Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Musulmonga xayrixohlik va kofirdan yuz oʻgirish » Kofirlardan xayriya ish uchun xayr-ehson soʻrash hukmi
Fatvo: 212

O'qildi: 646

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Kofirlardan xayriya ish uchun xayr-ehson soʻrash hukmi

Savol

Musulmon kishi xayriya loyihalari uchun musulmon boʻlmagan odamlardan xayr-ehsonlar qabul qilishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar bunda musulmonlarning shu sababli oʻz dinlaridan biror narsani tark etishlari yoki bu xayriyani qabul qilishi xor boʻlishlari kabi xatarli holat boʻlmasa, musulmon boʻlmaganlardan xayriya qabul qilishi joizdir. 

Imom Buxoriy rahimahulloh oʻzining «Sahih»ida «Mushriklardan hadya qabul qilish» deya bob ochib, unda buning joiz ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislarni keltirgan. Hofiz Ibn Hajar bu bobning sharhida shunday deydi: «Bu mavzuda Iyoz ibn Himorning hadisi mavjud boʻlib, bu hadisni Ab-u Dovud va Termiziy Iyozdan rivoyat qilganlar. Iyoz aytadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tuya hadya qildim. U zot: «Islomni qabul qildingmi?» dedi. Men: «Yoʻq», dedim. U zot: «Men mushriklarning «zabd»idan (yaʼni ularning sovgʻa va hadyalarini) qabul qilishdan qaytarilganman», dedilar»… Keyin Hofiz Ibn Hajar rahimahulloh baʼzi ahli ilmlardan kofirlardan hadya qabul qilish va qilmaslik haqida kelgan hadislarni qanday jamlash haqida aytgan soʻzlarini naql qilib aytadi: «Qabul qilmaslik haqida kelgan xabarlar hadyasi bilan musulmonni oʻziga jalb qilish(yaʼni doʻst tutishni) xohlovchi kimsa haqidadir. Qabul qilish haqida kelgan xabarlar esa, hadya orqali (yaʼni uning hadyasini qabul qilish orqali) unga ulfatlik qilib va uni Islomga jalb qilishni maqsad qilgan kishi haqidadir».

Kofirlarning sovgʻa va xayriyalarini ulardan soʻramasdan qabul qilishning zarari yoʻq va bu pulni turli islomiy loyihalar va xarajatlarga sarflash joizdir. Ammo, kofirlardan xayriya soʻrashning baʼzi xatarli taraflari bor, masalan: ularning yonida xokisorlik va agar ular bersalar, soʻrovchining qalbini egallab olishlari kabi. Yuqoridagi xatarlardan xoli boʻlsa, zarari yoʻq. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Makkadalik vaqtlarida daʼvat ishlarida amakisi Ab-u Tolib va boshqa ayrim mushriklardan (ularga xokisor boʻlmagan holda) yordamlarini qabul qilganlar. Kofirlar oldida xor boʻlish xatarini xayriyalar uchun maxsus qutilar oʻrnatish bilan, shuningdek, bank hisob raqamlari koʻrsatilgan eʼlonlar orqali bartaraf qilsa boʻladi. 

Alloh taolo bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Kofirlarni do‘st tutish hukmi

    Hurmatli shayximiz, mening sizga savolim: musulmonlar kofirlar bilan bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishlari joizmi? Mening muammom shuki, men musulmonlar kam bo‘lgan mamlakatda yashayapman va musulmon bo‘lmagan do‘stlarim yaxshi odamlar, biroq ular shirk qiladilar. Agar men g‘ayridinlar bilan do‘stlashsam, ular qanday qilib haqni tanib, Islomni qabul qilishlari mumkin? Boshqa tomondan, agar ular Islomga qiziqishmasa, ular bilan munosabatimni davom ettirishim mumkinmi?
  • Musulmonlar Falastinda tinch yashasalar boʻlmaydimi?!

    Men isloh umidida gapiryapman. Muqaddas Kitobga (Injilga) ko‘ra, Isroil degan davlat yo‘q, faqat Falastin bor, ham arab, ham yahudiy xalqlari Ibrohim alayhissalomning naslidandir. Aslida ular birodardirlar. Shunday ekan, nega ular Falastin deb ataluvchi yurtda uyg‘unlikda, ahil-inoq yashay olmaydilar?
  • U Islomni qabul qilmoqchi, ammo bu xabar onasining sog‘lig‘iga ta’sir qilishidan xavotirda

    Men musulmon emasman, lekin bu dinni hurmat qilaman va unga ishonaman. Garchi g‘ayridinlar kofir deb qaralsalar-da, men Allohga iymon keltiraman. Ammo oʻz dinimni o‘zgartira olmayman, chunki onamning sog‘lig‘i yaxshi emas va u yolg‘iz qizini yo‘qotishga chiday olmasligi mumkin. Men bir musulmon yigitni sevaman va biz turmush qurmoqchimiz. Men chin qalbimdan va’da berdimki, agar biz turmush qursak va farzandlarimiz bo‘lsa, ular Islom diniga ergashadilar. Men Islomga kirmay turib, oʻz dinimni o‘zgartirmasdan turmush qurishimiz joiz bo‘ladimi? Shuningdek, bu mavzu bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olishim mumkin bo‘lgan manbalarni tavsiya qilsangiz, minnatdor bo‘lardim.
  • Musulmonlarning dahriylarning oxiratdagi taqdiri haqidagi e’tiqodi

    Men oʻqishim doirasida Islom dinini oʻrganmoqdaman va islomning ateistlarga boʻlgan munosabati haqida qiziqyapman. Musulmonlar ateistlarning oqibati jahannamda boʻladi deb hisoblaydilarmi?