O'qildi: 8
Noyabr 4, 2025
/ 13 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Nafl roʻzalar
Savol
Hojilarning Arafada turish vaqtidan farqli ravishda mamlakatlar vaqtlari turlicha bo‘lsa, Arafa kunining ro‘zasini tutish qanday bo‘ladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Arafa kuni va uning ro‘zasi har bir mamlakat ahli uchun u yerdagi tong otishi va quyosh botishi vaqtiga qarab bo‘ladi. Arafa kunining ro‘zasi ikki yillik gunohlarni kechirtiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar:
«Allohdan umid qilamanki, Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan oldingi va keyingi yilning gunohlariga kafforat bo‘ladi. Allohdan umid qilamanki, Ashuro kunining (muharram oyining o‘ninchi kuni) ro‘zasi oldingi yilning gunohlariga kafforat bo‘ladi» (Sahihi Muslim, 1162).
Alloh biluvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?