Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Tibbiyot va davolanish » Davolanish va bemorning ruxsatini olish hukmi
Fatvo: 2148

O'qildi: 89

29.11.2025

/ 8 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Davolanish va bemorning ruxsatini olish hukmi

Savol

Islomda davolanishning hukmi qanday, ayniqsa o‘limga olib boruvchi kasalliklarda? Davolashni boshlashdan oldin bemorning roziligini olish zarurmi, ayniqsa favqulodda vaziyatlarda?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom fiqhi akademiyasining 1412-hijriy yili Jiddada bo‘lib o‘tgan yettinchi konferensiyasi qarorida quyidagilar keltirilgan:

«Birinchidan: Davolanish: Davolanishning asl hukmi shuki, u mashru’dir (shariatga asoslangan), chunki Qur’onda ham, og‘zaki va amaliy sunnatda ham bunga dalillar bor. U shariatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan «hifzun nafs», yan’ni jonni saqlashni o‘z ichiga oladi. Davolanishning hukmi vaziyat va shaxslarga qarab turlicha bo‘ladi:

  • Agar davolanishdan bosh tortish insonning hayoti yoki biror a’zosining yo‘qolishiga, nogironlikka olib kelsa, yoki kasallikning zarari boshqalarga tarqalishi mumkin bo‘lsa, masalan, yuqumli kasalliklarda, bunday holda davolanish vojib bo‘ladi.
  • Agar davolanishni rad etish tananing zaiflashishiga olib kelsa-yu, ammo birinchi holatdagi oqibatlarga sabab bo‘lmasa, davolanish mandub (tavsiya etilgan) bo‘ladi.
  • Agar avvalgi ikki holatga to‘g‘ri kelmasa, davolanish muboh bo‘ladi.
  • Agar davolanish bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan kasallikdan ko‘ra og‘irroq asoratlarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bo‘lsa, bunday davolanish makruh bo‘ladi.

Ikkinchidan: Tuzalishidan umid boʻlmagan kasallikni davolash:

  1. Musulmonning e’tiqodiga ko‘ra, kasallik va shifo Alloh azza va jallaning qo‘lida, davolash va muolaja esa Alloh taolo koinotga joylashtirgan vositalarni qo‘llashdir. Alloh taoloning rahmatidan umidni uzish, tushkunlikka tushish joiz emas, aksincha Alloh taoloning izni bilan shifo topishga umid bog‘lash lozim. Shifokorlar va bemorning qarindoshlari bemorning ruhini ko‘tarishlari, unga g‘amxo‘rlik qilishga intilishlari, sog‘ayib ketish ehtimolidan qat’i nazar, uning ruhiy va jismoniy azoblarini yengillashtirishga harakat qilishlari kerak.
  2. Kasallikni davolashda umidsiz holat deb hisoblanadigan vaziyat shifokorlarning baholari, har bir davr va joyda mavjud bo‘lgan tibbiy imkoniyatlar hamda bemorning ahvoliga qarab belgilanadi.

Uchinchidan: Bemorning ruxsati:

  1. Agar bemor to‘liq layoqatga ega bo‘lsa, davolanish uchun uning roziligi talab etiladi. Agar bemor layoqatsiz yoki huquqlari cheklangan bo‘lsa, uning vasiysining ruxsati shar’iy vasiylik tartibiga muvofiq va vasiyning tasarrufini bemorga foyda keltiradigan hamda zarardan himoya qiladigan harakatlar bilan cheklovchi shariat hukmlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Agar vasiyning rad etishi bemorga aniq zarar keltirsa, uning qarori inobatga olinmaydi va bu huquq boshqa vasiylarga, keyin esa musulmon hukmdoriga o‘tadi.
  2. Hukmdor ayrim hollarda, masalan, yuqumli kasalliklar va profilaktik emlashlar paytida davolanishni majburiy qilish huquqiga ega.
  3. Jabrlanuvchining hayoti xavf ostida bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda davolanish uchun ruxsat talab qilinmaydi.
  4. Tibbiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun majburlash (masalan, mahbuslar) yoki moddiy rag‘batlantirish (masalan, kambag‘allar) kabi ta’sirlardan xoli bo‘lgan, to‘liq layoqatga ega shaxsning roziligi zarur. Bu tadqiqotlarni o‘tkazish natijasida hech qanday zarar yetmasligi kerak. Muomalaga layoqatsiz yoki huquqlari cheklangan shaxslar ustida, hatto vasiylarining roziligi bilan ham tibbiy tadqiqotlar o‘tkazishga ruxsat berilmaydi»

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Qon topshirish hukmi

    Birovga qon berish (donorlik qilish) hukmi qanday?
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Homiladan foydalanib a’zolarni koʻchirib oʻtkazish joizmi?

    Tibbiyotning ayrim sohalarida abort qilingan homilalarning a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish uchun ishlatish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu masalada shariat hukmi qanday?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Jinsiy a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish

    Yaqinda vafot etgan shaxsdan moyaklarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi haqidagi shar’iy hukm qanday, ayniqsa bu amaliyot bepushtlikdan aziyat chekayotgan insonlar uchun yechim bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda?