Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Maʼnaviy koʻrsatmalar » Tavba » Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?
Fatvo: 1397

O'qildi: 1,025

22.09.2025

/ 30 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi: »

Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

Savol

Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ha, Alloh uning namozi, ro‘zasi, sadaqasi va boshqa solih amallarini qabul qiladi, shuningdek, Alloh taolo aytganidek, uning tavbasini ham qabul qiladi:

﴿وَهُوَ الَّذِي يَقْبَلُ التَّوْبَةَ عَنْ عِبَادِهِ وَيَعْفُو عَنِ السَّيِّئَاتِ وَيَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ ۝٢٥﴾

«U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan Zotdir» (Sho‘ro: 25).

Biroq bu odamning tavbasi samimiy bo‘lishi shart. U chindan ham qilgan ishidan pushaymonmi? Gunohni takrorlamaslikka qat’iy ahd qilganmi? O‘zini gunohga yetaklashi mumkin bo‘lgan barcha narsalardan, masalan, munosabatlar, manzillar, telefon raqamlari, yomon joy va fosiq do‘stlar, filmlar, rasmlar va shu kabilardan voz kechganmi? Bizning e’tiqodimizcha, agar kishi chinakam tavba qilsa, bu gunohdan butunlay xalos bo‘ladi.

Zino axloqsizlikning eng yomon turlaridan biridir. Alloh taolo aytadi:

﴿وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا ۖ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا۝٣٢﴾

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir — eng yomon yo‘ldir» (Isro: 32).

Nikoh koʻrgan erkak va ayol zino qilsa eng og‘ir jazo bilan jazolanadi – ular toshbo‘ron qilib o‘ldiriladi, toki ular qilmishlarining oqibatini totsinlar va halol yo‘l bo‘la turib haromdan lazzatlangan tanasining har bir qismi azob cheksin.

Nikoh koʻrmagan erkak va ayol zino qilsa shariatda belgilangan eng ko‘p miqdordagi darra, ya’ni yuz darra urish jazosi beriladi. Bundan tashqari, ular bir guruh mo‘minlar guvohligida jazolanib, sharmandalikka duchor bo‘ladilar hamda jinoyat sodir etgan shaharlaridan bir yilga surgun qilinadilar.

Zinokor erkak va ayollarning qabrdagi azobi: ular usti tor, osti keng bo‘lgan tandirda bo‘ladilar. Uning ostida olov yoqiladi va ular u yerda yalang‘och holda turadilar. Olov yoqilganda, ular qichqirib, tandirdan chiqib ketay deganda yuqoriga ko‘tariladilar, keyin olov pasaygach, yana pastga tushadilar. Ularga qiyomat qoim bo‘lguncha shunday azob beriladi. Endi o‘ylang, jahannam o‘tida ularning jazosi qanday bo‘lar ekan?

Allohdan bizni xor qilmasligini va tavbamizni qabul etishini so‘raymiz. Bizga yaxshilik qilishda va yomonlikdan saqlanishda yordam berishini iltijo qilamiz, zero U bizga yaqin, bizni eshitguvchi Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

5

O’xshash fatvolar

  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Tavba va istig‘for oʻrtasidagi farq

    Tavba va istig‘for o‘rtasidagi farq nima?
  • Musulmonlarning LGBTga munosabati

    Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
  • Zinodan tugʻilgan farzand

    Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?
  • Bedavo dardga chalingan kishining tavbasi maqbulmi?

    Ko‘p gunohlar bilan yurgan bir kishi og‘ir xastalikka chalinib qoldi. U davolanishga urinib ko‘rdi, biroq natija bermadi. Shifokorlar uning dardiga davo yo‘qligini aytishdi. Endi afsus-nadomat chekib, tavba qilishni xohlayapti. Uning shifo topishidan umid bo‘lmagan, o‘lim xastaligiga duchor bo‘lgan holda qilgan tavbasi qabul qilinadimi?
  • Yo‘ldan adashgandan keyin Islomga qaytish

    Bobom va buvim musulmon, ota-onam ham o‘zlarini musulmon deb bilishadi, ammo ular faqat ba’zida namoz o‘qib, ro‘za tutadilar, Islomning barcha qoidalariga to‘liq amal qilishmaydi. Men esa buvim bilan namoz o‘qishni va Islom ta’limotini o‘rganishni boshladim. Bu mening birinchi marta to‘liq ro‘za tutayotgan Ramazonim. O‘tmishda ko‘p gunohlar qilganman. Qilgan ishlarimni Alloh kechirarmikan?