Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2103

O'qildi: 52

Noyabr 22, 2025

/ 1 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Zinodan tugʻilgan farzand

Savol

Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Zino ilohiy qonunlarda taqiqlangan, jirkanch amal hisoblanadi va musulmon bo‘lmasa ham, sog‘lom fikrli har bir inson tomonidan rad etiladi. Alloh taolo ko‘plab oyat va nabaviy hadisi shariflarda bu ishga qoʻl uruvchilar qoralangan. Bunday kishilarni Alloh dunyo va oxiratda qattiq azob hamda sharmandalikka duchor qilishini va’da qilgan, faqat tavba qilib, imon keltirib, solih amallar qilganlar bundan mustasno.

Chunki Alloh azza va jalla ularning tavbasini qabul qiladi. Tavba eshigi ochiqdir va tavbaning sharti gunohdan voz kechish va pushaymon bo‘lishdir. Islom o‘zidan oldingi gunohlarni o‘chiradi va kechiradi.

Farzandga kelsak, zinodan tug‘ilgan bola onasiga tegishli bo‘lib, otasiga nisbat berilmaydi. Zinodan boʻlgan farzandning hukmi shunday – u nikohdan emas, zinodan bo‘lgani uchun otaga nisbat berilmaydi. Bu bolani parvarish qilish va islomiy axloq asosida tarbiyalash vojibdir.

Fahsh ish sodir etilgan bo‘lsa, tavba qilish, uni yashirish va oshkor qilmaslik lozimdir. Odamlarga haqiqatni aytish shart emas. Agar bola haqiqatni bilishni talab qilsa, unga to‘g‘ri ma’lumot berish mumkin. Bolaga ushbu gunoh ish kofirlik paytida sodir boʻlgani, Islom oʻzidan oldingi gunohlarni o‘chirishi, tavba sababli Alloh oldingi gunohlarni kechirishi, sodir bo‘lgan voqea uchun bolaning hech qanday mas’uliyati yo‘qligi, ona Islomni qabul qilgani uchun uni ayblash yoki jazolashga yo‘l yo‘qligi, taqdir va qismatga rozi bo‘lish kerakligi, agar farzand solih amallar qilsa jannatga kirishi va hech kim boshqaning gunohini o‘z zimmasiga olmasligi bayon qilinadi.

Allohdan ofiyat va mag‘firat so‘raymiz. Alloh Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yo‘llasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonlarning LGBTga munosabati

    Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
  • Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

    Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?
  • Nikohsiz tug‘ilgan bola oldidagi mas’uliyat

    Islomga kirishdan oldin, ya’ni kofirlik paytimda uylangan ayol bilan fahsh ish – zino qilgandim va bundan bola tug‘ildi. Uning eri haqiqatdan xabardor, u bolaning o‘ziniki emasligini bilsa-da, bolani va xotinini saqlab qolmoqchi ekanini aytdi. Tushunishimcha, u menga nisbatan hech qanday chora ko‘rmoqchi emas va men kamdan-kam ko‘radigan hamda mening kimligimni bilmaydigan o‘g‘limdan uzoqda turishimni istaydi. Bola taxminan uch yoshda, men esa ikki yilcha oldin Islomni qabul qilganman. Bunday holatda Islomning hukmi qanday bo‘ladi? Bolani o‘g‘lim deb hisoblashim mumkinmi? Eslatib oʻtaman, ayol va uning eri g‘ayridinlardir.
  • Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

    Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?
  • Zinokor ayolni uyda qamash oyatining bekor qilinishi

    Ayollarning zino qilgani isbotlanganda, to o‘lgunicha yoki chiqish yo‘li topilguncha o‘z uyida qamab qo‘yilishi haqida kelgan, «Niso» surasining o‘n beshinchi oyatining ma’nosini bilishni istardim. Bu zinokor ayol shu tarzda jazolanishi yoki umrining oxirigacha qamoqqa tashlanishini anglatadimi? Alloh unga yo‘l ochib berishi nima degani? Men Islomni musulmonlarning o‘zlaridan yaxshiroq bilib olmoqchiman. Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat.
  • Zino, qimor va cho‘chqa harom qilinishi

    Nima uchun islomda zino, qimor va cho‘chqa go‘shtini yeyish harom qilingan?