga a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish maqsadida homilani abort qilish joiz emas. Aksincha, abort faqat tabiiy (qasdsiz) hollarda yoki shar’iy uzr mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Homilani olib tashlash uchun jarrohlik operatsiyasiga faqat onaning hayotini qutqarish zarur bo‘lgandagina murojaat qilinadi.
  2. Agar homila hayot kechira oladigan bo‘lsa, tibbiy muolajalar uning hayotini saqlab qolishga va uni himoya qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak, undan a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishda foydalanmaslik lozim. Agar homila yashashga qodir bo‘lmasa, undan faqat o‘limidan so‘ng shariat shartlariga muvofiq foydalanish mumkin.

Ikkinchidan: A’zolarni ko‘chirib o‘tkazish jarayonlari hech qanday tijorat maqsadlarini ko‘zlamasligi kerak.

Uchinchidan: A’zolarni ko‘chirib o‘tkazish jarayonlarini maxsus ishonchli tashkilot nazorat qilishi lozim.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Qon topshirish hukmi

    Birovga qon berish (donorlik qilish) hukmi qanday?
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Davolanish va bemorning ruxsatini olish hukmi

    Islomda davolanishning hukmi qanday, ayniqsa o‘limga olib boruvchi kasalliklarda? Davolashni boshlashdan oldin bemorning roziligini olish zarurmi, ayniqsa favqulodda vaziyatlarda?
  • Jinsiy a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish

    Yaqinda vafot etgan shaxsdan moyaklarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi haqidagi shar’iy hukm qanday, ayniqsa bu amaliyot bepushtlikdan aziyat chekayotgan insonlar uchun yechim bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda?