Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Jazolar va ehtiyot choralari » Nuqsonli homilani tushirish hukmi
Fatvo: 1978

O'qildi: 139

13.11.2025

/ 22 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

Nuqsonli homilani tushirish hukmi

Savol

Agar homilada (taxminan beshinchi oyning o‘rtalarida) nuqsonlar , bolaning bosh suyagining yuqori qismida muammo borligi anisqlansa va shifokorlar abort qilishni qattiq tavsiya etsalar, bunday holatda musulmon er-xotin qanday yoʻl tutishi kerak? Chunki bunday nuqsonlar bilan tug‘ilgan bola eng uzog‘i 21 kun yashashi mumkin va bunday homiladorlikning aksariyati homiladorlikning oxirgi va eng xavfli davrida o‘z-o‘zidan tushib ketishi mumkin. Ayniqsa, ikki musulmon olimdan bu haqda so‘ralganda, har biri turlicha javoblar bergan, ya’ni biri abortni maslahat bergan, boshqasi esa homiladorlikni davom ettirishni tavsiya qilgan. Er-xotin endi iloji boricha tezroq qaror qabul qilishi kerak. Bu masalada shariat hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar homila to‘rt oyni to‘ldirgan bo‘lsa, unga ruh puflangan bo‘ladi. Bu muddatdan soʻng uni ataylab tushirish tirik jonni o‘ldirish va ruhni chiqarish hisoblanadi. Bu katta gunohlardan biridir. Shifokorlarning homilada nuqsonlar bor deyishi oʻz farzandini o‘ldirishni mutlaqo oqlab bera olmaydi.

Agar homila o‘z-o‘zidan tushib ketsa yoki tirik tug‘ilib, keyin vafot etsa, ota-ona uning yo‘qotilishi musibatiga sabr qilganlari uchun ajr oladilar. Agar bola yashab qolsa va unda nuqsonlar bo‘lsa, ota-ona sabr qilganlari va uni boqqanlari uchun ajr oladilar.

Mo‘min kishiga qanday sinov kelmasin, barchasi uning uchun yaxshilikdir. Biroq, homilaning ruhini chiqarishda (o‘ldirishda) faqatgina yomonlik va gunoh mavjud. Bundan tashqari, shifokorlarning tashxisida xatoliklar yoki homila holatida o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli ham bor.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sehrdan saqlanishning shar’iy vositalari

    Sehr sodir bo‘lishidan oldin undan saqlanishning shar’iy vositalari bormi?
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Davolanish hukmi

    Agar bemor kasallikning so‘nggi bosqichida bo‘lsa va davolash samarasiz bo‘lganda (oz umid bilan), bemor davolanishni tark qilsa boʻladimi? Chunki davolashning nojo‘ya ta’sirlari boʻlib, bemor azoblanishni xohlamaydi. Umuman olganda, musulmon kishi davolanishi shartmi yoki bu ixtiyoriy ishmi?
  • Qon topshirish hukmi

    Birovga qon berish (donorlik qilish) hukmi qanday?
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Homiladan foydalanib a’zolarni koʻchirib oʻtkazish joizmi?

    Tibbiyotning ayrim sohalarida abort qilingan homilalarning a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish uchun ishlatish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu masalada shariat hukmi qanday?