Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Sport, koʻngilochar va dam olish qoidalari » Futbol va konsert chiptalari oldi sotdisi hukmi
Fatvo: 169383

O'qildi: 255

02.01.2026

/ 13 Rajab 1447

Fatvo mavzusi: »

Futbol va konsert chiptalari oldi sotdisi hukmi

Savol

Men chiptalarni sotib olgandan soʻng ularni qayta sotish va bundan foyda olish joizmi, deb soʻramoqchi edim. Men chiptalarni sotuvdagi narxida sotib olib, keyin ularning qiymati oshganda bozor narxida sotib, foyda koʻraman. Bu, ayniqsa, sport sohasida, oʻyinlar va konsertlarni tashkil etish sohasida keng tarqalgan. Lekin yaqinda bu pullar sharʼan harom ekanligi haqida oʻylay boshladim. Bu haqda batafsil tushuntirish bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Chipta sotish va undan foyda olishning hukmi, chipta sotib olingan joylarga borishning hukmiga bogʻliq. Agar u joyga tomosha qilish uchun borish joiz boʻlsa, chipta sotib olib, keyin uni foyda koʻrish maqsadida sotish ham joizdir. Agar u joylarda munkar va harom ishlar mavjudligi sababli borish joiz boʻlmasa, u holda bu joylarga hatto tekinga borish ham, chipta sotib olish va uni nafaqat musulmonlarga, hatto gʻayridinlarga sotish ham joiz emas.

Siz zikr qilgan misollarga (sport oʻyinlari va konsertlarga) nazar soladigan boʻlsak, ular – aksariyat hollarda – musulmon kishiga borishi va u yerdagi narsalarni tomosha qilishi halol boʻlmagan joylardir; chunki ular ochiq-oydin munkar ishlarni oʻz ichiga oladi:

Sport sohasiga kelsak: avratlarning ochilishi, erkak va ayollarning aralashuvi, farz amallarning, sharʼiy vojibotlarning zoye qilinishidan xoli boʻlgan oʻyin deyarli topilmaydi. Bundan tashqari, aqlli kishiga maxfiy boʻlmagan boshqa buzuqliklar ham mavjud. Oʻsha sport oʻyinlarining eng mashhurlaridan biri «futbol»dir. Shayx Ziyob al-Gʻomidiy — hafizahulloh — «Futbolning haqiqati» kitobida bu oʻyinning hukmi haqida batafsil toʻxtalib, bu oʻyinning qirq bir mahzurini yetarlicha tafsilot bilan bayon qilgan. Kim bu oʻyinning asl mohiyati va zararlarini bilishni istasa, oʻsha kitobga murojaat qilsin.

Sport musobaqalarini tomosha qilish, ularning kanallarini koʻrish, ulardagi fasodlar hamda sport klublarini qoʻllab-quvvatlash hukmi haqida quyidagi savollarga berilgan javoblarga qarang: 95280, 82718, 84291, 75644, 22636 va 22305.

Konsertlarga kelsak: Agar siz erkaklar va ayollar aralash holda, qoʻshiq va yasan-tusan (tabarruj) boʻladigan konsertlarni nazarda tutayotgan boʻlsangiz, musulmon kishiga bunday joylarga borish va uning chiptalarini sotish halol emas. Shuningdek, bu hukm Allohga osiy boʻlinadigan har qanday joyga ham taalluqlidir.

Musulmon kishi molining halol boʻlishiga haris boʻlmogʻi lozim. Zero, Ka’b ibn Ujra rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

عَنْكَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا كَعْبُ بْنَ عُجْرَةَ! إِنَّهُ لَا يَرْبُو لَحْمٌ نَبَتَ مِنْ سُحْتٍ إِلَّا كَانَتِ النَّارُ أَوْلَى بِهِ»

«Ey Ka’b ibn Ujra! Albatta, haromdan o‘sgan go‘shtga do‘zax haqliroqdir» (Sunani Termiziy, 614. Hadis hukmi: «Sahih». Manba: «Silsilatul-ahodisis-sahiha», 2609).

Vallohu aʼlam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Vafo savdosi joizmi?

    Vafo savdosi nima va uning hukmi qanday?
  • Oʻzida yoʻq molni sotish hukmi

    Sizning fikringizcha, «bay’u tasrif» (realizatsiyaga mol sotib olish) savdosi va chet eldan keltirilgan tovarlarni do‘konga yetib kelmasidan oldin sotishning islomiy hukmi qanday?
  • Chegirma kartasini sotib olish joizmi?

    Ba’zi kitob do‘konlari mijozlarga har oyda ma’lum miqdordagi pulni to‘lash evaziga ikki imtiyozni taklif qiladi: birinchidan, ularga islomiy huquqshunoslik (fiqh) va boshqa ixtisoslik fanlari bo‘yicha yangi kitoblar yetkazib beriladi; ikkinchidan, agar ular shu do‘konlardan xarid qilishni istasalar, o‘n foizlik chegirmaga ega bo‘ladilar. Bu amaliyotning shar’iy hukmi qanday?
  • Hayvonot bog‘iga borish joizmi?

    Hayvonlarning shakllari bilan zavqlanish va manzaralarini ko‘rish maqsadida hayvonot bog‘lariga tashrif buyurishning hukmi qanday?
  • Banklar uchun kompyuter dasturlarini ishlab chiqish hukmi

    Men dasturiy ta’minot tuzuvchisiman. Savolim: Riboga asoslangan bank uchun dastur tuzishim joizmi?