O'qildi: 13
Sentabr 20, 2025
/ 28 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Allohning ism va sifatlari
Savol
Men Alloh taoloning 99 ismidan 33 tasini o‘rganganman, qolganlarini bilmayman. Alloh taoloning ismlari ro‘yxatini internetdan qayerdan topishim mumkin? Yoki siz buni bilarsiz?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taoloning ismlari ko‘p bo‘lib, ularning barchasi Uning buyukligi, kamoli va azamatiga dalolat qiladi. Ularning ba’zilarini U Zot O‘zining Kitobida va Rasuli sollallohu alayhi vasallamning sunnatida bizga xabar bergan, ba’zilari esa faqat O‘zigagina ma’lum. Bunga quyidagi hadis dalolat qiladi:
Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimda-kim qayg‘u yoki g‘am-g‘ussaga duchor bo‘lsa-yu, so‘ng: «Allohim, men sening qulingdirman. Qulingni bolasiman. Cho‘ringni bolasiman. Peshonam sening qo‘lingdadir. Hukming mening ustimda joriydir. Mening ustimda qilgan qazoyi-qadaring adolatdir. Sen o‘zingni nomlagan yoki yaratgan maxluqlaringdan birontasiga bildirgan yoki kitobingda nozil qilgan yoki sening huzuringda berkitib qo‘ygan har bir ismlaring bilan sendan so‘raymanki: Qur’onni qalbimning bahori, ko‘ksimning nuri, xafaligimni ketkazuvchi va g‘amimni aritguvchi qilgin», deb aytsa, Alloh uning g‘am-tashvishlarini ketkazib, o‘rniga xursandchilik ato etadi». Shunda: «Yo Rasululloh, buni o‘rganib olmaymizmi?» deb so‘rashdi. U zot: «Ha, albatta, uni eshitgan kishi o‘rganib olishi kerak», dedilar (Musnadi Ahmad, 3712; Hadis hukmi: «sahih»; Manba: «Taxrij al-avosim val qavosim», 272/6).
Alloh taoloning Qur’on va Sunnatda kelgan ismlari yuzdan ortiq bo‘lib, bu ismlar bir necha olimlar tomonidan jamlangan (Shayx Muhammad ibn Solih ibn Usaymiynning «Al-qavoidul muslo fi sifatillahi va asmoihil husno» kitobiga qarang).
Biroq, ular orasida to‘qson to‘qqizta ism mavjud bo‘lib, kimki bu ismlarni bilsa va uning ma’nolariga muvofiq amal qilsa, ulkan mukofotga sazovor bo‘ladi. Bunga dalil:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning to‘qson to‘qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim ularni «ihso qilsa» jannatga kiradi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2736).
Hadisda zikr qilingan «ihso qilish» tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
«Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, U Zotga o‘sha (ism)lar ila duo qiling» (A’rof: 180). Bunday duolar jumlasiga: «Yo Rahmon, menga rahm qil», «Yo Gʻafur, meni kechir», «Yo Tavvab, tavbamni qabul qil» kabi iltijolar kiradi.
Ey savol beruvchi singlim! Siz Qur’oni Karim oyatlarining tugash qismlariga nazar solsangiz, ularning ko‘pida Alloh azza va jallaning ismlari zikr qilinganini topasiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?