O'qildi: 48
Oktabr 15, 2025
/ 23 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Haj va umra masalalari » Masjidul Harom va Masjidun Nabaviy » Tibbiyot va davolanish » Yaratilishning boshlanishi va maxluqotlarning moʻjizalari
Savol
Zamzam suvining qandaydir ahamiyati bormi? Uni davolash yoki boshqa maqsadlarda ishlatish haqida biror hadis mavjudmi? Yoki niyat qilib, ma’lum bir maqsad uchun ichish mumkinmi? Alloh sizlarga ezgulik ato etsin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Zamzam – Masjidul Haromdagi mashhur quduqning nomidir. Bu quduq bilan Ka’bai Musharrafa orasida o‘ttiz sakkiz ziro’ (taxminan 19 metr) masofa bor.
Bu Ibrohim va Ismoil alayhissalomlarning qudug‘idir. Ismoil alayhissalom chaqaloqlik paytlarida chanqoqdan azob chekayotganida, Alloh taolo u zotga va onalari Hojar onamizga aynan shu quduqdan suv ato etdi. Ona chaqaloqqa suv izladi, ammo topolmadi. Shundan so‘ng Safo tog‘iga ko‘tarilib, Allohga iltijo qildi va Ismoil uchun yordam so‘radi. Keyin Marva tog‘iga borib, duosini takrorladi. Natijada Alloh Jabroil alayhissalomni yubordi va u zot oyoqlari bilan yerni tepganlarida, yer ostidan suv otilib chiqdi.
Xususan, haj va umra ziyoratchilariga, umuman esa barcha musulmonlarga Zamzam suvini ichish tavsiya etiladi, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham Zamzam suvini ichganlar. Sahih hadisda kelganidek,
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib Zamzamdan ichdilar» (Sahihi Buxoriy, 5617).
Abu Zar raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zamzam suvi haqida:
«U muborakdir, u to‘yimli taomdir», deganlar (Sahihi Muslim, 2473).
Tayolisiyning rivoyatida:
«Va kasallikka shifodir», deb qo‘shimcha qilingan. Ya’ni, uning suvi taom o‘rniga o‘tadi va kasalliklarga shifo bo‘ladi, ammo lekin bu chin e’tiqod va aniq ishonch bilan bo‘lmogʻi lozim. Abu Zarr G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u kishi Makkada bir oy yashab, Zamzam suvidan boshqa narsa iste’mol qilmaganlar.
Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhu aytadi: «Johiliyat davrida odamlar Zamzam suvi uchun raqobatlashar edi, hatto xonadon egalari ham oila a’zolarini olib kelib, kunning Zamzam suvidan ichishar, bu ularning nonushtalari (kunduzning birinchi ichimligi) bo‘lardi. Biz buni oilalarga yordam deb hisoblar edik». Abbos roziyallohu anhu aytadi: «Johiliyat davrida Zamzamni «Shaboa» (to‘ydiruvchi) deb atashgan».
Alloma al-Abbiy rahimahulloh aytadi: «Kishi Zamzamni nima niyatda ichsa, oʻsha niyatiga erishadi». Alloh taolo uni Ismoil va uning onasi Hojar uchun taom va ichimlik qildi. Ibn Muborak Zamzam qudug‘iga kirib: «Allohim, Ibn Muammal menga Abu Zubayrdan, u esa Jobirdan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir». Allohim, men bu suvni Qiyomat kunida chanqog‘imni qondirish uchun ichyapman», dedi.
Farishtalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yoshlik chog‘larida muborak qalblarini yuvib, poklab, so‘ng koʻksilariga qayta joylashtirganlar. Hofiz Iroqiy rahmatullohi alayh shunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilarini Zamzam suvi bilan yuvishning hikmati u zotga osmonlar va yerning, jannat va do‘zaxning mulkini ko‘rish kuchini ato etishdir; zero, Zamzam suvining xususiyatlaridan biri qalbni quvvatlantirish va qo‘rquvni bartaraf etishdir».
