Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1608

O'qildi: 33

Oktabr 9, 2025

/ 17 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Hayvonot bog‘iga borish joizmi?

Savol

Hayvonlarning shakllari bilan zavqlanish va manzaralarini ko‘rish maqsadida hayvonot bog‘lariga tashrif buyurishning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hayvonlarni qafaslarda saqlash joiz degan fikrga asoslanib, hozirgi kunda «hayvonot bog‘lari» deb ataladigan, hayvonlarning turli ko‘rinishlari, shakllari, turlari va ranglaridan zavqlanish maqsadida ularni namoyish etuvchi maxsus joylarga tashrif buyurish joizdir.

Agar tashrif buyurishdan maqsad va sabab Alloh taoloning yaratgan maxluqotlarini kuzatib, ularning yashash tarzi va tabiatini o‘rganish orqali U Zotning oyatlari haqida tafakkur qilish bo‘lsa, bunday ziyoratlar mustahab va mandub amal, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu, shubhasiz, kuzatuvchining ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, Rabbisiga va Uning qudrat, azamat, hikmat kabi oliy sifatlariga bo‘lgan iymoni ziyoda bo‘ladi.

Bunday bog‘larga tashrif buyurishning foydali natijalarini tushunib, Qur’onning koinotning ulug‘vorligi va undagi ulkan hamda mayda jonzotlar haqida tafakkur qilishga undashidagi hikmatni anglaymiz. Alloh taolo aytadi:

﴿أَوَلَمْ يَنْظُرُوا فِي مَلَكُوتِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ اللَّهُ مِنْ شَيْءٍ﴾

«Samovot va Yer mamlakatlari haqida, Alloh yaratgan narsalar to‘g‘risida o‘ylamaydilarmi?!» (A’rof: 185).

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ سَلَامٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تُفَكِّرُوا فِي اللهِ ، وَتَفَكَّرُوا فِي خَلْقِ اللهِ» وفي الرواية: «تَفَكَّرُوا فِي آلاءِ اللَّهِ وَلا تَفَكَّرُوا فِي اللَّهِ»

Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Allohning zoti haqida emas, balki Uning yaratganlari borasida tafakkur qilinglar» («At-targʻib vat-Tarhib», 673; ; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «As-silsila as-Sahiha», 1788).

Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, hayvonot bog‘larida ko‘plab nomaqbul holatlar, jumladan, erkaklar va ayollarning aralashib ketishi kuzatiladi. Hatto erkaklar va ayollar uchun alohida kunlar ajratilgan joylarda ham ayrim ayollar hatto boshqa ayollar oldida kiyishi joiz bo‘lmagan kiyimlarni kiyib olishadi. Shu bois, biz bu joylarda da’vat dasturlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Shunda yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish vazifamizni bajarib, bu joylarda Islomga zid bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakaatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlaymiz.

Isloh qilish imkoni bo‘lmagan mamlakatlardagi hayvonot bog‘lariga kelsak, musulmon kishi farzandlarini olib borish uchun munosib vaqtni tanlashi lozim, aks holda u buzuqlik joylaridan uzoq turishi, o‘zini va farzandlarini diniga zarar yetkazadigan narsalarni ko‘rishdan asrashi kerak.

Alloh muvaffaqiyat beruvchi Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar