Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 154850

O'qildi: 132

27.01.2026

/ 8 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Shaʼboniyya nima?

Savol

Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni:

Baʼzi kishilar Shaʼbon oyining soʻnggi kunlarini «Shaʼboniyya» deb atab, «Bu kunlar ovqatlanish bilan xayrlashuv kunlari», deyishadi va Ramazon boshlanishidan oldin ovqatlanishni gʻanimat hisoblashadi. Holbuki, Shaʼbon oyining oʻrtasida ham, oxirida ham biror bayram yoki maxsus ibodat yoʻq. Savolda zikr qilingan amalni qilish bidʼat va dindagi yangiliklardandir.

 

Javob:

Alloh taologa hamd-u sanolar, Paygʻambarimizga salavot va salomlar boʻlsin.

 

Shaʼbon oyining 15-kechasini nishonlash hukmi

Baʼzi musulmonlar Shaʼbon oyining 15-kunini nishonlaydilar, uning kunduzini roʻza tutib, kechasini ibodat bilan oʻtkazadilar. Bu haqda nosahih hadis kelgan, shuning uchun ulamolar bu kunni bayram qilib oʻtkazishni bidʼat sanaganlar.

Shotibiy rahimahulloh aytadi: «Demak, bidʼat – bu dinda ixtiro qilingan, shariatga oʻxshash bir yoʻl boʻlib, unga ergashish orqali Alloh subhanahu va taologa ibodatda mubolagʻa qilish maqsad qilinadi. Ulardan biri – muayyan kayfiyat va holatlarni lozim tutish, masalan, bir ovozda jamoaviy zikr qilish, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning tugʻilgan kunlarini bayram qilish va shunga oʻxshash ishlar. Ulardan yana biri – shariatda tayin qilinmagan muayyan vaqtlarda muayyan ibodatlarni lozim tutish, masalan, Shaʼbon oyining 15-kunida roʻza tutishni va uning kechasida ibodat qilishni lozim tutish» («Eʼtisom», 1/37-39).

Muhammad Abdussalom Shuqayriy dedilar: «Imom al-Fattaniy «Tazkirat al-mavzuʼot»da aytadi: Shaʼbonning 15-kechasida yangi oʻylab topilgan ibodatlardan biri – ming rakaatlik namoz va unda jamoat bilan oʻn martadan «Ixlos» surasini oʻqib yuz rakaat namoz oʻqishdir. Ular bunga juma va hayit kunlaridan ham koʻproq eʼtibor berishadi, holbuki bu haqda zaif yoki toʻqimadan boshqa biror xabar yoki asar kelmagan. «Quvtul qulub» sohibi Abu Tolib Makkiy, «Ihyo ulumiddin» sohibi Gʻazzoliy va boshqalarning uni zikr qilganiga, shuningdek, Saʼlabiy tafsirida uning Qadr kechasi ekanini zikr qilganiga aldanmaslik kerak.

Iroqiy aytadi: Shaʼbonning 15-kechasi namozi haqidagi hadis botildir. Uni Ibn Javziy «al-Mavzuʼot»da keltirgan.

Shaʼbonning 15-kechasi namozi va duosi haqida fasl: Hadis:

إِذَا كَانَتْ لَيْلَةُ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ فَقُومُوا لَيْلَهَا وَصُومُوا نَهَارَهَا

«Qachonki Shaʼbonning 15-kechasi kelsa, uning kechasini ibodat bilan oʻtkazinglar va kunduzida roʻza tutinglar». Hadisni Ibn Moja Aliydan rivoyat qilgan. Uning sharhlovchisi aytadi: «Zavoid» toʻplamida keltirilgan ushbu hadisning isnodi Ibn Abu Basraning zaifligi tufayli zaif hisoblanadi. Ahmad va Ibn Mayin u haqida: «U hadislarni toʻqib chiqaradi», degan fikrni bildirganlar.

Shaʼbonning 15-kechasida baloni daf qilish, umrni uzaytirish va odamlardan behojat boʻlish niyatida olti rakaat namoz oʻqish, «Yosin» surasini oʻqish va orasida duo qilish: shak-shubhasiz, bu dinda yangilik va Sayyidul Mursalin sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga xilofdir. «Ihyo ulumiddin» shorihi aytadi: Bu namoz mutaaxxir soʻfiy sayyidlarning kitoblarida mashhurdir. Men unga va uning duosiga sunnatda biror sahih asos koʻrmadim, faqat u «mashoyixlar»ning amalidandir. Bizning asʼhoblarimiz aytganlarki, bu zikr qilingan kechalardan birini masjidlarda va boshqa joylarda jamoat boʻlib oʻtkazish makruhdir.

