Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Gʻusl » Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?
Fatvo: 2121

O'qildi: 251

24.11.2025

/ 3 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi: »

Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?

Savol

Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hayz ko‘rgan ayolga jinsiy aloqadan keyin g‘usl qilish vojib emas, chunki uning hadasi (nopokligi) qon oqib turgan muddatda davom etadi. Uning hadasi faqat qon to‘xtagandan so‘ng g‘usl qilish bilan ko‘tariladi.

Ammo bu yerda boshqa muammo bor. Ayolning eri hayz davrida u bilan farjida (jinsiy a’zosida) jinsiy aloqa qilishi joiz emas. Alloh taolo marhamat qiladi:

﴿وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ﴾

«Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting: «U ko‘ngilsiz-nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz!» (Baqara: 222).

Shunga qaramay, erining ayolidan boshqa narsalar bilan lazzatlanishi mumkin. Bunga quyidagi hadis dalil boʻladi:

عَنْ أَنَسٍ: «أَنَّ الْيَهُودَ كَانُوا إِذَا حَاضَتِ الْمَرْأَةُ فِيهِمْ لَمْ يُؤَاكِلُوهَا وَلَمْ يُجَامِعُوهُنَّ فِي الْبُيُوتِ، فَسَأَلَ أَصْحَابُ النَّبِيِّ النَّبِيَّ ﷺ، فَأَنْزَلَ اللهُ تَعَالَى: ﴿وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ﴾ إِلَى آخِرِ الْآيَةِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ : اصْنَعُوا كُلَّ شَيْءٍ إِلَّا النِّكَاحَ، فَبَلَغَ ذَلِكَ الْيَهُودَ، فَقَالُوا: مَا يُرِيدُ هَذَا الرَّجُلُ أَنْ يَدَعَ مِنْ أَمْرِنَا شَيْئًا إِلَّا خَالَفَنَا فِيهِ، فَجَاءَ أُسَيْدُ بْنُ حُضَيْرٍ وَعَبَّادُ بْنُ بِشْرٍ فَقَالَا: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ الْيَهُودَ تَقُولُ: كَذَا وَكَذَا، فَلَا نُجَامِعُهُنَّ، فَتَغَيَّرَ وَجْهُ رَسُولِ اللهِ حَتَّى ظَنَنَّا أَنْ قَدْ وَجَدَ عَلَيْهِمَا، فَخَرَجَا فَاسْتَقْبَلَهُمَا هَدِيَّةٌ مِنْ لَبَنٍ إِلَى النَّبِيِّ ﷺ، فَأَرْسَلَ فِي آثَارِهِمَا فَسَقَاهُمَا، فَعَرَفَا أَنْ لَمْ يَجِدْ عَلَيْهِمَا».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yahudiylar ayol kishi hayz ko‘rsa, u bilan birga taom yeyishmas, ular bilan bir uyda bo‘lishmas edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari u zotdan (bu haqda) so‘rashdi. Shunda Alloh taolo «Sendan hayz haqida so‘rarlar. «U aziyatdir. Hayz paytida ayollardan chetda bo‘linglar. Pok bo‘lmagunlaricha ularga yaqinlik qilmanglar. Pok bo‘lsalar, ularga Alloh buyurgan tomondan kelinglar», degin» (oyati)ni (Baqara surasi, 222-oyat) nozil qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qovushishdan boshqa hamma narsani qilavering­lar», dedilar. Bu gap yahudiylarga yetib borgan edi, ular: «Bu odam ishlarimizdan birortasini qoldirmay bizga xilof qilishni istaydi-ya!» deyishdi. Keyin Usayd ibn Huzayr bilan Abbod ibn Bishr kelib, «Ey Allohning Rasuli, yahudiylar unday bunday deyishyapti, ular (ayollar) bilan birga bo‘lmaylikmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari o‘zgarib ketdi, hatto ikkovidan achchiqlandilar, deb o‘yladik. Ular chiqib ketishdi. Ularning ketidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadyaga sut kelib qoldi. U zot ularning ortlaridan odam yuborib, ikkovlariga ichirdilar. Shunda ular u zotning ulardan achchiqlanmaganlarini bilishdi» (Sahihi Muslim, 302).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Yaqinlikdan keyin sochni yuvish shartmi?

    G‘usl durust bo‘lishi uchun er-xotinlik aloqalaridan keyin sochni yuvish shartmi?
  • Hayzli ayol qachon roʻza tutadi?

    Oylik odatim 7-8 kungacha davom etadi. Baʼzida yettinchi kuni qon koʻrmayman, lekin poklik alomati – oqlik ham kelmaydi. Bu holatda namoz, roʻza va er-xotinlik aloqalarining hukmi qanday?
  • Nifosli ayol koʻchaga chiqishi joizmi?

    Bizning diyorda ayollar tug‘ruqdan so‘ng 40 kun uyda qolish odati bor. Bu odat haqida ko‘p odamlardan so‘radim. Ammo ularning aksariyati bu sunnatdanmi yoki yo‘qmi bilishmaydi. Agar sunnatdan bo‘lsa, shu odatga amal qilmoqchiman (hozir homiladorligimning to‘qqizinchi oyidaman va bu to‘rtinchi homiladorligim). Biroq, ba’zilar menga bu urfning bid’at ekanligini va undan saqlanish ma’qulligini aytishdi. Shu sababli, Allohning izni bilan, bu mavzuni menga tushuntirib berishingizni so‘rayman. Men bu mavzuni olti yildan beri o‘rganmoqdaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

    Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?