Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Ijara » Ishxona qoidalari » Kompaniya nomi bitilgan mahsulotlarni oʻzlashtirish
Fatvo: 2097

O'qildi: 91

Noyabr 21, 2025

/ 30 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Kompaniya nomi bitilgan mahsulotlarni oʻzlashtirish

Savol

Men va ba’zi do‘stlarimiz ishlaydigan kompaniyadan bepul reklama namunalarini (masalan, futbolkalar, qalamlar va hokazo) olishimiz shariatta ruxsat etilganmi (halolmi) yoki yo‘qligini bilmoqchiman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar siz ishlayotgan kompaniya bu narsalarni sizga mulk qilib bergan bo‘lsa, modomiki ular shariat muboh qilgan buyumlar ekan, ularni olish va foydalanishda hech qanday muammo yo‘q.

Ammo agar kompaniya ularni shirkatdan tashqaridagi odamlarga reklama sifatida tarqatish uchun bergan bo‘lsa, bunday hollarda ular sizga ruxsat bermaguncha sizning bu narsalarni oʻzlashtirishga haqqingiz boʻlmaydi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Oxiratni niyat qilmay faqat maosh uchun ishlash qoralanadimi?

    Yigirma yildan ortiq davlat xizmatida ishlab kelayotgan xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, o‘zini yaxshi tutadi. Buni u boshliqlariga va rahbariga ma’qul bo‘lish, maoshini to‘liq olish va lavozimda ko‘tarilish uchun qiladi. Bularning barchasi faqat shu maqsadlar bilan chegaralanib, Alloh rizoligi uchun qilinmaydi. Biroq bu xodim Allohga ibodat qiladi, ish vaqtidan tashqarida solih amallarini Alloh taolo uchun xolis qiladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi, sadaqa beradi, zakotini chiqaradi, haj qiladi, Qur’on tilovat qiladi, tafsir o‘qiydi hamda Alloh taolo uchun barcha solih amallarda Uning shariatiga muvofiq xolis amal qiladi. Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Bu odamning ish vaqtidagi holati haqida nima deysiz? Bu joizmi, shirkmi yoki buning boshqa bir hukmi bormi? Iltimos, bizga maslahat bering: u nima qilishi kerak va o‘tgan yillardagi ishining gunohlari uchun javobgar bo‘ladimi? Alloh sizni o‘z panohida asrasin va muhofaza qilsin.
  • Tashkilotlarda mutanosib vakillik hukmi

    Islomda mutanosib vakillik ruxsat etilganmi yoki yo‘qmi? Vaziyat quyidagicha: aytaylik, 10 ta musulmon tashkiloti (har birining a’zolar soni turlicha) oralaridagi islomiy ishlarni muvofiqlashtirish uchun bitta umumiy tashkilot tuzish maqsadida birlashmoqda. Tashkilotlarni a’zolar soniga qarab toifalarga ajratish joizmi? Ya’ni, agar bir tashkilotda 1-100 a’zo bo‘lsa, ular bitta ovoz oladi, 101-200 a’zo bo‘lsa ikki ovoz oladi va hokazo. Bu tartib Islom shariatida joizmi?
  • Xususiy va davlat sektorlaridagi ish oʻrinlari

    Islomiy meʼyorlarga mos keladigan ishni topish baʼzan qiyin boʻladi. Davlat tashkilotida ishlash har doim notoʻgʻri boʻladimi? Menimcha, bu tijorat ishidan iborat boʻlgan koʻpgina xususiy sektorlarga kirishdan afzalroq. Eng kamida, davlat ishi sudxoʻrlik bitim va muomalalar atrofida aylanadigan ishlardan afzalroq boʻlib qoladi.