Najm al-Gʻaytiy Shaʼbon oyining 15-kechasini jamoat bilan oʻtkazishning koʻrinishi haqida aytadi: Hijoz ahlidan boʻlgan aksar ulamolar, jumladan Ato, Ibn Abu Mulayka, Madina fuqaholari va Molik asʼhoblari bu amalni inkor qilganlar va: «Bularning hammasi bidʼat, bu kechani jamoat boʻlib oʻtkazish haqida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ham, u zotning asʼhoblaridan ham hech narsa sobit boʻlmagan», deganlar. Imom Navaviy aytadi: «Rajab va Shaʼbon namozlari ikki munkar va qabih bidʼatdir…» («Sunan val-mubtadaʼot», 144-bet).

Fattaniy rahimahulloh yuqorida naql qilingan soʻzlaridan keyin aytadi: «Avom xalq bu namozga shu darajada ixlos qoʻygan ediki, koʻp miqdorda yoqilgʻi ishlatishga toʻgʻri kelardi. Oqibatda gunoh va harom ishlarning koʻpayishi shu darajaga yetdiki, taʼriflashga til ojiz. Hatto avliyolar ham yer yutib yuborishidan qoʻrqib, choʻllarga qochib ketishgan. Bu namoz birinchi marta Baytul Maqdisda hijriy toʻrt yuz qirq sakkizinchi yilda paydo bo’lgan. Zayd ibn Aslam aytadi: «Biz mashoyixlarimiz va fuqaholarimizdan birortasining Baroat kechasiga yoki uning boshqa kechalardan afzalligiga eʼtibor qaratganini koʻrmadik». Ibn Dihya aytadi: «Baroat namozi haqidagi hadislar toʻqima boʻlib, ulardan biri maqtuʼdir. Kim yolgʻonligi maʼlum boʻlgan rivoyatga amal qilsa, demak, u shaytonning xizmatkorlaridandir» («Tazkirat al-mavzuʼot» lil-Fattaniy, 45-bet. Qarang: «al-Mavzuʼot» li-Ibn al-Javziy (2/127), «al-Manor al-munif fis-sahih vaz-zaʼif» li-Ibn al-Qayyim (98-bet), «al-Favoid al-majmuʼa» lish-Shavkoniy (51-bet).

 

Shaʼboniyya nima?

Baʼzi kishilar Shaʼbon oyining soʻnggi kunlarini «Shaʼboniyya» deb atab, «Bu kunlar ovqatlanish bilan xayrlashuv kunlari», deyishadi va Ramazon boshlanishidan oldin ovqatlanishni gʻanimat hisoblashadi. Ayrim tilshunoslarning taʼkidlashicha, bu odat dastlab nasroniylardan oʻzlashtirilgan, chunki ular oʻz roʻzalaridan oldin shunga oʻxshash amallarni bajarishgan.

Xulosa shuki, shaʼbon oyida, uning oʻrtasida ham, oxirida ham biror bayram yoki maxsus ibodat yoʻq. Bunday amallar bilan shugʻullanish bidʼat va dinga yangilik kiritishdir.

Manba: Islom savol va javob

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin qazo roʻza tutish joizmi?

    Homiladorlik va tugʻruq sababli Ramazon oyiga toʻgʻri kelgan koʻp kunlik Ramazon roʻzasi qazolarim bor edi. Allohga hamd boʻlsin, ularni tutdim, faqat oxirgi yetti kun qoldi. Ulardan uchtasini Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasidan keyin tutdim va qolganini Ramazondan oldin tugatmoqchiman. Sizning saytingizda Shaʼbonning ikkinchi yarmida roʻza tutish faqat roʻzaga odatlangan kishi uchun joiz ekanini oʻqidim. Alloh sizni mukofotlasin, menga maslahat bering, zimmamdagi kunlarning roʻzasini tugataymi yoki yoʻqmi? Agar javob «yoʻq» boʻlsa, tutgan uch kunimning hukmi nima, ularni qaytadan qazo qilamanmi?