O'qildi: 38
Oktabr 4, 2025
/ 12 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Qurʼon tilovati odoblari
Savol
Qur’onni ovoz chiqarmasdan o‘qish uchun birgalikda yig‘iladigan odamlar bor. Har bir kishi Qur’onning bir juzini o‘qiydi va shu yig‘ilishda butun Qur’on o‘qib bo‘linganini da’vo qiladi. Bu amal joizmi yoki bid’at hisoblanadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Men bu amalni nojoiz deb hisoblayman va bunday amal salaflardan rivoyat qilinganini eslay olmayman. Inson faqat o‘zi o‘qigan yoki foyda olish maqsadida diqqat bilan tinglagan narsasi uchungina savob oladi. Ammo birov boshqalar tinglamagan narsani o‘qisa, savobi faqat o‘quvchiga bo‘ladi. Bu kishilar Qur’onni xatm qilgan hisoblanmaydi, balki har biri bir juzdan o‘qigan bo‘ladi va faqat shuning uchun savob oladi. Shu sababli, ular bu amaldan tiyilishlari lozim. Buning o‘rniga, yo ulardan biri o‘qib, qolganlari tinglashi, yoki har kim mustaqil ravishda o‘zi uchun o‘qishi kerak.
Bu javob foydali bo’ldimi?