Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Sha’bon oyi » «Allohim, bizga rajab va shaʼbon oylarida baraka ato etgin va bizni ramazonga yetkazgin» duosi sahih hadisda kelganmi?
Fatvo: 202017

O'qildi: 159

23.01.2026

/ 4 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

«Allohim, bizga rajab va shaʼbon oylarida baraka ato etgin va bizni ramazonga yetkazgin» duosi sahih hadisda kelganmi?

Savol

Rajab oyining birinchi kechasida muayyan duoni aytish sunnatdanmi, shuni bilmoqchi edim. Duo quyidagicha:

«Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon». Alloh subhanahu va taolodan bizni sahih sunnatga amal qilishda sobitqadam qilishini soʻrayman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni:

«Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon» hadisi zaif, sahih emas. Shuningdek, rajab oyining fazilati haqida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan birorta sahih hadis kelmagan.

Musulmon kishining Rabbisidan uni Ramazonga yetkazishini soʻrashining esa zarari yoʻq.

 

Javob:

Mundarija

  • Rajab oyining fazilati haqida birorta sahih hadis kelmagan
  • «Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon» hadisining darajasi
  • Musulmon kishi Rabbisidan uni Ramazonga yetkazishini soʻrashi joizmi?

 

Rajab oyining fazilati haqida birorta sahih hadis kelmagan

Rajab oyining fazilati haqida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan birorta sahih hadis kelmagan. Quyidagi savollarning javoblariga qarang:

«Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?» savoliga javoban, «Rajab oyi urush harom qilingan oylardan biri ekani, lekin xususan Rajab oyi ro‘zasining fazli haqida bironta sahih hadis sobit bo‘lmagani, hamda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan harom oylarda ro‘za tutish mustahabligiga dalolat qiluvchi rivoyatlar kelgani aytilgan. Kimda-kim shu sababdan Rajab oyida ro‘za tutsa, shuningdek, boshqa harom oylarda ham ro‘za tutadigan bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Ammo ro‘za uchun faqat Rajab oyini xoslash joiz emasligi haqida 75394-fatvoda batafsil soʻz yuritilgan.

«Kim rajabda «astagʻfirulloh la ilaha illa huva» desa» hadisi toʻqima, sahih emas.

Ibn Usaymin rahimahulloh dedi:

«Rajabning fazilati haqida birorta sahih hadis kelmagan. Rajab oyi oʻzidan oldingi jumodul oxir oyidan faqatgina harom oylardan ekanligi bilan ajralib turadi, xolos. Yoʻqsa, unda mashruʼ roʻza ham, mashruʼ namoz ham, mashruʼ umra ham, hech narsa yoʻq. Bu jihatdan u ham boshqa oylar bilan barobardir». Qisqartirib olindi. «Liqo al-bab al-maftuh» (174/26), Shomila tartibi.

 

«Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon» hadisining darajasi

Abdulloh ibn Imom Ahmad «Zavoid al-musnad»da (2346), Tabaroniy «al-Avsat»da (3939), Bayhaqiy «ash-Shuʼab»da (3534) va Abu Nuʼaym «al-Hilya»da (6/269) Zoida ibn Abu ar-Raqqod yo’lidan rivoyat qiladi, u aytadi: Bizga Ziyod an-Numayriy Anas ibn Molikdan hadis aytdi:

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا دَخَلَ رَجَبٌ قَالَ: «اللَّهُمَّ بَارِكْ لَنَا فِي رَجَبٍ، وَشَعْبَانَ، وَبَلِّغْنَا رَمَضَانَ»

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rajab kirganda: «Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon (Allohim, bizga Rajab va Shaʼbon oylarida baraka ato etgin va bizni Ramazonga yetkazgin)», deb duo qilar edilar» (Tabaroniy, «Moʻjamul avsat», 3939; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaiful jomeʼ», 4395. Hadisning rivoyat zanjirida Ziyod an-Numayriy ismli roviy zaif, uni Ibn Maʼin zaif sanagan. Abu Hotim: «U hujjat qilinishga yaramaydi», degan. Ibn Hibbon uni «az-Zuafo»da zikr qilib: «Uni hujjat qilish joiz emas», degan («Miyzon al-eʼtidol», 2/91).

