O'qildi: 15
Noyabr 5, 2025
/ 14 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Hajarul Asvad haqida hadislar va masalalar kelgan. Biz ularni so‘rovchi birodarga Alloh foyda berar degan umidda zikr qilamiz:
Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Hajarul Asvad (qora tosh) jannatdan tushgan» (Termiziy, 877; hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6752).
Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Hajarul Asvad jannatdan sutdan ham oq bo‘lgan holida nozil bo‘lgan. Uni bani odamning gunohlari qoraytirgan» (Termiziy, 877; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6752).
Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam – Hajarul asvad haqida – aytdilar: «Allohga qasamki, albatta, Alloh uni qiyomat kuni ikki ko‘rar ko‘zi bor, nutq qilar tili bor holda chiqaradi. U o‘zini kim haq ila istilom qilgan bo‘lsa, o‘shanga guvohlik beradi» (Termiziy, 961; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 7098).
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga kirib kelgach, Hajarga kelib, uni istilom qildilar. So‘ngra (Hajardan) o‘ng tomonga yurib, uch marta raml qildilar, to‘rt marta odimladilar» (Sahihi Muslim, 1218).
Obis ibn Robi’adan rivoyat qilinadi: «Umar roziyallohu anhu Hajarul asvadning oldiga kelib, uni o‘pdi-da: «Albatta, men sening zarar ham, foyda ham bera olmaydigan bir tosh ekaningni bilaman. Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, seni hargiz o‘pmas edim», dedi» (Sahihi Buxoriy, 1597).
Nofe’dan rivoyat qilinadi: «Ibn Umarning Hajarni qo‘li bilan istilom qilib, so‘ngra qo‘lini o‘pganini ko‘rdim. U: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday qilganlarini ko‘rganimdan beri buni tark qilmadim», dedi» (Sahihi Muslim, 1268).
Abu Tufayl roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Baytni tavof qilib, ruknni qo‘llaridagi mihjan bilan istilom qilib, so‘ng o‘sha mihjanni o‘payotganlarini ko‘rganman» (Sahihi Muslim, 1275). Mihjan — uchi egri tayoqdir.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuyalarining ustida tavof qildilar. Har rukn(Ka’baning Hajarul asvad (Qora tosh) turadigan burchagiga)ga kelganlarida unga ishora qilar va takbir aytar edilar» (Sahihi Buxoriy, 5293).
Ibn Umar aytadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta, ikkisini silash xatolarga kafforatdir», deganlarini eshitdim». Imom Termiziy (959) rivoyat qilgan. Hadisni Termiziy hasan degan, Hokim (1/664) sahih deb baholagan va Zahabiy u bilan kelishgan.
Musulmon kishi Hajar oldida musulmonlarga ozor berib, urish yoki janjallashish orqali aziyat yetkazmasligi lozim. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hajar haqida: «U uni haq bilan silaganlarga guvohlik beradi, Allohning bandalariga ozor berish bilan silaganlarga emas», deb xabar berganlar.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 130687, 118085, 304896, 45643, 21402, 361280 raqamli fatvolarga qarang.
Alloh bilguvchiroqdir.
**********

Bu javob foydali bo’ldimi?