O'qildi: 51
Noyabr 21, 2025
/ 30 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Allohning ism va sifatlari
Savol
Nima uchun Alloh subhanahu va taolo Qur’oni Karimning ba’zi oyatlarida ko‘plik siyg‘asida gapiradi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu savolning ikki javobi bor:
Birinchi – umumiy javob:
Har bir mo‘min e’tiqod qilishi kerakki, Allohning har bir fe’li buyuk hikmat va maqsadlar uchun bo‘ladi. Bu hikmat hamma insonga oʻsha zahoti ayon bo‘lmasligi mumkin. Bu esa imtihonlardan biridir. Alloh taolo aytadi:
«(Ey insonlar, U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun» (Mulk: 2).
Ikkinchi – batafsil javob:
Qur’oni karim arab tilida nozil bo‘lgan. Arab tilida esa bir kishi haqida ham birlik, ham ko‘plik siyg‘asida gapirish mumkin. Ko‘plik siyg‘asi ulug‘lash ma’nosida ishlatiladi. Allohdan ulug‘roq zot yo‘q. Demak, Qur’onda birlik lafzlari Uning yagona, sheriksizligini bildiradi, ko‘plik lafzlari esa Uning buyukligini ko‘rsatadi.
Ibn Taymiyya rahimahulloh «Majmu’ al-Fatavo»da (5/128) shunday degan:
Allohning yaqinligi ba’zan birlik siyg‘asida zikr qilinadi, masalan quyidagi oyat:
«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bandalarim sizdan, Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman» (Baqara: 186) degan so‘zida va hadisda:
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir g‘azotda edik». U kishi sollallohu alayhi va sallam: «Sizlar duo qilayotgan Zot sizlarga tuyangizning bo‘ynidan ham yaqinroq», dedilar» (Sahihi Muslim, 2704).
Ba’zan esa ko‘plik siyg‘asida keladi. Alloh taoloning ushbu oyatida kelganidek:
«Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz» (Qof: 16).
Shuningdek:
«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), iymon iymon keltiradigan qavm uchun sizga Muso va Fir’avnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz» (Qasos: 3).
Yana bir oyatda shunday deyilgan:
«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga ushbu Qur’onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go‘zal qissani hikoya qilurmiz. Holbuki (Qur’on nozil bo‘lishi)dan ilgari, siz (bu qissadan) bexabar kishilardan (biri) edingiz!» (Yusuf: 3)
«Tilovat qilib beramiz», «hikoya qilurmiz» va shunga o‘xshash so‘zlarga kelsak, bu siyg‘a arab tilida buyuk, itoatli yordamchilari bor bo‘lgan yakka zot uchun qo‘llaniladi. Qachon yordamchilari uning buyrug‘i bilan biror ish qilsa, u «Biz qildik» deydi. Xuddi podshoh «Biz bu shaharni fath qildik, biz bu qo‘shinni mag‘lub qildik» deganidek».
Bu javobning davomi 606-savolda muhim so‘zlar bilan toʻldirilgan.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?