Zoida ibn Abu Raqqod: undan battarroq zaifdir. Abu Hotim aytadi: «Ziyod an-Numayriydan, u Anasdan munkar marfuʼ hadislar rivoyat qiladi, bu undanmi yoki Ziyoddanmi, bilmaymiz». Imom Buxoriy ham Imom Nasoiy ham: «Munkar hadis», degan. «Al-Kuno» asarida: «Ishonchli emas», deyilgan. Ibn Hibbon: «Mashhurlardan munkarlar rivoyat qiladi, uning xabari bilan hujjat qilinmaydi, balki faqat mulohaza uchun qayd etiladi», degan. Ibn Adiy: «Muqaddamiy va boshqalar undan alohida rivoyatlarni naql qilishgan, uning baʼzi hadislarida esa shubhali jihatlar mavjud», degan («Tahzib at-tahzib», 3/305-306).

Imom Navaviy bu hadisni «Azkor» kitobi 189-betda, Ibn Rajab «Latoif al-maorif» asari 121-betda zaif sanagan, shuningdek, zamondosh muhaddislardan «Zaif al-jomeʼ» kitobi 4395-raqam ostida ham zaif sanagan. Haysamiy aytadi: «Bu hadisni Bazzor rivoyat qilgan va unda Zoida ibn Abu ar-Raqqod bor. Imom Buxoriy: «Munkar hadis», degan va bir jamoat ulamolar uni majhul sanagan» («Majmaʼ az-zavoid», 2/165).

Shu bilan birga, hadis – zaif boʻlishidan tashqari – unda bu duo rajab oyining birinchi kechasida aytilishi haqida gap yoʻq. Aksincha, bu Rajab oyi davomida ham, undan oldin ham aytsa boʻladigan, vaqti cheklanmagan baraka soʻrash duosidir.

 

Musulmon kishi Rabbisidan uni Ramazonga yetkazishini soʻrashi joizmi?

Musulmon kishi Rabbisidan uni Ramazonga yetkazishini soʻrashi joiz. Hofiz Ibn Rajab rahimahulloh dedi: «Muallo ibn al-Fazl aytadi: «Sahobai kiromlar olti oy Alloh taologa ularni Ramazonga yetkazishini va olti oy Ramazondagi ibodatlarini qabul qilishini soʻrab duo qilardilar. Yahyo ibn Abu Kasir aytadi: Ularning duolaridan biri:

«اللَّهُمَّ سَلِّمْنِي إِلَى رَمَضَانَ، وَسَلِّمْ لِي رَمَضَانَ، وَتَسَلَّمْهُ مِنِّي مُتَقَبَّلاً»

«Allohumma sallimniy ilaa Romazon, va sallim liy Romazon, va tasallamhu minniy mutaqobbalaa» (Maʼnosi: «Allohim! Meni Ramazonga sogʻ-salomat yetkazgin, Ramazonni men uchun (barakali va foydali) qilib bergin va uni mendan maqbul holida qabul qilib olgin») edi». «Latoif al-maorif», 148-betdan iqtibos tugadi.

Shayx Abdulkarim al-Xuzayr hafizahullohdan soʻraldi: «Allohumma barik lana fi rajab va shaʼban va balligʻna Ramazon» hadisining sanadi qanday?

U kishi javob berdilar: «Bu hadis sobit emas. Lekin agar musulmon kishi Alloh azza va jalladan uni Ramazonga yetkazishini, uning roʻzasini tutishga va kechalarini ibodat bilan oʻtkazishga muvaffaq qilishini va Qadr kechasini topishga muvaffaq aylashini soʻrab, yaʼni mutlaq duolar qilsa, buning inshaalloh zarari yoʻq». Iqtibos shayxning rasmiy sahifasidan olindi.

Manba: Islom savol va javob sayti

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?