Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Tibbiyot va davolanish » A’zolarni transplantatsiya qilish (ko‘chirib o‘tkazish) hukmi
Fatvo: 2117

O'qildi: 163

24.11.2025

/ 3 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

A’zolarni transplantatsiya qilish (ko‘chirib o‘tkazish) hukmi

Savol

Islomda insonning tana a’zolarini xayriya qilishi yoki xayriya qilingan a’zolarni qabul qilish joizmi? Men Qur’oni Karimda transplantatsiya qilish (bir insonning tana a’zolarini boshqasifa ko‘chirib o‘tkazish) haqida aniq taqiqni uchratmadim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu mavzu Islom fiqhi akademiyasi tomonidan keng o‘rganilgan bo‘lib, quyidagi hukmlar bayon qilingan:

Birinchidan, Inson tanasining bir joyidan boshqa bir joyiga a’zoni ko‘chirib o‘tkazish joizdir, bunda ushbu amaliyotdan kutilayotgan foyda undan kelib chiqadigan zarardan ustun ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Maqsad — yo‘qolgan a’zoni yoki uning funksiyasini tiklash, nuqsonni tuzatish yoki ruhiy-jismoniy azob berayotgan xunuklikni yo‘qotish bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan, bir insondan boshqa insonga a’zo ko‘chirib o‘tkazish joizdir, agar u qon, teri kabi o‘z-o‘zidan qayta tiklanadigan a’zolardan biri bo‘lsa. Bunda donor to‘liq layoqatli bo‘lishi va shar’iy shartlarga amal qilinishi lozim.

Uchinchidan, kasallik tufayli tanadan olib tashlangan a’zodan foydalanish joiz, masalan, kasallik tufayli olib tashlangan ko‘zning shox pardasini boshqa inson uchun ishlatish.

To’rtinchidan, yashash uchun zarur a’zolarni (masalan, yurakni) tirik insondan boshqa insonga ko‘chirish haromdir.

Beshinchidan, tirik insonning hayotidagi asosiy vazifani ishdan chiqaradigan a’zosini ko‘chirib o‘tkazish haromdir, garchi hayotning haqiqiy salomatligi bunga bog‘liq bo‘lmasa-da. Masalan, ikkala ko‘zning shox pardasini ko‘chirib o‘tkazish holati kabi, agar ko‘chirib o‘tkazish asosiy vazifaning bir qismiga zarar yetkazsa, bu sakkizinchi bandda ta’kidlanganidek, tadqiqot va muhokama mavzusiga aylanadi.

Oltinchidan, marhumdan tirik insonga a’zo ko‘chirish joizdir, agar tirik insonning hayoti yoki asosiy funksiyasi shu a’zoga bog‘liq bo‘lsa. Sharti — marhumning o‘zi yoki merosxo‘rlari ruxsat bergan bo‘lishi yoki musulmon hukmdorning izni bo‘lishi.

Yettinchidan, a’zolarni sotish qat’iyan harom. Faqatgina zarurat bo‘lsa, donor tomondan sarflangan mablag‘ni qoplash yoki hurmat sifatida mukofot berish masalasi ijtihodiy masaladir.

Sakkizinchidan, yuqoridagilardan tashqari barcha masalalar tibbiy ma’lumotlar va shar’iy dalillar asosida alohida tadqiqot oʻtkazishni talab etadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Sehrdan saqlanishning shar’iy vositalari

    Sehr sodir bo‘lishidan oldin undan saqlanishning shar’iy vositalari bormi?
  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Qon topshirish hukmi

    Birovga qon berish (donorlik qilish) hukmi qanday?
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Homiladan foydalanib a’zolarni koʻchirib oʻtkazish joizmi?

    Tibbiyotning ayrim sohalarida abort qilingan homilalarning a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish uchun ishlatish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu masalada shariat hukmi qanday?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?