Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Salomlashish odobi » Musulmonligi noma’lum shaxsga salom beriladimi?
Fatvo: 1504

O'qildi: 30

Oktabr 4, 2025

/ 12 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Musulmonligi noma’lum shaxsga salom beriladimi?

Savol

Tasodifan biror kishi bilan uchrashib qolsam va uning musulmon yoki g‘ayridinligini bilmasam, unga salom berishim kerakmi? Yoki u menga salom bersa, uning salomiga alik olishim kerakmi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hadisi sharifda vorid boʻlishicha:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو : «أَنَّ رَجُلًا سَأَلَ النَّبِيَّ : أَيُّ الْإِسْلَامِ خَيْرٌ؟ قَالَ: تُطْعِمُ الطَّعَامَ، وَتَقْرَأُ السَّلَامَ عَلَى مَنْ عَرَفْتَ وَمَنْ لَمْ تَعْرِفْ».

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi Islom (amali) yaxshiroq?» deb so‘radi. U zot: «Taom berishing hamda tanigan-tanimaganingga salom berishing», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 12).

Ammo bu faqat musulmonlarga yoki tashqi ko‘rinishidan Islom ahlidan bo‘lib ko‘rinayotganlarga taalluqlidir. Yahudiy va nasroniylarga salom berishdan qaytarilgan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «لَا تَبْدَءُوا الْيَهُودَ وَلَا النَّصَارَى بِالسَّلَامِ، فَإِذَا لَقِيتُمْ أَحَدَهُمْ فِي طَرِيقٍ فَاضْطَرُّوهُ إِلَى أَضْيَقِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yahudiy va nasorolarga birinchi boʻlib salom bermanglar. Ko‘chada ulardan biriga duch kelib qolsangiz, (yo‘lning) tor qismidan yurishga majbur qiling», dedilar» (Sahihi Muslim, 2167).

Shuningdek, boshqa hadisda:

أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ : «إِذَا سَلَّمَ عَلَيْكُمْ أَهْلُ الْكِتَابِ فَقُولُوا: وَعَلَيْكُمْ».

Anas ibn Molik roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ahli kitoblar sizlarga salom bersa, «Va alaykum», denglar», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6258).

Biroq, o‘sha davrlarda musulmonlar g‘ayridinlardan kiyimlari va tashqi ko‘rinishlari bilan ajralib turar va musulmonlarga o‘xshashdan man qilinar edilar. Ammo bugungi kunda, afsuski, ko‘plab musulmonlar ularga o‘xshab qoldi va endi musulmonlarni nasroniylardan ajratish qiyin bo‘lmoqda. Alloh xohlagan bandalardan tashqari, deyarli hamma kiyinishda, soqol olishda, bosh ochiq yurishda yoki shlyapa yoxud kepka kiyishda bir xil bo‘lib qoldi. Shuning uchun ish shubhali qoladi. Agar mushrikka o‘xshagan kishi sizga salom bersa, «Va alaykum» deb javob bering, ammo birinchi bo‘lib salom bermang, chunki uning dini gumonli bo‘lgani uchun unga birinchi bo‘lib salom bermang. Agar ular sizni koyisa, uzr so‘rang, chunki siz ularning musulmon yoki nasroniy ekanligini bilmaganingiz uchun uzrli hisoblanasiz. Buning sababi shuki, ular musulmoncha kiyimlarni tark etib, nasroniylar va boshqalarga xos liboslarni afzal ko‘rishgan.

Unga ushbu hadis haqida xabar bering:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6149),

Shuningdek, unga kofirlardan ajrab turishni va o‘zining ota-bobolari, ajdodlari hamda musulmon ulamolari singari musulmonlarga xos ziynatlar bilan bezanishni maslahat bering.

Agar u o‘z qarashlarida qat’iy turib olsa, demak, uning qalbiga nasroniylarning ta’limoti singib, ularga taqlid qilgan, musulmonlarga past nazar bilan qarab, ularga qarshi chiqibdi. Biroq, bu bilan u faqat ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni qabul qilgan, xolos. Bu esa uning o‘sha kofirlarga mahliyo bo‘lganini va ular dunyoviy bilimlar, kashfiyotlar va shunga o‘xshash yutuqlarni o‘zlarining botil dinlari orqali qo‘lga kiritganiga ishonganini ko‘rsatadi. U jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki musulmonlar aqlliroq va ishlash hamda ixtiro qilishga ko‘proq qodir. Shu sababli, mushriklarga aldanib qolmaslik lozim.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar