Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Juda qisqa va juda uzun kunlarda roʻza tutish mezoni
Fatvo: 1730

O'qildi: 497

17.10.2025

/ 25 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Juda qisqa va juda uzun kunlarda roʻza tutish mezoni

Savol

Skandinaviya mamlakatlarining ayrim hududlarida yil davomida kunduzi tun vaqtiga nisbatan ancha uzoq bo‘lib, tun atigi uch soat, kunduz esa yigirma bir soat davom etadi. Agar Ramazon qishga to‘g‘ri kelsa, u yerdagi musulmonlar faqat uch soat ro‘za tutadilar. Biroq, Ramazon yozga to‘g‘ri kelganda, kunduzning uzunligi sababli ro‘za tutishga qodir bo‘lmaganlari uchun ro‘zani tark etadilar. Iltimos, iftor va saharlik vaqtlarini, shuningdek, Ramazon oyida ro‘za tutish muddatlarini aniqlab bering.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom shariati mukammal va keng qamrovlidir. Alloh taolo aytadi:

﴿الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا﴾

«Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» (Moida: 3).

Boshqa oyatda aytadi:

﴿قُلْ أَيُّ شَيْءٍ أَكْبَرُ شَهَادَةً ۖ قُلِ اللَّهُ ۖ شَهِيدٌ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۚ وَأُوحِيَ إِلَيَّ هَٰذَا الْقُرْآنُ لِأُنْذِرَكُمْ بِهِ وَمَنْ بَلَغَ﴾

«Ayting (so‘rang): «Qay narsa eng ulug‘ guvoh bo‘lur?» Ayting: «Alloh». U men bilan sizlarning o‘rtamizda guvohdir. Sizlarni va Qur’on yetib borgan kishilarni (Oxirat azobidan) ogohlantirishim uchun menga — mana shu Qur’on vahiy qilindi» (An’om: 19).

Boshqa oyatda aytadi:

﴿وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga — (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yubordik» (Saba’: 28).

Alloh mo‘minlarga ro‘za farz qilinishi haqida xitob qilib aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ ۝١٨٣﴾

«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi» (Baqara: 183).

U Zot ro‘zaning boshlanishi va tugashini bayon qilib aytadi:

﴿وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ﴾

«Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb-ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar!» (Baqara: 187).

Bu hukm muayyan bir mamlakat yoki odamlar guruhiga cheklanmagan, balki Islom shariatining umumiy qoidasi sifatida o‘rnatilgan. Mazkur savoldagi hududlar ham ayni shu umumiy hukm doirasiga kiradi. Alloh taolo O‘z bandalariga mehribonligi sababli ularga oson va qulay yo‘llarni shariat qilib, ularga farz bo‘lgan amallarni bajarishda yordam beradi. Misol uchun, U musofirlar va bemorlarning mashaqqatini yengillashtirish maqsadida Ramazon oyida ro‘za tutmasliklariga ruxsat bergan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

﴿شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ﴾

«(U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi» (Baqara: 185).

Mukallaf (balogʻatga yetgan, aqli-hushi joyida boʻlgan musulmon) kimsalardan kimki Ramazon oyiga yetishsa, kun uzun bo‘lsa ham, qisqa bo‘lsa ham ro‘za tutishi vojibdir. Agar kun botguncha ro‘zasini yetkaza olmasa, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavotir olsa, ro‘zani ehtiyojini qondiradigan va zarar yetkazmaydigan darajada ochsa bo‘ladi. So‘ngra kunning qolgan qismida ro‘za tutishni davom ettirib, ro‘za tutishga qodir bo‘lganda ushbu og‘iz ochgan kunlarining qazosini tutib beradi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?
  • Ayol kishi ham toʻliq e’tikof o‘tiradimi?

    Men yangi musulmonman va ayol kishining e’tikofi haqida savolim bor. Agar masjidda ayollar uchun maxsus joy bo‘lsa, ayol kishining masjidda e’tikof o‘tirishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, ular necha kun e’tikof o‘tirishlari mumkin (3 kun, 7 kun yoki toʻliq o‘n kun)?