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilari Zamzam suvi bilan yuvilgani haqidagi xabar Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda o‘z tasdig‘ini topgan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: «Abu Zarr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini aytib yurar edi: «Makkada ekanimda uyimning shifti yorildi. Jabroil alayhissalom tushib, ko‘ksimni yordi. Keyin uni Zamzam suvi bilan yuvdi. So‘ngra hikmat va iymon to‘ldirilgan oltin jom keltirdi va ularni ko‘ksimga quyib, keyin uni (ko‘ksimni) berkitdi. So‘ngra qo‘limdan tutib, dunyo osmoniga ko‘tarildi. Jabroil dunyo osmonining qo‘riqchisiga: «Och», dedi. U: «Kim bu?» dedi. «Jabroilman», dedi u» (Sahihi Buxoriy, 1636).
Ichuvchi uchun Zamzam suvini qoniqib (tazzallu’ qilib) ichish sunnatdir. Tazzallu’ – Zamzamni to‘liq qoniqqunga qadar, ko‘p miqdorda, toʻyib ichishdir.
Fuqaholar Zamzam suvini ichishning bir qancha odoblarni zikr qilganlar, jumladan:
Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Zamzam suvini tik turib ichganliklariga kelsak:
Ibn Abbos roziyallohu anhumo bunday so‘zlab berdi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Zamzam tutdim, u zot tik turgan hollarida ichdilar». Osim aytadi: «Ikrima qasam ichib: «O‘shanda u zot tuyaning ustida ekanlari aniq», dedi» (Sahihi Buxoriy, 1637).
Ushbu hadis Zamzam suvini tik turib ichish harom emas, aksincha ruxsat etilganini bayon qilish uchundir. Shunga koʻra, tik turib ichishning man etilishi hadisi, bu amalning makruh ekanligini anglatadi.
Shuningdek, ulamolar Zamzam ichayotgan kishi boshidan Zamzam quyib, yuziga va ko‘ksiga ham sepishini, ichayotganda ko‘proq duo qilishini hamda dunyo va oxirat ishlaridan nimani so‘ramoqchi bo‘lsa, o‘sha niyat bilan ichishini mustahab deb hisoblashgan. Hadisi sharifda aytilganidek,
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir», dedilar» (Ibn Moj’a, 3062; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Ibn Moj’a», 2502). Batafsil ma’lumot uchun Saxoviyning «Al-Maqosid al-Hasana» kitobining 359-sahifasiga murojaat qiling.
Ibn Abbosdan rivoyat qilinishicha, u zot Zamzam suvini ichganlarida: «Allohim, Sendan foydali ilm, mo‘l-ko‘l rizq va barcha kasalliklardan shifo so‘rayman», der edilar.
Daynuriy Humaydiydan rivoyat qiladi: « Biz Sufyon ibn Uyayna huzurida edik. U bizga Zamzam suvi haqida hadis aytib berdi: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir». Bir kishi majlisdan chiqib ketdi va qaytib kelib: «Abu Muhammad, bizga Zamzam haqida aytgan hadisingiz sahihmi?», deb so‘radi. U: «Ha», deb javob berdi. Shunda haligi kishi: «Men hozirgina menga yuz hadis aytib berasiz, degan niyat bilan bir chelak Zamzam ichdim», dedi. Sufyon: «O‘tiring», dedi. U o‘tirdi va Sufyon unga yuzta hadis aytib berdi.
Ba’zi fuqaholar Makkaga kelgan kishilar Zamzam suvini o‘z yurtiga olib ketishini mustahab deb hisoblashgan, zero u shifo izlayotganlarga shifo bo‘ladi.
