Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1496

O'qildi: 103

03.10.2025

/ 11 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Ayollarning niqob taqish shartlari

Savol

Niqob nima va uning hukmi qanday? U Islomning dastlabki davrida mavjud bo‘lganmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ayol kishining yuzini yopish majburiyati 2198-raqamli savolda muhokama qilingan, iltimos, o‘sha savolga murojaat qiling. Niqobga kelsak, u ko‘z atrofida maxsus teshiklari bo‘lgan yopinchiqdir. Bu Islomning dastlabki davrlarida musulmon ayollari orasida keng tarqalgan kiyim turi edi. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ehromdagi ayollarga taqiqlangan narsalar haqidagi hadislarida tilga olingan.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ قَالَ: «قَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَاذَا تَأْمُرُنَا أَنْ نَلْبَسَ مِنَ الثِّيَابِ فِي الْإِحْرَامِ؟ فَقَالَ النَّبِيُّ : لَا تَلْبَسُوا الْقَمِيصَ، وَلَا السَّرَاوِيلَاتِ، وَلَا الْعَمَائِمَ، وَلَا الْبَرَانِسَ، إِلَّا أَنْ يَكُونَ أَحَدٌ لَيْسَتْ لَهُ نَعْلَانِ فَلْيَلْبَسِ الْخُفَّيْنِ، وَلْيَقْطَعْ أَسْفَلَ مِنَ الْكَعْبَيْنِ، وَلَا تَلْبَسُوا شَيْئًا مَسَّهُ زَعْفَرَانٌ وَلَا الْوَرْسُ، وَلَا تَنْتَقِبِ الْمَرْأَةُ الْمُحْرِمَةُ، وَلَا تَلْبَسِ الْقُفَّازَيْنِ».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli, ehrom uchun qanday kiyimlarni kiyishimizga buyurasiz?» dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘ylak, shalvarlar, sallalar va burnuslarni (qalpoqli bosh kiyim, kapyushon) kiymanglar. Faqat biror kishining shippagi yo‘q bo‘lsa, maxsi kiyib, to‘piqdan pastini kesib tashlasin. Za’faron va vars tekkan narsani kiymanglar. Ehromdagi ayol niqob tutmasin, qo‘lqop kiymasin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1838).

Ba’zi ulamolar ayol kishilar yo‘lni ko‘rish uchun chap ko‘zini ochib olishlariga ruxsat berganlar. Agar ikkala ko‘zni ochish zarur bo‘lsa, teshikni faqat ko‘z o‘lchamiga moslab ochish lozim. Ehtiyot bo‘lish kerakki, niqobni ikkita keng teshik qilib olmaslik kerak, chunki bu ayolning ko‘zlarining go‘zalligini namoyon qilishi va uni ayolning ziynatini yopadigan hijob o‘rniga vasvasaga sabab bo‘ladigan vositaga aylantirib qo‘yishi mumkin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayollar yuzini ochishi joiz bo‘lgan holatlar

    Ma’lumki, ulamolar orasida ayol kishining yuzini yopishi farz ekanligi haqidagi qarash quvvatliroq sanaladi. Biroq, shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, ayol kishi yuzini yopa olmaydi. Ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
  • Sharʼiy hijobning shartlari

    Ayol kishi haqiqiy muslima deb atalishi uchun uning libosi qanday boʻlishi kerak?