Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh ahkomlari » Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?
Fatvo: 1665

O'qildi: 43

Oktabr 9, 2025

/ 17 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?

Savol

Ayol kishi turmushga chiqishi shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolingizga javoban ba’zi musulmon faqihlarining bu mavzuda yozganlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

«Mavohib al-Jalil» kitobida shunday deyiladi: Agar ayol nikohsiz o‘z rizqini topa olmasa yoki o‘zini satr qila olmasa, unga nikohlanish vojib bo‘ladi.

«Ash-Sharh al-Kabir» kitobida vojib nikoh haqida shunday deyiladi: Agar kishi zino qilishdan qo‘rqsa, unga nikoh vojib bo‘ladi.

«Fath al-Vahhob» kitobida: Muhtoj ayolga, shuningdek, moddiy yordamga muhtoj va axloqsiz kishilarning tajovuzidan qo‘rqqan ayollarga nikoh sunnat hisoblanadi.

«Mug‘niy al-Muhtoj»da aytiladi: Zino qilishdan qo‘rqqanda nikoh vojib bo‘ladi… Shuningdek, nazr qilingan bo‘lsa, vojib bo‘ladi, degan fikr ham bor. So‘ngra ayol kishiga nisbatan bu masalaning hukmi haqida: Agar ayol nikohga muhtoj bo‘lsa; ya’ni nikoh istagi yoki moddiy ta’minot tufayli yoxud axloqsiz kimsalarning tajovuzidan qo‘rqsa… nikohlanishi mustahab sanaladi; chunki unda dinni muhofaza qilish, iffatni saqlash, moddiy ta’minotdan bahramand bo‘lish va boshqa manfaatlar mavjud.

Ibn Qudama rahimahulloh «Mug‘niy» kitobida aytadi: Bizning ashoblarimiz (hanbaliy mazhabi ulamolari) nikohning vojibligi borasida ixtilof qilishgan. Mazhabdagi mashhur fikr shuki, agar kishi nikohdan tiyilish bilan harom ishlarga tushib qolishdan qo‘rqmasa, nikoh vojib emas, aks holda u o‘zini poklashi lozim. Ko‘pchilik faqihlarning fikri shunday… Nikoh borasida uch toifa kishilar bor. Ulardan biri: nikohdan o‘zini tiyib, harom ishga tushib qolishdan qo‘rqqan kishi. Aksariyat fuqaholarning fikriga ko‘ra, bunday kishiga nikoh farz bo‘ladi, chunki u o‘zini poklashi va haromdan saqlanishi kerak, nikoh esa bunga erishish yo‘lidir.

«Subul as-Salam»da shunday deyilgan: Ibn Daqiq al-Idning aytishicha, ba’zi faqihlar buzilib ketishdan qo‘rqqan va nikohga qodir bo‘lgan kishiga nikoh vojibdir, deganlar… Demak, zinodan faqat nikoh orqali saqlana oladigan kishiga turmush qurish vojib bo‘ladi.

Hanafiy mazhabining mashhur «Badoe’ as-Sanoe’» kitobida shunday deyiladi: «Jinsiy aloqaga qattiq ehtiyoj tug‘ilgan holatlarda nikohning vojib boʻlishi borasida ixtilof yo‘q. Agar kimningdir shahvati juda kuchli bo‘lsa va sabr qila olmasa, mahr va moddiy yordam berishga qodir bo‘lsa-yu, nikohlanmasa, gunohkor bo‘ladi».

Yuqoridagi naqllardan nikoh vojib bo‘ladigan bir qancha holatlar ma’lum bo‘ldi. Agar siz: «Bu majburiyatni ayol qanday bajarishi mumkin, odatda erkak izlaydi, taklif qiladi va eshiklarni taqillatadi, bu ayolning vazifasi emas-ku?» deb so‘rasangiz, javob shuki: ayolning buni bajarish uchun qiladigan ishi – munosib sovchi kelganda turmushga chiqishdan bosh tortmaslikdir.

Musulmon ayollar va musulmon erkaklar Islomda nikohning katta ahamiyatga ega ekanligini tushunishlari kerak, shunda ular unga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshiradilar. Quyida bu haqda Imom Ibn Qudoma al-Maqdisiy rahimahullohning «Al-Mug‘niy» kitobidan yaxshi xulosa keltirilgan bo‘lib, u kishi aytadilar:

Bob: Nikohni mashru’ ekanining asosi Qur’on, Sunnat va ijmodir.

 

Qur’ondagi dalilga kelsak, Alloh taolo aytadi:

﴿فَانْكِحُوا مَا طَابَ لَكُمْ مِنَ النِّسَاءِ مَثْنَىٰ وَثُلَاثَ وَرُبَاعَ﴾

«Sizlar uchun nikohi halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar» (Niso: 3).

