O'qildi: 21
Oktabr 21, 2025
/ 29 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Taqiqlangan savdolar
Savol
Ba’zi kitob do‘konlari mijozlarga har oyda ma’lum miqdordagi pulni to‘lash evaziga ikki imtiyozni taklif qiladi: birinchidan, ularga islomiy huquqshunoslik (fiqh) va boshqa ixtisoslik fanlari bo‘yicha yangi kitoblar yetkazib beriladi; ikkinchidan, agar ular shu do‘konlardan xarid qilishni istasalar, o‘n foizlik chegirmaga ega bo‘ladilar. Bu amaliyotning shar’iy hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu ish qimorning bir turidan bo‘lib, Alloh taolo bu haqda shunday degan:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida: 90).
Qimor – bu yutish yoki yutqazishga asoslangan har qanday muomaladir. Unda yo yutasiz, yo yutqazasiz. Bu qimor borasidagi shar’iy qoidadir. Misol uchun, chegirma kartasi uchun har oyda besh yuz soʻm to‘laydigan kishi jami chegirma hisobiga ming soʻmdan ortiq kitob xarid qilishi yoki umuman hech narsa sotib olmasligi mumkin. Agar xaridor sotib olgan kitoblarning umumiy chegirmasi besh yuz soʻmdan oshsa, u yutadi, do‘kon egasi esa zarar ko‘rib, yutqazadi. Agar xaridor hech narsa sotib olmasa, do‘kon egasi yutadi, u esa yutqazadi, chunki besh yuz soʻm to‘lab, evaziga hech narsa olmagan bo‘ladi. Bu muomala qimor boʻlib, halol hisoblanmaydi.
Bu javob foydali bo’ldimi?