عَنْ عَائِشَةَ أَنَّهَا كَانَتْ تَحْمِلُ مَاءَ زَمْزَمَ فِي الْقَوَارِيرِ وَتَذْكُرُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَعَلَ ذَلِكَ. زَادَ فِيهِ غَيْرُهُ عَنْ أَبِي كُرَيْبٍ وَكَانَ يَصُبُّ عَلَى الْمَرْضَى وَيَسْقِيهِمْ. تَفَرَّدَ بِهِ خَلَّادُ بْنُ يَزِيد الْجَعْفِيُّ هَذَا.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjai muohharalari Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, u kishi (ya’ni, Oisha onamiz) shisha idishlarda Zamzam suvini olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham shunday qilganlarini aytganlar. Boshqalar Abu Kuraybdan qo‘shimcha qilib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bilan Zamzam suvini olib yurar, kasallarga quyib berar va ularga ichirar edilar». Bu hadisni faqat Xallod ibn Yazid al-Ja’fiy rivoyat qilgan (Shuabul iymon, 4169; Shuningdek, bu hadis «Sunani Termiziy, 963» va Buxoriyning «Tarix al-kabir, 3/189» asarlarida ham biroz oʻzgarish bilan rivoyat qilgan. Ammo hadis sanadida zikr qilingn Xallod ibn Yazidni bir guruh muhaddislar «U ba’zan xato qiladi», deganlar. Hofiz Ibn Hajar ham «Taqrib»da: «Rostgo‘y, lekin ba’zan xato qiladi», deganlar. Shu sababli Imom Termiziy «Bu hasan hadis, ammo uni faqat shu sanad bilan bilamiz», deganlar.
Fuqaholar Zamzam suvida tahorat qilish durust ekaniga ittifoq qilganlar. Ammo bu suvga nisbatan hurmatsizlikni ifoda qiluvchi ishlarda, masalan, najosatni ketkazish uchun qoʻllanishdan qaytarishgan. Alloma Buhutiy rahimahulloh o‘zining «Kashshof al-qino’» kitobida aytadi: «Shuningdek, Zamzam suvini nopokliklarni ketkazish uchun ishlatish makruh hisoblanadi, chunki bu suvga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozim. Biroq, uni tahorat olish uchun ishlatish makruh emas. Bu haqda Ali roziyallohu anhu shunday deydilar:
«So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Tavoful ifoza»ni ado etdilar va Zamzam suvidan bir chelak keltirishni buyurdilar. U zot undan ichdilar va tahorat oldilar» (Ahmad, 564; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Shu’ayb Arnaut taxriji», 564).
Hofiz Saxoviy rahimahulloh «Al-Maqosid al-Hasana» kitobida aytadi: «Odamlar orasida: «Zamzam suvining fazilati u o‘zining asl joyida turganida bo‘ladi, agar boshqa joyga olib borilsa, o‘zgarib qoladi», degan gaplar yuradi. Bu asossiz gapdir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Suhayl ibn Amrga maktub yozib: «Agar mening maktubim senga kechasi yetib borsa, tongga qolmay, kunduzi yetib borsa, kechga qolmay menga zudlik bilan Zamzam suvi yubor», deganlar. Ushbu hadisga ko‘ra, u ikki mesh suv yuborgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu maktubni Makka fathidan oldin, Madinada yozganlar. Bu hadis uni quvvatlovchi shohidlari bo‘lgani uchun hasan hadis hisoblanadi. Shuningdek, Oisha raziyallohu anho ham Zamzam suvini o‘zi bilan olib yurar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham shunday qilganlarini, idish va meshlarda olib yurib, bemorlarga quyib, ichirganlarini xabar berganlar. Ibn Abbos mehmon kelganda, ularga Zamzam suvidan tortiq qilar edi. Atodan Zamzam suvini oʻzi bilan olib yurish haqida so‘rashganda, u: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, Hasan va Husayn roziyallohu anhumolar ham oʻzlari bilan Zamzam olib yurganlar», deb javob bergan.
Alloh bilguvchiroqdir.

Bu javob foydali bo’ldimi?