Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Haj va umra masalalari » Haj va umra ahkomlari » Shaʼbonda umraga ehrom bogʻlab, uni ramazonda ado etsa, ramazondagi umraning ajri beriladimi?
Fatvo: 141234

O'qildi: 158

26.01.2026

/ 7 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Shaʼbonda umraga ehrom bogʻlab, uni ramazonda ado etsa, ramazondagi umraning ajri beriladimi?

Savol

Shaʼbon oyining soʻnggi kuni shom azoni aytilishidan oldin bir kishi umra uchun ehromga kirdi. Shom namozidan keyin esa Ramazon oyi boshlanganini eʼlon qilishdi. Bu kishining umrasi Ramazon umrasi hisoblanadimi yoki yoʻqmi? Vaziyat quyidagicha: u quyosh botishidan avval niyat qilib ehromga kirgan va Ramazon kechasida umrani ado etgan.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni:

Ramazondagi umraning ajri ulugʻdir, u ham boʻlsa hajning savobidir. Musulmon kishi oʻsha buyuk ajrga erishishi uchun umraga ehrom bogʻlab, uning amallarini Ramazon oyida ado etishi lozim. Shaʼbonning oxirgi kunida ehrom bogʻlab, amallarini Ramazonda ado etsa yoki Ramazonda ehrom bogʻlab, amallarini Shavvolda ado etsa, umrani Ramazon oyida ado etgan hisoblanmaydi.

 

Ramazondagi umraning fazilati

Ramazondagi umraning ajri ulugʻdir, u ham boʻlsa hajning savobidir:

عَنْ عَطَاءٍ قَالَ: سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ ﵄ يُخْبِرُنَا يَقُولُ: «قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ لِامْرَأَةٍ مِنَ الْأَنْصَارِ، مَا مَنَعَكِ أَنْ تَحُجِّينَ مَعَنَا؟ قَالَتْ: كَانَ لَنَا نَاضِحٌ فَرَكِبَهُ أَبُو فُلَانٍ، وَابْنُهُ لِزَوْجِهَا وَابْنِهَا، وَتَرَكَ نَاضِحًا نَنْضَحُ عَلَيْهِ، قَالَ: فَإِذَا كَانَ رَمَضَانُ اعْتَمِرِي فِيهِ، فَإِنَّ عُمْرَةً فِي رَمَضَانَ حَجَّةٌ، أَوْ نَحْوًا مِمَّا قَالَ».

Atodan rivoyat qilinadi: «Ibn Abbos roziyallohu anhumoning bizga xabar berib shunday deyayotganini eshitdim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ansoriya ayolga «Biz bilan birga haj qilishingga nima moneʼlik qildi?» dedilar. U: «Bizning suv tashiydigan tuyamiz bor edi. Uni Abu Fulon va uning oʻgʻli – oʻz eri va oʻgʻlini nazarda tutyapti – minib ketishdi. Suv tashishimiz uchun bir tuya qoldirishdi», dedi. U zot: «Ramazon boʻlganida umra qilgin, chunki Ramazondagi umra haj (kabi)dir», dedilar. Yoki shunga oʻxshash gap aytdilar» (Sahihi Buxoriy, 1782).

Boshqa rivoyatda:

«حَجَّةً مَعِي»

«Men bilan qilingan hajga (tengdir)», deyilgan. (Sahihi Buxoriy, 1863; Sahihi Muslim, 1256).

 

Musulmon kishi qachon Ramazondagi umraning ajriga erishadi?

Musulmon kishi oʻsha buyuk ajrga erishishi uchun umraga ehrom bogʻlab, uning amallarini Ramazon oyida ado etishi shart. Shaʼbonning oxirgi kunida ehrom bogʻlab, amallarini Ramazonda ado etsa yoki Ramazonda ehrom bogʻlab, amallarini Shavvolda ado etsa, Ramazon oyida umra qilgan hisoblanmaydi.

Bu ikki holatda umra qiluvchiga haj ajri berilmaydi:

Birinchi holat: Shaʼbon oyining oxirida umraga ehrom bogʻlab, amallarni Ramazon oyi kirganidan keyin ado etish.

Ikkinchi holat: Ramazonning oxirgi kuni quyosh botishidan oldin umraga ehrom bogʻlab, umra amallarini hayit kechasida ado etish.

Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedilar:

«Ramazonda umra qiluvchining umrasi ehrom bogʻlashdan boshlab to tugagunicha Ramazonda boʻlishi shart. Shu asosda boshqa bir misol olamiz:

Agar bir kishi Shaʼbonning oxirgi soatida miyqotga yetib kelib, umraga ehrom bogʻlasa, soʻng quyosh botib, quyosh botishi bilan Ramazon kirsa, soʻng Makkaga kelib, tavof va saʼy qilib, soʻng soch oldirsa, u Ramazonda umra qilgan hisoblanadimi?

Javob: Yoʻq, chunki u umrani Ramazon oyi kirishidan oldin boshlagan.

Uchinchi misol: Bir kishi Ramazonning oxirgi kuni quyosh botishidan oldin umraga ehrom bogʻlab, umra uchun tavof va saʼyni hayit kechasida qilsa, u Ramazonda umra qildi deyiladimi?

Javob: Yoʻq, chunki u Ramazonda umra qilmagan, chunki u umraning bir qismini Ramazondan tashqarida bajargan. Ramazondagi umra esa ehrom bogʻlashdan boshlab to tugagunicha (Ramazonda) boʻlishi lozim» («Majmuʼ al-fatovo li-Shayx al-Usaymin», 21/352, 353).

Manba: Islom savol va javob

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?