O'qildi: 47
Sentabr 27, 2025
/ 5 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Qarindoshlik aloqalarini mustahkamlash
Savol
Singlim eri hali musulmon bo‘lmay turib, Islomni qabul qildi va hozirda eri unga harom ekanini bilmaydi. Erim unikiga borishimga ruxsat bermayapti, uning bu ishi to‘g‘rimi? Men eri uyda yo‘q paytda uni ko‘rgani bormoqchiman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Quyida ayol kishining qarindosh-urug‘chilik aloqalarini bog‘lashi va eri qarshilik ko‘rsatsa uning tutadigan yoʻli borasida ba’zi tafsilotlarni keltiramiz:
Qarindosh-urug‘chilik aloqalarini bog‘lash hatto ayol kishi uchun ham uning imkoniyati miqdorida vojibdir. Shu sababdan erkak kishi xotini yoki qizini qarindoshlar ziyoratidan to‘sishi joiz emas.
Agar erkak kishi xotinini yoki qizini ziyorat qilishdan qaytarsa-yu, lekin xat orqali yoki birov orqali salom yetkazishga yoki sovg‘a yuborishga ruxsat bersa, ayol shunday qilishi lozim. Ayol kishi sovg‘a joʻnatmasdan, faqat salom aytib yuborishining oʻzi ham kifoya. Agar salom aytib, ham sovg‘a yuborsa, bu afzalroqdir.
Agar sovg‘a joʻnatishdan to‘sib, salom yuborishga ruxsat bersa, salom yuborsin. Agar sovg‘a joʻnatishga ruxsat berib, salom yuborishdan to‘ssa, sovg‘a yuborsin. Agar qarindoshlarining ziyoratiga borishga ruxsat bersa, borsin.
Agar er xotinini aloqani davom ettirish bilan bog‘liq barcha narsadan to‘ssa, Yaratganga Uning maxluqlariga itoatsizlik orqali itoat etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ayol eriga yoki otasiga eng kam yoqmaydigan usulda – sovg‘alar yuborish yoki salom yo‘llash orqali aloqada bo‘lsin. Agar qo‘rqsa, buni yashirincha qilsin. Agar qarindoshlari qiyin ahvolga tushib qolsa, qanchalik mushkul bo‘lmasin, hatto eri taqiqlagan bo‘lsa ham, ularga yordam berishi lozim.
O‘lim, yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish kabi musibatli kunlarda hamdardlik, ta’ziya bildirib, silai rahm qilsin. Ta’ziya bu sabrga chaqirishdir. Shuningdek, quvonch va shodlik paytlarida tabriklar orqali aloqani bog‘lasin. Tabrik – bu ularni xursand qiladigan narsalarning muborak, oson, pok va g‘am-tashvishsiz bo‘lishi uchun duolardir. Bu musofirchilikdan qaytish yoki nikoh kabi hodisalarga taalluqlidir.
Biroq, ayol kishining nomahram erkaklar (masalan, amakivachchalari, xolavachchalari) oldida ziynatlanishi, ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilishi joiz emas. U tabrik yoki ta’ziyalarni to‘siq ortidan, ovozida erkaklarga xos ohang bo‘lmagan va fitnadan xoli tarzda yetkazishi yoki boshqa odam orqali bildirishi lozim. Ayol kishi dafn marosimlarida qatnashishi shart emas.
Er xotinining qarindoshlari bilan aloqada bo‘lishiga, hatto uydan chiqib, ularnikiga borishiga ham to‘sqinlik qilishi joiz emas. Ammo turmush qurgan ayol faqat erining, turmush qurmagan qizlar esa otasining ruxsati bilan uydan chiqishi lozim. Agar eri to‘sqinlik qilsa, ayol eriga yumshoqlik bilan tushuntirib, shariat maqsadi bo‘lgan silai rahmga erishishga harakaat qilishi kerak.
Allohdan barchaning ahvolini isloh qilishini so‘raymiz.
Bu javob foydali bo’ldimi?