Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Ijara » Ishxona qoidalari » Xususiy va davlat sektorlaridagi ish oʻrinlari
Fatvo: 213

O'qildi: 787

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Xususiy va davlat sektorlaridagi ish oʻrinlari

Savol

Islomiy meʼyorlarga mos keladigan ishni topish baʼzan qiyin boʻladi. Davlat tashkilotida ishlash har doim notoʻgʻri boʻladimi? Menimcha, bu tijorat ishidan iborat boʻlgan koʻpgina xususiy sektorlarga kirishdan afzalroq. Eng kamida, davlat ishi sudxoʻrlik bitim va muomalalar atrofida aylanadigan ishlardan afzalroq boʻlib qoladi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz aytgan gap toʻgʻri boʻlishi mumkin: odatda riboviy ishlar davlat sektoriga qaraganda, xususiy tijorat sektorida koʻproq uchraydi. Lekin, bu borada qatʼiy bir qoida qoʻyish mumkin deb oʻylamayman. Shuning uchun, aytamizki: modomiki ish halol boʻlsa, musulmon kishi har qanday sektorda ishlashi mumkin. Endi, ish haromdan iborat boʻlsa, hyech qanday sektorda ishlashi joiz emas.

﴿وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا (2) وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ﴾

“Kim Allohdan qoʻrqsa, U zot uning uchun (barcha gʻam-kulfatlardan) chiqar yoʻlni (paydo) qilur. Va uni oʻzi oʻylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) Oʻzi unga yetarlidir. Albatta Alloh Oʻzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yoʻqdir). Darhaqiqat, Alloh barcha narsa uchun miqdor-oʻlchov qilib qoʻygandir (yaʼni, hayotda roʻy beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolgʻiz Alloh xohlagan — belgilagan vaqt va oʻlchovda roʻy beradi)” (Taloq: 2-3).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Xodimning xatolari uchun ish haqini ushlab qolish

    Biz xodimlarining xatolari uchun ularning ish haqidan bir-ikki kunlik miqdorni ushlab qoladigan shirkatda ishlaymiz. Bu jarimalar biror aniq qonunga asoslanmagan, balki bevosita rahbarning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo juda arzimas xatolar uchun ham ish haqimizdan ushlab qolinishi bizni qattiq ranjitadi. Bizdan nohaq ushlab qolingan mablag‘ miqdoricha ish vaqtida shaxsiy ishlarimiz bilan shug‘ullansak to‘g‘ri bo‘ladimi? Bizning og‘ir mehnatimizdan shu yo‘l bilan foyda olishga ularning haqqi bormi? Holbuki, mehnat shartnomasida bu masala kelishilmagan edi.
  • Kompaniya nomi bitilgan mahsulotlarni oʻzlashtirish

    Men va ba’zi do‘stlarimiz ishlaydigan kompaniyadan bepul reklama namunalarini (masalan, futbolkalar, qalamlar va hokazo) olishimiz shariatta ruxsat etilganmi (halolmi) yoki yo‘qligini bilmoqchiman.
  • Oxiratni niyat qilmay faqat maosh uchun ishlash qoralanadimi?

    Yigirma yildan ortiq davlat xizmatida ishlab kelayotgan xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, o‘zini yaxshi tutadi. Buni u boshliqlariga va rahbariga ma’qul bo‘lish, maoshini to‘liq olish va lavozimda ko‘tarilish uchun qiladi. Bularning barchasi faqat shu maqsadlar bilan chegaralanib, Alloh rizoligi uchun qilinmaydi. Biroq bu xodim Allohga ibodat qiladi, ish vaqtidan tashqarida solih amallarini Alloh taolo uchun xolis qiladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi, sadaqa beradi, zakotini chiqaradi, haj qiladi, Qur’on tilovat qiladi, tafsir o‘qiydi hamda Alloh taolo uchun barcha solih amallarda Uning shariatiga muvofiq xolis amal qiladi. Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Bu odamning ish vaqtidagi holati haqida nima deysiz? Bu joizmi, shirkmi yoki buning boshqa bir hukmi bormi? Iltimos, bizga maslahat bering: u nima qilishi kerak va o‘tgan yillardagi ishining gunohlari uchun javobgar bo‘ladimi? Alloh sizni o‘z panohida asrasin va muhofaza qilsin.
  • Adolatsiz ovoz berish tizimi

    Islomda mutanosib vakillik ruxsat etilganmi yoki yo‘qmi? Vaziyat quyidagicha: aytaylik, 10 ta musulmon tashkiloti (har birining a’zolar soni turlicha) oralaridagi islomiy ishlarni muvofiqlashtirish uchun bitta umumiy tashkilot tuzish maqsadida birlashmoqda. Tashkilotlarni a’zolar soniga qarab toifalarga ajratish joizmi? Ya’ni, agar bir tashkilotda 1-100 a’zo bo‘lsa, ular bitta ovoz oladi, 101-200 a’zo bo‘lsa ikki ovoz oladi va hokazo. Bu tartib Islom shariatida joizmi?