Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Najosatdan poklanish » Cho‘chqa go‘shti bilan ishlovchi insonning namozi
Fatvo: 1395

O'qildi: 146

Sentabr 21, 2025

/ 29 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Cho‘chqa go‘shti bilan ishlovchi insonning namozi

Savol

Men restoranda ishlayman, ish soatlarim kuniga o‘n ikki soatga cho‘ziladi. Cho‘chqa mahsulotlari bilan ishlaganim sababli, kun bo‘yi nopok boʻlaman. Bu holatda qanday namoz oʻqiyman, namozning qanday shartlari bor? Kunning oxirida cho‘milib, besh vaqt namozning qazosini o‘qisam bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz besh vaqt namozni o‘z vaqtida, o‘zingizdan najosatni ketkazib, Alloh buyurganidek poklanib o‘qishingiz shart. Shuningdek, halol rizq topishingiz mumkin bo‘lgan boshqa ish izlashingiz lozim, chunki cho‘chqa go‘shtini pishirish va tarqatish joiz emas, harom ish hisoblanadi.

Alloh bizni va sizni O‘zi yaxshi ko‘radigan hamda Oʻzi rozi bo‘ladigan ishlarga muvaffaq qilsin, shuningdek, Oʻzining g‘azabi va qahriga sabab bo‘ladigan narsalardan asrasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Kiyimga siydik tomganida gumon qilish

    Istinjo va tahorat qilib bo‘lganimdan so‘ng bir tomchi siydik chiqqanini his qilaman. Bu esa meni qayta tahorat qilishga, ba’zi hollarda esa ikki martalab tahorat olishga majbur qiladi. Siydik tomganidan so‘ng uning to‘xtaganiga ishonch hosil qilish uchun besh daqiqa kutaman, ammo tahoratni tugatganimdan so‘ng, yana kichik bir tomchisi chiqqanini his qilaman.Men shubha yoki vasvasaga tushmaslik uchun buni yengib o‘tishga harakat qilyapman. Agar shu tomchidan kiyimga tegsa, uni yuvish kerakmi? Agar shu kiyimda namoz o‘qisam, namozim durust boʻladimi yoki yo‘qmi? Ba’zi hollarda siydik tomgan, degan gumonda shimimni ham yuvyapman.