U Zotning yana bir oyati:

﴿وَأَنْكِحُوا الْأَيَامَىٰ مِنْكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ﴾

«O‘z oralaringizdagi tul-bevalarni hamda qul va cho‘rilaringizni yaxshilarini uylantiringlar» (Nur: 23).

 

Sunnatdagi dalilga kelsak:

عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: « قَالَ لَنَا رَسُولُ اللهِ : يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ، وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ، فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ ».

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga shunday dedilar: «Ey yoshlar! Sizlardan kim oila qurishga qurbi yetsa, uylansin, chunki bu (nikoh) eng ko‘zni tiyuvchi, eng farjni saqlovchi narsadir. Kimning qurbi yetmasa, ro‘za tutib yursin, chunki bu uning uchun tiyilishdir» (Sahihi Muslim, 1400).

Bundan boshqa yana bir qancha oyat va hadislar bor. Musulmonlar nikoh mashru’ ekaniga ijmo qilganlar…

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu shunday deydi: «Agar umrimdan atigi o‘n kun qolganini va ularning oxirgi kunida vafot etishimni bilganimda ham, uylanishga imkonim bo‘lsa, fitnadan qo‘rqib albatta uylangan bo‘lardim».

Ibn Abbos roziyallohu anhu Said ibn Jubayr roziyallohu anhuga: «Uylan, chunki bu ummatning eng yaxshisi ko‘pxotinlik kishilardir», deb aytganlar.

Ibrohim ibn Maysara aytadi: «Tovus menga: «Yo uylanasan, yo senga Umar roziyallohu anhu Abu Zavoidga aytgan gapni aytaman: «Seni uylanishdan faqat ojizlik yoki fojirlik to‘sib turibdi», dedi».

Ahmad Marvaziyning rivoyatida: «Bo‘ydoqlik Islomdan emas», degan va: «Kim seni uylanmaslikka chaqirsa, u seni Islomdan boshqa narsaga chaqiribdi», deb aytgan.

Keyin u yana shunday deydi: Nikohning foydalari juda ko‘p, chunki u dinni himoya qilish va saqlash, ayollarni himoya qilish va asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, nasl qoldirish, ummatni ko‘paytirish, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning faxrlanishlarini ro‘yobga chiqarish va boshqa ko‘plab foydalarni o‘z ichiga oladi…

Aziz savol beruvchi singlim! Shundan ko‘rinib turibdiki, nikohning foydalari va afzalliklari shu qadar ko‘pki, oqila muslima ayol bu ishni kechiktirmasligi kerak, ayniqsa, taqvodor va axloqli kishi sovchi bo‘lib kelsa.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

    Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?
  • Er-xotin orasidagi jinsiy aloqalarning me’yori

    Er-xotin nikoh kechasida jinsiy aloqa qilishi mumkinmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, er xotini bilan bir haftada qancha marta jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin, bir martami yo ko‘proq yoki kamroqmi? Iltimos, so‘ramoqchi bo‘lgan narsani ifodalash uchun boshqa so‘z topa olmadim.
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?
  • Otaning roziligi va kuyovning Islomni qabul qilishi – muslima ayolga uylanishning shartidir

    Men musulmonman va singlim nasroniy kishi bilan unashtirilgan, u rozi bo‘lgan va ular nikoh qilishmoqchi. Erkak Islomga kirmoqchi. Nima qilishni bilmayapman. Bu nikohga qarshi chiqishga haqqim bormi? Ota-onam bu nikohga mutlaqo qarshi va juda tashvishda, asosan erkak boshqa madaniyatdan kelgani va bizga qarindosh emasligi sababli. Iltimos, nima qilishim kerakligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman, chunki men xavotirdaman va vaqt tez o‘tib bormoqda. Rahmat.
  • Musulmon xotiniga kirishni istaganda nima qilishi kerak?

    Nikoh qanday bo‘lishini bilmoqchiman. Ya’ni, to‘y marosimi qanday o‘tkazilishi kerak? Qancha mehmon taklif etiladi? Belgilangan miqdor bormi? To‘y marosimi paytida, mehmonlarni kutib olish marosimida yoki ziyofatda musiqa qo‘yish joizmi? Shuningdek, to‘y marosimi va mehmondorchilikni tashkil etish kimning zimmasida ekanligini ham aytib oʻtsangiz. Bu kuyovning vazifasimi yoki kelinning vazifasimi? Javobni iloji boricha tezroq bilishni istardim, toki oilamga ma’lumot bera olishim va Allohning izni bilan, buni hayotga tatbiq etishim uchun. Shoyad Alloh menga va nikohimga baraka bersa.
  • Domlasiz nikoh oʻqitsa boʻladimi?

    Agar nikoh aqdi rasmiy shaxs, masjid imomi yoki biror din arbobi ishtirokisiz tuzilgan bo‘lsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?